LgK = 0,053 Mρ – 3,68
Bunda, M – molekulyar massa, ρ – moddaning zichligi.
Noelektrotlar uchun organizmga qarshi chegarasi yo‘q. K ning qiymati juda katta bo‘lgan moddalar (benzol, benzin) havo orqali juda katta konsentratsiyalarda qonga, to‘qimalarga xujayralarga tez singiydi, qonni tez to‘yintiradi va kuchli intoksikatsiyaga olib keladi. K ning qiymati nisbatan kichik bo‘lgan moddalar (atsetilen, atseton, etanol, etileglikol) organizmni zaharli moddalar bilan sekin to‘yintiradi va zaharlanish ham sekin – asta, uzoq muddat davom etadi.
Zaharlarning toksik ta’siri samarasi, uning organizmga qarshi miqdoriga va ta’sir vaqtiga bog‘liq. Nafas olish yo‘llariga tushadigan ko‘pchilik moddalarning toksik ta’siri W – yuqori. Ular konsentratsiyasiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liq. Nafas olish vaqtiga esa to‘g‘ri proporsional.
W = Ct
Bunday moddalarga xronokonsentratsion moddalar deyiladi. Bularga asab qo‘zg‘atuvchi moddalar: fosgen, serovodorod (vodorodsulfid), oltingugurt gazi kiradi. Bular organizmda moddalar almashinuvini buzadi, fermentlar tizimini bloklaydi (modda kirmaydi va chiqmaydi), qonni sekin – asta zahar bilan to‘yintiradi. Bu moddalarga aromatik uglevodorodlar kiradi.
Boshqa guruh – konsentratsion zaharlar – bu moddalarning toksik ta’sir samarasi vaqtga umuman bog‘liq emas. Bu moddalarga sionit kislota, uchuvchan narkotik moddalar kiradi. Bularni toksikligini faqat modda konsentratsiyasinigina belgilab beradi.
Sanoat zaharlarini organizmga ta’sirini o‘rganuvchi omillardan biri, bu zaharning organzmgakelib tushishi va organizmda zaharning taqdiridir.
Sanoat zaharlarining kelib tushishining turli yo‘llari mavjud: nafas olish jarayonida (ingalyatsiya), oshqozon – ichak yo‘li (pirolal usul) trakti, teri va shilimshiq qatlam orqali. Ba’zida zaharlar terini ichigacha singib, kuchli zaharlab qo‘yadi.
Sanoat gazlarining katta qismi toksik gazlardan iborat. Bu toksik gazlar, gaz, bug‘, aerozol ko‘rinishda bo‘lib, organizmga nafas olish orqali kiradi. Jigarga yetib borgan zahar, jigarning himoya funksiyasini buzadi, qonga yutilish tezlashadi va hayot uchun kerakli organlarni ishdan chiqara boshlaydi.
Organizmga zaharlar oziq – ovqat maxsulotlari ham kelib tushadi. Bu changlar orqali, suvlar orqali, chekish orqali, kir qo‘llar orqali amalga oshiriladili.
Zaharli moddalarning eruvchanligi kislotali muhitda ortadi. Chunki oshqozon, o‘n ikki barmoqli, yo‘g‘on ichaklarning muhiti kislotalidir. Misol uchun qo‘rg‘oshin sulfatning eruvchanligi qo‘rg‘oshin xloridga nisbatan kuchsiz. Chunki sulfat kislotaning eruvchanligi xlorid kislotaga nisbatan kuchsiz. Ko‘pchilik moddalar jigarga tushgach, detoksikatsiyasi kuchayib ketadi, lekin jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zaharlar yog‘da, lipoidlarda erisa teriga tez ta’sir ko‘rsatadi. Bularga asosan noelektrolitlar kiradi. Benzol, toluol, anilin moddalari bularga misol bo‘la oladi. Nafas yo‘llari orqali zahar organizmga kirganda qon aylanish jarayoni tez ketib borayotgan bo‘ladi. Zahar kirishi bilan qon aylanish qisman sekinlashadi.
Organizmga kirgan sanoat zaharlari turli tuman kimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Gohida bu kimyoviy o‘zgarishlar turli yo‘llar bilan organizmdan zaharlarni chiqib ketishiga xizmat qiladi.
Zaharlardan zararlanishning eng birinchi va asosiy yo‘li – bu zaharning kimyoviy tuzilishini o‘zgartirishidir. Misol uchun organik birikmalar organizmga gidrosil guruh hosil qilib kiradi. Bunda – OH guruh, hosil bo‘ladi. Bu guruh, oksidlash, qaytarilish, ajralish, metallash reaksiyalariga kirisha oladi. Bu esa organizmda zaharli moddalarga nisbatan ko‘nikma hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Zararsizlanishning ikkinchi yo‘li deponirlash va kumulyatsiya usulidir. Deponirlash – vaqtincha organizmda zaharning miqdorini kamaytirish bo‘lib, u qon serkulyatsiyasi bilan amalga oshiriladi. Misol uchun, og‘ir metallar qo‘rg‘oshin, kadmiy. Ular suyaklarga, buyrakka, jigarga, nerv sistemasiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Bu usul bilan oxirigacha zararsizlantirishni o‘tkazib bo‘lmaydi. Chunki bunda zaharlar qonga singib, surunkali kasalliklarni keltirib chiqargan bo‘ladi.
Zararsizlantirishning uchinchi yo‘li bu zaharlarni nafas olish yo‘llari orqali, ovqat hazm qilish yo‘llari orqali, buyrak, teri orqali chiqarib tashlash. Bu usulda zaharlarning fizik – kimyoviy xususiyatlari va organizmda qanday o‘zgarishlar keltirib chiqarilishi o‘rganiladi. Misol uchun, aromatik va alifatik zaharlar. Ular nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, buyrakni zaharlaydi. Og‘ir metallar ko‘pincha o‘zlari oshqozon – ichak yo‘llari va buyrak orqali o‘zlari chiqib ketishadi.
Nazorat savollari:
Sanoat zaharlarining inson organizmiga ta’sir etish omillari haqida nima larni bilasiz?
Qanday toksik ta’sir turlari mavjud?
Is gazidan zaharlash mexanizmi qanday turlari mavjud?
Zaharlarning eruvchanligi va dispersligiga turlari haqida gapirib bering?
Zaharlarning shaxsiy sezgirlikka ta`siri?
Do'stlaringiz bilan baham: |