b) zaharlarning eruvchanligi va dispersligiga qarab. Tarkibida kvarsi bor changlar organizmga tez fibrogen ta’sir o‘tkazadi. Bu changlardagi zarralar o‘lchami 1-2 mkm. Aerozollar o‘lchami 0.3 – 0.4 mkm ga teng. Zaharli aerozollar nafas olganda organizmga intoksikatsiya qilish tezligi disperslik ortishi bilan oshadi. Chunki zaharlarning yuza sirti yuqori tezlikda erib, organizmga zararli moddalarning yutilishini, nafas olganda qonga yaxshi so‘rilishini ta’minlab beradi.
Changlarning suvda erishi va to‘qimalardagi suyuqlikda erishi yomon asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar chang toksik bo‘lsa, uning erish xususiyati, organizmdan, o‘pkadan chiqish xususiyati yengillashadi. Toksik zaharlarning yaxshi erishi bu ularning salbiy omillari, salbiy xususiyatlari hisoblanadi.
Yomon eriydigan zaharli changlar (kvars aralash zaharlar) nafas olish yo‘llarida uzoq muddat turib qoladi. Biomuhitlarda sekin eriydi, kremniy kislota hosil qiladi, silikoza rivojini sekinlashtiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |