10.3. Optik signallarni regeneratsiyalash.
Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi
Regeneratorning umumlashgan tuzilish sxemasi 10.2- rasmda tasvirlangan.
Sxemada:
ChK – chegaralovchi kuchaytirgich;
KAB – kuchayishni avtomatik boshqaruvchi qurilma;
ChQ – chegaralovchi qurilma;
XQQ – hal qiluvchi qurilma;
TChA – taktli chastota ajratgich;
ShQ – shakllantiruvchi qurilma.
10.2-rasm. Regeneratorning umumlashgan tuzilish sxemasi
Bu elementlarning vazifalarini regenerator ishining vaqt diagrammasidan ko‘rish mumkin (10.3-rasm). Bu rasmdagi 1-6 signallar 7.2-rasmda tasvirlangan regeneratorning 1-6 nuqtalaridagi signal ko‘ rinishlaridir.
Regenerator ishini ko‘rib chiqamiz.
QQF chiqishidan (10.1-rasm) signallar chegaralovchi kuchaytirgichga (1) tushadi. ChK KAB sxemasidan ham boshqariladi. KAB HQQ yordamida «1» va «0» impulslarni to‘g‘ri hal qilish uchun signal sathini doimiyligini qo‘ shimcha ravishda saqlab turadi. ChKda signallar kuchaytiriladi va buzilishlarni ma’lum bir qismini bartaraf etish maqsadida signallarni amplitudalari chegaralanadi (2). ChK chiqishidan signal ChQ va TChA kirishiga tushadi. Signal sathi Ucheg dan oshsagina ChQ chiqishida signal hosil bo‘ladi (3). TChA chiqishidan HQQ kirishiga (4) fT=1/T taktli chastota impulslarining davriy ketma-ketligi uzatiladi, bu yerda T-impulslar ketma-ketligi davri.
Agar HQQning birinchi kirishiga ChQ chiqishidan axborot signallari ketma-ketligi (3), ikkinchi kirishiga taktli impulslar ketma-ketligi (4) berilsa va ular bir-biri bilan mos tushsa, HQQ chiqishida ma’lum amplituda va davriylikka ega impulslar hosil bo‘ladi (5). Bu impulslar ShQga uzatiladi. ShQda impulslar shakli to‘liq regeneratsiyalanib, boshlang‘ich signallarga mos keluvchi impulslar shakllanadi. So‘ng bu impulslar EOO‘ da (10.1-rasm) optik nurlanish impulslari ketma-ketligiga o‘zgartiriladi.
Shuni belgilab o‘tish kerakki, TChA ishining xatoliklari tufayli hosil bo‘ladigan fazalar titrashini kamaytirish maqsadida TChA chiqishidagi impullarning davriy ketma-ketligi (4) ChQ chiqishidagi to‘g‘rilangan impulslar bilan albatta fazalashtiriladi.
Chegaralovchi qurilma va chegaralovchi kuchaytirgich regeneratorning asosiy elementlari hisoblanib, uning shovqindan himoyalanganligini ta’minlaydi, chegaraviy kuchlanish va mustahkam kuchaytirishni aniqo‘rnatilishini talab etadi.
13.3-rasm. Regenerator ishining vaqt diagrammasi.
Chegaraviy kuchlanishni o‘zgarishi regeneratorning shovqinbardoshliligini kamaytiradi, bu chegaralovchi kuchaytirgich (ChK) chiqishidagi to‘g‘rilangan impulslarning maksimal qiymati va chegaralovchi qurilmaning chegaraviy kuchlanishi orasidagi optimal nisbatni buzilishiga olib keladi. Bunday optimal nisbatni doimiy ushlab turish uchun regeneratorlarda KAB qurilmasi qo‘llaniladi.
Regeneratorlarning yuqorida aytib o‘tilgan imkoniyatlari tufayli signallar to‘liq qayta tiklanadi, shovqinlarning ta’sir qilishi yo‘qoladi, aloqa sifati yaxshilanadi, shovqindan himoyalanganlik oshadi.
Nazorat savollari
Optik liniya traktini ta’riflang.
Optik liniya traktda regenerator va kuchaytirgichlarni qo‘llashda qanday farq bor?
Optik regeneratorlar qanday aloxida xususiyatlarga ega?
Optik signallarni regeneratsiyalash jarayonini tushuntiring
Optik regenerator qanday tuzilgan?
Optik regeneratorni ish prinsipini vaqt diagrammalari asosida tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |