10.2. Retranslyatorlar, ularning turlari: regenerator va optik kuchaytirgichlar
Talab etiladigan signal-shovqin nisbatini, ya’ni shovqindan himoyalanganlikni ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar joylashtiriladi. Retranslyatorlar ikki turga bo‘linadi:
1. Regeneratorlar; 2. Optik kuchaytirgichlar.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, “0” ni “1” dan farqlasa bo‘ladigan xolatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal shaklini tiklamaydi, faqat so‘ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularni soni berilgan shovqindan himoyalanganlik (xatolik koeffitsiyenti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi.
Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi ham. Signallarni kuchaytirish, boshlang‘ich shaklini tiklash, to‘g‘rilash, shovqinlarni bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. Regeneratsiyalash regeneratorlarda amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullar va regeneratsiyalash bloki yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin.
Spektr (to‘lqin) bo‘yicha zichlashtirish usulida optik kuchaytirgichlarning vazifasi keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik tashuvchili bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. Xattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli signallarni buzilishiga va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar bajarilmaydigan oraliq stansiyalarda va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart.
Regenerator va optik kuchaytirgichlarning taqqosiy xarakteristikalari 10.1-jadvalda berilgan.
10.1-jadval
Regenerator va optik kuchaytirgichlarning qiyosiy xarakteristikalari
Xarakterisikasi
|
Regenerator
|
Optik kuchaytirgich
|
Tuzilishi
|
Murakkab
|
Oddiy
|
Narxi
|
Arzon
|
Qimmat, ammo tushayapti
|
Puxtaligi
|
Yuqori
|
Juda yuqori
|
Signalni regeneratsiyalash
|
Bajariladi
|
Bajarilmaydi
|
Uzatish tezligiga bog‘liqligi
|
Bog‘liq
|
Bog‘liq emas
|
Bir vaqtda bir necha signallarni uzatish imkoniyati
|
Mavjud emas
|
Mavjud
|
Signal/ shovqin nisbati
|
Yuqori
|
Quyi
|
Qo‘llanish sohasi
|
Lokal, regional va regionlararo tarmoqlar
|
Regional va ragionlararo tarmoqlar
|
Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topgani uchun uning tuzilishi oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojni oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, suv ostida optik kabellarni yotkazganda retranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi. Optik kuchaytirgichlarni ishi signallarni uzatish tezligiga bog‘liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi. Optik kuchaytirgichlar esa kuchaytirish zonasining berilgan oraliq chegarasida turli to‘lqin uzunlikli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi.Retranslyator – regeneratorning umumiy tuzilish sxemasi 10.1-rasmda keltirilgan.
13.1-rasm. Raqamli retranslyatorning umumlashgan
tuzilish sxemasi.
Sxemada:
OK – optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli);
OEO‘ – optoelektron o‘zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi. OEO‘ sifatida p-i-n fotodiod yoki lavin fotodiod ishlatiladi;
DK – dastlabki kuchaytirgich;
AK – amplituda korrektori, optik kabelda birinchi navbatda dispersiya tufayli hosil bo‘ladigan buzilishlarni qisman bartaraf etadi;
QQF – qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig‘idan tashqaridagi shovqin va buzilishlarni bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog‘liq ravishda chastota oralig‘ini chegaralaydi;
SAB – sathni avtomatik boshqaruvchi qurilma, elementlarning eskirishi, xarorat natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarining o‘zgarishidan qurilma kirishidagi signallar o‘zgarganda regenerator kirishidagi kirish signallari sathini doimiyligini ta’minlaydi;
BQ – boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signallar ta’sirida OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’minlaydi;
Reg – regenerator, elektr impulslari shaklini tiklaydi;
EOO‘ – elektron optik o‘zgartirgich, elektr impulslari ketma-ketligini optik impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug‘lik yoki lazer diodlari qo‘llaniladi.
Raqamli retranslyatorning asosiy elementi regenerator hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |