10-Maruza. Nuqtaning murakkab harakati
Reja:
1. Mоddiy nuqtаning nisbiy, ko`chirmа vа murаkkаb (аbsоlut) hаrаkаti. Murаkkab hаrаkаt qоnuni
2. Murаkkаb (аbsоlut) hаrаkаtdаgi mоddiy nuqtа tеzligi (tеzliklаrni qo`shish tеоrеmаsi)
3. Murаkkаb (аbsоlut) hаrаkаtdаgi nuqtа tеzlаnishi (tеzlаnishlаrni qo`shish tеоrеmаsi)
Jismlarning yoki bir jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganganda ko’pincha ularning shakllari va o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan hollar uchraydi. Bunday sharoitlarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin.
Masalan, bir bola uyidan maktabgacha ma’lum masofa bosib o’tsa, bolaning harakatini o’rganganda uni moddiy nuqta deb qarash masalani osonlashtiradi. Lekin shu bola qo’l va oyoqlarini qimirlatib gimnastika bilan shug’ullansa, uni endi moddiy nuqta deb qarash mumkin bo’lmaydi. Xuddi shunday yerning Quyosh atrofida aylanishini o’rganganda yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin, lekin yerni o’z o’qi atrofida sutkalik aylanishini ko’rganda Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin emas. Demak, moddiy nuqta deb ko’rilayotgan masalada shakli va o’lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo’lgan jismga aytiladi.
Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada mexanik harakatlarni qarab chiqish uchun trayektoriya, yo’l, ko’chish kabi tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa trayektoriya deyiladi. Agar trayektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, harakat to’g’ri chiziqli harakat deb ataladi. Trayektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat egri chiziqli harakat bo’ladi. Trayektoriya aylanadan ham iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin.
Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada mexanik harakatlarni qarab chiqish uchun trayektoriya, yo’l, ko’chish kabi tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa trayektoriya deyiladi. Agar trayektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, harakat to’g’ri chiziqli harakat deb ataladi. Trayektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat egri chiziqli harakat bo’ladi. Trayektoriya aylanadan ham iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin. Moddiy nuqtaning trayektoriya bo’ylab harakati davomida bosib o’tgan masofaga yo’l deyiladi. Yo’l yo’nalishi bilan xarakterlanmaydi. Fizikada bunday kattaliklarni skalyar kattaliklar deyiladi. Yo’l — skalyar kattalik. Agar moddiy nuqta bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga qarab harakat qilsa, shu nuqtalarni birlashtiruvchi va 1-nuqtadan 2-nuqtaga yo’nalgan to’g’ri chiziqga ko’chish deyiladi.
Odatda, fizikada tezlik deganda moddiy nuqtaning trayektoriya bo’ylab ko’chish tezligini va har bir momentdagi nuqtaning harakat yo’nalishini xarakterlovchi fizik kattalik tushuniladi. Shu sababli trayektoriyaning har bir nuqtasi uchun oniy tezlik tushunchasi kiritilgan. Oniy tezlikni topish uchun x, y koordinata o’qlari tekisligida biror harakatning trayektoriyasini quramiz va bu trayektoriyaning cheksiz kichik biror dl qismiga mos bo’lgan ds ko’chishni ajratib, unga koordinata boshidan r1 va r2 radius-vektorlarni o’tkazamiz. Endi ds ko’chishni shu ko’chish sodir bo’lgan dt vaqt oralig’iga bo’lib, trayektoriyaning shu nuqtasi uchun oniy tezlikni topamiz.
Bu yerda , V — oniy tezlik, ds — cheksiz kichik ko’chish, dt — vaqt oralig’i. Demak, tezlik moddiy nuqtaning radius- vektoridan vaqt bo’yicha olingan hosilasiga teng ekan. Tezlik V trayektoriyaga urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Halqaro Birliklar Sistemasi da tezlik birligi m/s, SGS sistemada sm/s. Yana tezlik amaliyotda km/soat birlikda ham o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |