2) Turkiy tillarda lingvistik geografiyani o‘rganish darajasi.
O‘zbek dialektologlari o‘z milliy tillari atlasini yaratish bilan bir qatorda qardosh dialektologlar bilan birga “Turkiy tillar atlasi” ni ham tuzmoqdalar. Bunday atlasni tuzish akademik V.M.Jirmunskiy tashabbusi bilan boshlangan edi.Umumturkiy lingvistik atlasini yaratilishi, shubhasiz, turkiy xalqlar tili haqida yangi ma’lumotlar beradi, qardosh tillarning taraqqiyoti haqidagi tasavvurimizni kenggaytiradi, unga ilmiy aniqliklar kiritiladi. O‘zbek tili turkiy tillar klassifikatsiyasiga ko‘ra turkiy tillarni uch gruppasiga kiritilgan. Sababi o‘zbek tili o‘zining fonetik strukturasi, grammatik qurilishi va lug‘at sostaviga ko‘ra turli turkiy tillar bilan umumiy xususiyatlarga va shuningdek, u tillardan farq qiladigan o‘ziga xos ba’zi xususiyatlarga ham egadir.O‘zbek tili sostavidagi ayrim lahjalar chunonchi, o‘g‘uz lahjasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarni janubiy – g‘arbiy gruppasiga kirsa, qipchoq lahjasi esa, shimoliy – g‘arbiy guruhga kiradi. Bu lahjalarning ham o‘zlari kiradigan gruppalari bilan o‘xshash va ayni vaqtda noo‘xshash tomonlari mavjud. O‘zbek tilining shaxar shevalarga asoslangan xozirgi zamon adabiy tili esa, janubiy – sharqiy gruppasiga kiradi. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida miqdor va sifat jihatidan farq qiladigan v unli tovush bor. Boshqa turkiy tillar esa to‘qqiz va undan ortiq unliga ega bo‘lishlari bilan o‘zbek adabiy tilidan farqlanadi.Shuningdek, bu tillar unlilarning uyg‘unlashishi yoki uyg‘unlashmasligi jihatidan ham o‘zaro farqlanadi.O‘zbek tili va boshqa turkiy tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va noo‘xshashliklar ularning lug‘at sostavida ham ko‘rinadi. O‘zbek tili lug‘at fondiga kiruvchi so‘zlar boshqa turkiy tillar lug‘at fonediga kiruvchi eng muhim xayotiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar bilan o‘xshashdir. Ammo ba’zi so‘zlar ayrim turkiy tillarning o‘z fonetik xususiyatlariga ko‘ra boshqacharoq talaffuz qilinishi mumkin. qirg‘iz. ach qog‘oz, ash, boshq. as, o‘zbekchada och, uyg‘ur. tog‘, qozoq. tau, qirg‘. too, ayrot. tuu, o‘zbek. tog‘ va shu kabi.Bunday fonetik hodisalardan qat’iy nazar o‘zbek va boshqa turkiy tillar lug‘at sostavida umumiy o‘xshashlik saqlangan.Ayrim kichik leksik noo‘xshashliklar turkiy tillarning o‘ziga xos leksik xususiyatlaridan kelib chiqib, bu tillarning o‘zaro leksik jihatdan farqlaydi. Surxondaryo viloyatida yashovchilar, ya’ni qipchoq yoki sof o’zbek shevalari vakillari j – lovchi o’zbek shevalarini tashkil etadilar.Professor I.I.Zarubin o’zbek shevalarini birinchi marta umumlashtirish asosida tasnif qilar ekan, negadir Surxondaryo o’zbek shevalarini hisobga olmagan va tasnifga kiritmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |