10-Ma’ruza: Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni hisoblash.
Reja:
Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni turlari.
Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni hisoblash.
Markaziy cho‘ziluvchi elementlar deb, shunday konstruksiyalarga aytiladiki, ularda cho‘zuvchi kuch N ning yo‘nalish nuqtasi bo‘ylama armaturadagi teng ta’sir etuvchi kuchlanish yo‘nalishi nuqtasi bilan mos keladi.
Markaziy cho‘ziluvchi elementlarga arka tortqilari, planda aylana shaklidagi rezervuarlar, bunkerlar, siloslar, bosimli trubalar devorlari va boshqalar kiradi. Markaziy cho‘ziluvchi elementlar alohida sterjenlar yoki payvandlangan sinchlar bilan armaturalanadi. Bunda ishchi armatura element ko‘ndalang kesimi bo‘yicha tekis joylashtiriladi. Kesim kengligi katta bo‘lsa (silindr rezervuar devorlari) payvandlangan to‘rlardan foydalaniladi va konstruksiya yuzasiga joylashtiriladi. Bunda himoya qatlami qalinligi mumkin darajada kami qabul qilinishi shart.
Markaziy cho‘ziluvchi elementlarda bo‘ylama armaturalar cho‘zuvchi kuch N ni qabul qilish uchun mo‘ljallanadi. Ko‘ndalang kesim cho‘zilgan sterjenli elementlar to‘g‘riburchakli, qo‘shtavrli, quvur ko‘rinishidagi va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.
35–rasm. Nomarkaziy simmetrik armaturalangan to‘g‘riburchakli elementlarni mustahkamligini hisoblash blok–sxemasi.
36–rasm. Nomarkaziy simmetrik armaturalangan to‘g‘riburchakli elementlarda profili armaturaning ko‘ndalang kesim yuzasini hisoblash blok–sxemasi.
Tayyorlash sharoitining qulayligi va ekspluatatsiya qilish afzalligiga ko‘ra boshqa shakllardan ko‘ra to‘g‘ri burchakli kesimli konstruksiyalar ko‘proq qo‘llaniladi.
Cho‘zilgan elementlarni armaturalash xarakteri siqilgan elementlar kabi bajariladi. Bo‘ylama ishchi armaturani kesim tomonlari bo‘yicha cho‘zilish yuzasiga perpendikulyar o‘rnatiladi va payvandlangan yoki to‘qilgan xomutlar bilan bog‘lanadi. Cho‘ziluvchi elementlarda imkoni boricha armatura sterjenlarining yaxlit bo‘lishiga harakat qilish kerak. Zarurat bo‘lgan holatda sterjenlar payvandlanib ulanadi. Faqat plitali elementlarda, aylana rezervuarlar, trubalar, bunkerlar, siloslar devorlarida armaturani payvandsiz ulash yordamida choklarning bir–biridan qochishi cheklanadi. Bir kesimda ulanadigan sirti tekis bo‘lgan sterjen kesimi yuzasi 25% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bir kesimda ulanadigan sirti davriy profilga ega bo‘lgan sterjenlarkesim yuzasi umumiy yuzaning 50% dan ortiq bo‘lmasligi shart. Ko‘ndalang armatura (xomut) konstruktiv tartibda o‘rnatiladi va u xama bo‘ylama armaturani qamrab olishi kerak.
Xomutlar oralig‘i element kesimi eng kichik o‘lchamining ikkilanganidan ortiq qabul qilinmaydi.
Cho‘ziluvchi elementlar uchun beton sinfi armaturalanishiga bog‘liq holda belgilanadi. Asosan, sinflari: V15...V22,5 betonlar qabul qilinadi. Katta oraliqli fermalar uchun beton sinfi V30 dan past bo‘lmasligi, bosim trubalari va silindr rezervuarlar uchun beton sinfi V20 dan past bo‘lmasligi kerak.
Mavzu bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash uchun blits-so‘rov savollari: