10-ma’ruza. Mahmud



Download 106 Kb.
bet2/5
Sana01.06.2022
Hajmi106 Kb.
#624352
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma'ruza matni

1.Mahmudxo‘ja Behbudiyning tilshunoslikka qo‘shgan hissasi
(1875 – 1919)
Markaziy Osiyoning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida katta o‘rin egallagan buyuk zotlardan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir. U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida faol qatnashgan eng yirik namoyandasi, yangi zamon o‘zbek madaniyatining asoschisi sanaladi.1
Behbudiy buyuk vatanparvar va millatparvar zotdir. Zero, o‘z Vataniga, millatiga muhabbati jo‘sh urgan, uning ravnaqi uchun qayg‘urgan har bir ma’rifatli inson til masalasiga e’tibor bermasligi mumkin emas. Chunki til millatning qalbi, millatning bosh unsuridir. Behbudiy dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakati asoschisi G‘aspralining ta’siri katta bo‘lgan. Chunki Behbudiy u zotni o‘ziga ustoz deb hisoblaydi va u bilan bir necha bor uchrashib, suhbatidan bahramand bo‘lganidan faxrlanadi. Jumladan, Ismoilbek G‘aspralining o‘limi oldidan Istanbulda uchrashgani haqida quyidagilarni yozadi: «7 sana muqaddam Shakuriy va bizga mehmon bo‘lib edilar. U zamongidan ko‘ra endi ko‘p orig‘lab ekanlar. Ustod hazratlarini Istanbulda ko‘rmoq va suhbat etmak hech xayolimga o‘tmagan edi. Ollohning lutfi ila ustod hazratlarining tanhoi 7 soat suhbatlaridan u qadar fayz topib mamnun qoldimki, aytgan ila ado etolmayman va ul suhbatning lazzati aslo mandan ketmaydur»2. G‘asprali ham Behbudiyni iste’dodli shogird sifatida nihoyatda hurmat qiladi. Shu sababdan Mahmudxo‘jani Istanbulda uchratib qolib, qo‘yarda-qo‘ymay o‘z xonasiga taklif etadi va Turkistonda amalga oshirilayotgan ma’rifiy ishlar haqida so‘rab-surishtiradi. Behbudiyning bu sohada qilayotgan ishlaridan juda mamnun bo‘ladi va mehmonxonadan uni hech ketkazgisi kelmaydi. Shosh va Misr safaridan qaytishda Bog‘chasaroyga, albatta, tashrif buyurishini taklif etadi.
Behbudiy 1913- yildan boshlab 20 oy davomida o‘zi nashr qilgan haftalik «Oyna» jurnali orqali jadidizm g‘oyalarini targ‘ib etadi. 1917- yil 27- noyabrga o‘tar kechasi e’lon qilingan Turkiston muxtoriyatining ma’naviy otasi ham Behbudiy edi. «Hurriyat» gazetasining 1917- yil 19- noyabr sonida qozoq birodarlarga ochiq xati e’lon qilinadi. Unda Turkistondagi barcha xalqlarni hurriyat sari kurashda birlikka chaqiradi.
Behbudiy nashr etgan «Oyna» jurnali sahifalarida o‘sha davrning eng dolzarb masalalaridan biri – til masalasiga bag‘ishlangan maqolalar tez-tez bosilib turdi. Behbudiyning o‘zi ham bu masalaga bag‘ishlangan bir qator asarlarini nashr etdi.
Behbudiy “Ikki emas, to‘rt til kerak”, “Til masalasi”, “Sart so‘zi majhuldur”, “Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi” singari maqolalarida o‘zining tilshunoslikka doir qarashlarini bayon qildi.
«Til masalasi» asarida turkiy tillarni arab va fors tillarining ta’sir darajasiga qarab guruhlarga bo‘ladi. Forsiy va arabiyni eng ko‘p qabul qilgan til «usmonli tili» sanaladi. Bu haqda quyidagilarni yozadi: «Turklarning ba’zi toifasi forsiy va arabiyni u qadar ko‘p oldilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qo‘shulib, «usmonli tili» ataldi. Ushbu uch tilni adabiyot va qoidalaridan boxabar bo‘lmaguncha usmonli shevasinda yozmoq mumkin emasdur».
Muallif usmonli tilining jonli turk tilidan uzilib qolganini, oddiy xalq bu tilda yozilgan asarlarni tushunmasligini bayon qiladi.
Behbudiy adabiy til bilan jonli so‘zlashuv tilini bir-biridan farqlaydi va adabiy til bilan jonli so‘zlashuv tili o‘rtasidagi bog‘lanish darajasi turlicha bo‘lishi mumkinligini anglaydi. Usmonli turk tili bilan turk so‘zlashuv tili o‘rtasida katta uzilish borligini aytadi.
Kavkaz (ozarbayjon) va Qrimda (qrim tatarlari) yashaydigan turk qavmlarining tili usmonli turk tiliga yaqinligi, ularning bir-birini tez tushunishini bayon qiladi. Bu tillarda ham arab va fors tillarining ta’siri, usmonli turkchaga nisbatan bir oz kam bo‘lsa ham, kuchli ekani ta’kidlanadi.
Tatar tilida esa arab va fors tillarining ta’siri yuqoridagi tillarga nisbatan ancha kam ekani, shunga qaramay, matbuot tili adabiy va forsiy unsurlardan qutulolmayotgani ko‘rsatiladi.
Turkistonning chig‘atoy lahjasi ko‘p shevali ekani aytiladi. Behbudiyning fikricha, madaniyat, adabiyot qanchalik rivoj topsa, adabiy til ham shunchalik takomillashadi. Aksincha, madaniyat, san’at inqirozga yuz tutgan mamlakatda, tarqoqlik hukm surgan joyda shevalar rivojiga sharoit yaratiladi. Jumladan, bu haqda u quyidagilarni yozadi: «Turkistonning o‘ziga tegishli shevasi turk tilining chig‘atoy lahjasi bo‘lub, «Navoiy» kitobi bu lahjaning go‘yo muhim kitobidur. Ammo ko‘pdan beri Turkistonda madaniyat va san’ati va adabiyot tadanniy etgani uchun xalq bu lahjani buzganlar. Buzmoq nari tursun, Turkistonning har bir shahariniig va hatto ba’zi bir qasaba va ko‘ylarining shevasi boshqadur».
Bu shevalar arab, fors elementlarining oz-ko‘pligi jihatidan ham farqlanishini bayon qiladi. Chunonchi, Buxoro, Samarqand shevalariga arab, fors tillarining ta’siri kuchliroq bo‘lsa, Qo‘qon va uning atrofidagi shahar ziyolilarining tilida bu tillarning ta’siri bor ekani, Toshkent va Sirdaryo muzofotidan arab va fors tillarining hukmi ozayib borishi aytiladi.
Turkistonning Movarounnahr va Hazor qismiga turkman tilining ta’siri kuchli ekanini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, hamma joyda ahli savod «Navoiy», «Fuzuliy», «Sabot ul-ojizin», «Hikmat», «Huvaydo»larni bir xil o‘qish va bu kitoblar turli hududdagi qavmlarning til umumiyligiga olib kelishi haqida fikr yuritadi.
Adabiy til bilan xalq shevalari o‘rtasidagi munosabatni yaqinlashtirishda matbuotning roliga katta baho beradi. Rusiya va Kavkaz turklari orasida matbuot yaxshi yo‘lga qo‘yilgani uchun adabiy til kundan-kun rivojlanayotgani bayon qilinadi.
Behbudiy turk tilini arab va fors so‘zlaridan tozalash kerak degan ayrim jadidchilik vakillarini bu masalaga ehtiyot bo‘lib yondashishga chaqiradi. Jumladan, «Sadoyi Turkiston» gazetasida «mehmon» so‘zini chiqarib tashlab, uning o‘rniga «qo‘noq» so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Shu gazetaning 63-sonida A.Muzaffar afandi handasaga doir adabiy atamalarga turkiy muqobillar keltiradi. Behbudiy bunday zo‘rma-zo‘raki keltirilgan turkiy muqobillar haqida fikr yuritarkan, tilni arabizm va forsizmlardan birdaniga emas, h shoshilmasdan tozalash lozimligini uqtiradi.
Hech bir tilning boshqa tillardan oziqlanmasdan yashamasligi, arab tilidan so‘ng eng boy til hisoblanuvchi ingliz tili ham boshqa tillardan bir necha minglab so‘zlar olganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, adabiy tilni jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish bahonasida ayrim kitoblarda shevachilik kuchayib ketayotganini, buning natijasida «Andijonda yozilgani Buxoroda, Avliyo-otada yozilgani Qarshida» tushunilishi qiyin bo‘layotgani tanqid qilinadi. «Kitobat ul-atfol» (1908) asarida yoshlarga maktub yozish qoidalari haqida ma’lumot beradi.
Behbudiyning xat yozish qoidalariga alohida e’tibor berishi bejiz emas. Chunki xat jamiyat hayotida katta rol o‘ynaydigan vositadir. Sharq ziyolilari shuning uchun ham xatga doimo e’tibor bilan qaraganlar. Jumladan, Boburning Humoyun yozgan xat yuzasidan bildirgan fikrlari buning yorqin dalilidir. Behbudiy ham bu asarida yoshlarni sodda va ravon yozishga, imkon qadar ajnabiy so‘zlardan ehtiyot bo‘lishga, o‘zi tushunmaydigan so‘zlarni qo‘llamaslikka da’vat etadi. Xat yozuvchi xat qaratilgan shaxsning ma’lumot darajasini hisobga olishi kerakligini ta’kidlaydi. Xatlarni umumiy va xususiy xatlarga tasnif qiladi. Har ikki turdagi xatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Xatning turlaridan namunalar keltiradi.
Qolaversa, «Rumuzlar» sarlavhasi ostida tinish belgilari haqida ma’lumot beradi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davrining allomasi, millat istiqboli uchun otashin kurashchi sifatida milliy tilning ravnaqi, uning istiqboli uchun ham jon kuydirdi va o‘zi asos solgan «Oyna» jurnali orqali o‘zbek adabiy tilining muhim masalalarini yoritdi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish