A uditoriya
Nomer
T ipi
Joylar soni
Kafedra
M ashg’ulot
|
Nomer
|
Bino №
Auditoriya №
|
Tipi
|
Maruza
Amaliyot
Laboratoriya
Kompyuter sinfi
|
Dars
|
V aqti
Fan
O’qituvchi
D ars tipi
Guruxlar nomeri
|
Yarim yillik
|
Birinchi
Ikkinchi
|
10.9-rasm. «Qism-butun» munosabatli freymlar tarmog’i.
Freymlar tizimi statistikli va dinamikli bo’lishi mumkin. Statistikli freymlarda masalani echish jarayonida freymlarning tiplari o’zgarmaydi, dinamikli freymlarda esa freymlarning tiplari o’zgaradi.
Freymlarga asoslangan dasturlash tizimlari haqida mulohaza qiladigan bo’lsak, ular obyektga mo’ljallangan bo’ladi. Bunda har bir freymga predmet sohaning qandaydir obyekti mos qo’yiladi, slotlarga esa ushbu obyektni tavsiflovchi ma’lumotlar, ya’ni belgilar mos qo’yiladi. Ma’lumotlar bazasida slotlarga yozuvlar mos qo’yiladi.
6. Bilimlarni freymli tasvirlash tillari va freymli exspert tizimlar
Oxirgi vaqtlarda freymli modellar asosida bilimlarni tasvirlash tillari va tizimlaridan iborat qatlamlar yaratildi. Shunday qatlamlardan biri KEATS hisoblanadi. KEATS quyidagi asosiy komponentalardan iborat:
ACQUIST –bilimlarning matnli manbalarini fragmenlash vositalari bo’lib, u exspert bilan suxbat jarayonida hosil qilingan matn yoki bayonni o’zaro bog’langan, referatlangan fragmentlarga ajratadi va tushunchalarni hosil qiladi;
FLIK – freymli modellar yordamida bilimlarni tasvirlaydigan til;
GIS – grafikli interfeys bo’lib, gipermatnlarni va konseptual modellarni yaratishda va freymli modellarni loyihalashda qo’llanildi;
ERI – qoidalar interpretatori bo’lib, to’g’ri va teskari xulosalashda foydalaniladi;
TRI – mantiqiy xulosalashni vizuallashtiruvchi vosita bo’lib, qoidalarning ketma-ket bajarilishini namoyish qiladi;
Tables – jadvallarni boshqaruvchi interfeys bo’lib, bilimlar bazasida bilimlarni saqlashda foydalaniladi;
CS – cheklashlarni tavsiflovchi va tarqatuvchi til;
TMS – chinlikni saqlovchi nomonoton tizim.
Bilimlar injeneriyasida freymlar konsepsiyasiga asoslangan bilimlarni tasvirlash tillari mavjud. Ular orasida ko’proq mashhurlari:
-FRL (Frame Representation Language) [Байдун, Бунин, 1990]- freymlar tarmoqlarida bilimlarni tasvirlashning maxsus tili (LISP tilining kengaytmasi);
- KRL (Knowledge Representation Language) [Уотермен, 1989]- freymlar tarmoqlarida bilimlarni tasvirlashning maxsus tili (LISP tilining kengaytmasi);
- Kappa [Стрельников, Борисов, 1997] –freymli «qatlam» -sanoat exspert tizimlarini samarali qurishda ta/minlaydi;
Shuningdek, freymli-mo’ljallangan ANALYST, МОДИС, TRISTAN, ALTERID [Ковригин, Перфильев, 1988; Николов, 1988; Sisodia, Warkentin, 1992] exspert timlar yaratilgan.
Bilimlarni freym modelida taqdim etish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni hosil qilish uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |