Dasturiy qobiq bilan ishlash tartibi. Dasturiy qobiqning bajariluvchi moduli ESWin.exe faylda joylashgan. Oynaning umumiy ko`rinishi 10.10-rasmda ko`rsatilgan.
10.10-rasm. ET dasturiy qobiq oynasi. Aniq bilimlar bazasi (ekspetr tizimi) bilan ishlashda oynaning sarlavha qatorida ekspert tizim nomi chiqadi (bilimlar bazasida TITLE rezervlangan so`zi bilan belgilangan qator).
Menyu qatori quyidagi punktlardan iborat: "Файл", "Решение" va "?". Aniq baza bilan ishlash uni yuklashdan boshlanadi. Buning uchun menyuning "Файл"/"Загрузить базу знаний" punktidan foydalaniladi. Bilimlar bazasi *.klb kengaytmali faylda joylashgan. Agar yuklangan bilimlar bazasida freym-sinflarda lingvistik turdagi slotlar ishlatilsa, u holda tavsiflangan lingvistik o`zgaruvchili fayl avtomatik tarzda yuklanadi.
Zaruriyatga qarab bir xil nomli *.dtbkengaytmali ma’lumotlar bazasini yuklash mumkin. Buning uchun menyuning "Файл"/"Загрузить базу знаний" punktidan foydalaniladi.
Yuklashdan so`ng freymlar va bilimlar bazasining qoidalari asosiy oynaning yuqori qismida aks ettiriladi (10.11-rasm).
10.11-rasm. Bilimlarni taqdim etish usulini tanlash. Mantiqiy xulosa uchun avvalo menyuning "Решение_"/"Поиск_решения'>Решение"/"Поиск решения" punktidan foydalaniladi. Menyuning bu punktni tanlaganimizdan so`ng ekranda mantiqiy xulosalar maqsadlari ro`yxati mavjud "Выбор задачи" oynasi paydo bo`ladi, ularning ichidan bittasini tanlashimiz kerak bo`ladi (10.12-rasm). Mantiqiy xulosalar maqsadlari ro`yxati "Цель" nomli freym-sinfda tavsiflanadi.
10.12-rasm. Masalani tanlash. Mantiqiy xulosalar jarayonida dasturiy qobiq tomonidan beriladigan savollarga javoblar sifatida foydalanuvchiga simvolli qiymatdan bittasini tanlashni yoki sonli qiymat kiritishni tavsiya etadi (10.13-rasm).
10.13-rasm. Qiymatlarni tanlash. Lingvistik o`zgaruvchili holda bitta oynada simvolli qiymatni tanlash yoki sonli qiymat kiritish tavsiya etiladi. Mantiqiy xulosa natijalari asosiy oynaning quyi qismida tushuntirishlar bilan beriladi, yechim qanday usulda olinganligi: biror qoidani isbotlash yoki freym-ekzemplyar natijasida olinganlini ko`rsatadi (10.14-rasm).
10.14-rasm.Bilimlarni taqdim etish usulini tanlash. Mantiqiy xulosa jarayonida dasturiy qobiq tomonidan bajarilgan ketma-ket qadamlarni ko`rish uchun menyuning "Решение"/"Трассировка" punktidan foydalanish mumkin. Zaruriyat bo`lsa uni bosmaga chiqarishimiz yoki trassirovka natijalarini o`chirishimiz mumkin (10.15-rasm).
10.15-rasm. Masalaning yechilish jarayoni. Xulosa natijasida olingan Freym-ekzemplyarlarni ko`rish yoki *.dtb kengaytmali faylni (bu fayl har doim mantiqiy xulosa jarayonida yangilanib turadi) ko`rish uchun menyuning "Решение"/"Просмотр базы данных" punktidan foydalanish mumkin (10.16-rasm) Zaruriyat tug`ilganda freym-ekzemplyardagi alohida slotni, freym-ekzemplyarni to`lig`icha, barcha freym-ekzemlyarlarni o`chirish mumkin. Barcha bu o`zgarishlar tezda *.dtb kengaytmali fayllarda saqlanadi.
Menyuning "Решение"/"Очистка базы данных" punkti yuklangan ma’lumotlar bazasidagi barcha freym ekzemplyarlarni o`chirish uchun foydalaniladi. Xuddi shunday harakatni menyuning "Решение"/"Просмотр базы данных" punkti (“Удалить все” tugmasi) yordamida bajarish mumkin.
Menyuning "?"/"Вызов справки" va "?"/"O программе" punktlari ma’lumotlarni chaqirish va dastur haqida ma’lumot olish uchun foydalaniladi.