10-laboratoriya mashgʻuloti. Mavzu: matlab dasturida matеmatik ifodalar ustida shakl almashtirishlar



Download 387,32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2022
Hajmi387,32 Kb.
#521544
Bog'liq
10-laboratoriya mashgʻuloti



10-laboratoriya mashgʻuloti. 
Mavzu: MATLAB dasturida matеmatik ifodalar ustida shakl 
almashtirishlar 
MATLAB tizimi matematik standart funksiyalarni hisoblash bilan bir qatorda 
shakl almashtirishlarni ham amalga oshirish imkonini beradi. MATLAB da 
matеmatik ifodalar ustida shakl almashtirish jarayonida quyidagi amallarni bajarish 
mumkin:

O‘xshash hadlarni ixchamlash;

Ko‘paytuvchilarga ajratish;

Qavslarni ochish;

Ratsional kasrlarni qisqartirish va hokazo.
Bu turdagi belgili hisoblashlarni bajarishdan oldin ifodadagi o‘zgaruvchilar 
syms
yordamchi buyrug‘i (
syms
inglizcha "symbols", ya'ni "belgilar" so‘zining 
qisqa ifodasi) orqali e'lon qilinadi. Masalan:
 >> syms m n p q;
Ifodalarda qavslarni ochib, ularning hadlarini ixchamlash 
expand()
buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Masalan trigonometrik ifodalar uchun 
quyidagicha soddalashtirishni amalga oshirish mumkin:
>> syms x y
>> expand(cos(x + y))
>> ans =
cos(x)*cos(y) - sin(x)*sin(y)
Belgili ifodalarni ixchamlash uchun buyruqlar qatoriga quyidagicha kiritiladi: 
>> syms x
>> p = (x - 2)*(x - 4);
>> expand(p) 
>> ans =
x^2 - 6*x + 8
Vektorli ko‘rinishda berilgan ifodalar ixchamlanganda tizimning bergan 
javobi ham vektorli ko‘rinishda bo‘ladi.
>> syms t
>> V = [sin(2*t), cos(2*t)];
>> expand(V)
>> ans =
[ 2*cos(t)*sin(t), 2*cos(t)^2 - 1]


Ko‘phadlarni ko‘paytuvchilarga ajratish uchun esa 
factor()
buyrug‘idan foydalaniladi. Masalan: >> syms x
>> F = factor(x^6-1)
>> F =
[ x - 1, x + 1, x^2 + x + 1, x^2 - x + 1]
Ifodalarni soddalashtirish 
simplify()
yoki 
simple(
buyrug‘i 
bilan amalga oshiriladi. Masalan:
>> syms x a b c
>> simplify(sin(x)^2 + cos(x)^2)
>> simplify(exp(c*log(sqrt(a+b))))
>> ans =
1
>> ans =
(a + b)^(c/2)
Ifodalar ustida shakl almashtirishlarda zarur bo‘ladigan 
collect, numden, 
horner, subexpr, subs
kabi bir qator buyruqlari mavjud.

Agar tenglama noto‘g‘ri kiritilsa, MATLAB xatolik xabarini chiqaradi. Misol 


uchun, quyidagida, ko‘paytirish belgisi tushirib qoldirilsa, quyidagi tenglamada 
xatolik haqida tizim xatolik e’lonini namoyon etadi.
>> x = 10;
>> 20x
??? 20x
Error: Unexpected MATLAB expression.
Yuzaga kelgan xatolikni to‘g‘rilab kiritish uchun, tenglamani qaytadan 
kiritish mumkin. Agar tenglama uzun bo‘lsa, foydalanuvchiga qiyinchilik 
tug‘dirmasligi uchun oldingi kiritilgan tenglama yoki buyruq yuqoriga o‘tish 
tugmasi ↑ orqali chaqirilishi mumkin. 
Vazifa: 
Har bir shakl almashtirishga MATLAB dasturida bittadan misol ishlab
MOODLE platformasiga yuklang. 

Download 387,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish