10 Ish. Fizik va matematik mayatniklarning tebranishlarini o‘rganish va erkin tushish tezlanishini aniqlash Ishdan maqsad



Download 217,5 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi217,5 Kb.
#206039
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-laboratoriya

Qisqacha nazariy ma’lumotlar

Og’irlik markazidan o‘tmagan gorizontal o‘q atrofida erkin tebrana oladigan qattiq jismga fizik mayatnik deyiladi. M massali A jism (1-rasm) O nuqtaga osib qo‘yilgan bo‘lsin. Jismning og’irlik markazi C jism osilgan nuqtadan d uzoqlikda joylashgan. Og’irlik kuchi P jismning og’irlik markaziga qo‘yilgan deb faraz qilaylik. A jismni muvozanat holatidan kichik burchakka og’dirib, so‘ng qo‘yib yuboraylik. U holda jism, og’irlik kuchi P ning tangensial tashkil etuvchisi P ta’sirida muvozanat holat atrofida T ga teng tebranish davri bilan tebranadi. Jismning harakat tenglamasini yechib, tebranish davrini topish mumkin. Haqiqatan, 0 o‘qiga nisbatan og’irlik kuchining momenti:

M=-Pdsin (1)

ga teng. Bundagi minus ishora, R kuchining siljishga qarama-qarshi yo‘nalganligini ko‘rsatadi. Bu moment ta’sirida jism ga teng burchak tezlanish oladi. Aylanma harakat uchun Nyutonning ikkinchi qonunidan



(2)

ga teng. Bunda I - jismning aylanish o‘qi 0 ga nisbatan inersiya momenti. M ning qiymatini (1) formuladan (2) ga qo‘yib va oq‘ish burchagi kichik bo‘lganda sin deb olinsa,



(3)

tenglama hosil bo‘ladi. Bu tenglama oq‘irlik kuchi ta‘sirida hosil bo‘lgan garmonik tebranma harakatni differensial tenglamasidir. Bu tenglamadan siklik chastotani . Ikkinchidan, yoki ekanligini eslab, fizik mayatnikning tebranish davri ifodasini topamiz:



, (4)

O q‘irligi hisobga olinmasa bo‘ladigan darajada kichik va cho‘zilmaydigan ipga osilgan moddiy nuqtaga (2-rasm) matematik mayatnik deyiladi. Agar shunday mayatnikni muvozanat holatidan kichik burchakka oq‘dirilsa, u T tebranish davri bilan tebrana boshlaydi va uni osongina topish mumkin. Moddiy nuqtaning O o‘qiga nisbatan inersiya momenti ga teng. Moddiy nuqtaning oq‘irlik markazi nuqtaning o‘zida bo‘lganidan ga teng bo‘ladi. Shularni hisobga olib, (4) - formulani quyidagicha yozamiz:



(5)

(4) va (5) – formulalarni solishtirib, fizik mayatnikda matematik mayatnikning uzunligi kabi rolni o‘ynashini ko‘ramiz. Shuning uchun ga fizik mayatnikning keltirilgan uzunligi deyiladi. Har qanday fizik mayatnik uchun, shunday uzunlikdagi matematik mayatnik tanlash mumkinki, ularning tebranish davrlari birday bo‘lsin, u holda



(6)

bo‘ladi. Demak, fizik mayatnikning keltirilgan uzunligi deb, shunday matematik

mayatnikning uzunligiga aytiladiki, fizik va matematik mayatniklarni tebranish

davrlari bir-biriga teng bo‘ladi.




Download 217,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish