Egali va egasiz gaplar
1. Biz g'alabaga erishdik. G'alabaga erishding. G'alabaga erisha oldi.
2. Manzilga mana shu yo'ldan boriladi. Manzilga mana shu yo'ldan boradi. Manzilga mana shu yo'ldan bora oldi.
3. Men shu vazifani bajarishim mumkin. Vazifani bajarishi mumkin. Vazifani bajarish mumkin.
Bilib oling.Sodda gaplar egali (shaxsli) va egasiz (shaxssiz) bo'lishi mumkin. Egasi mavjud bo'lgan gaplar shaxsli gaplardir. (Masalan, Biz bugun Samarqandga jo'naymiz), egasi mavjud bo'lmagan gaplar esa shaxssiz gaplardir. (Masalan, Bugun Samarqandga jo'naladi) Birinchi gapda ega (biz) ishtirok etgan, ikkinchi gapda esa ega ishtirok etmagan, kesimdan ifodalangan ish-harakatning kim tomonidan bajarilishi ma'lum emas.
Topshiriq. Berilgan gaplarning kesimi orqali so'roq berib, egasini topishga harakat qiling. Ularning qaysi birlarida egani topish mumkin, qaysi birlarida egani topish mumkin emasligini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |