10-боб. Асосий воситалар ҳисоби


-§. Idishlarni hisobga olish xususiyatlari



Download 364,32 Kb.
bet17/25
Sana13.07.2022
Hajmi364,32 Kb.
#793475
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Buxgalteriya 2-kun

9-§. Idishlarni hisobga olish xususiyatlari
66. Vazifasiga ko‘ra idishlar quyidagilarga bo‘linadi:
a) tovar-moddiy qiymatliklarni omborlarda saqlash yoki mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish texnologik jarayonini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan idish (saqlash uchun idish);
b) tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish jarayonida, omborlarda yoki savdo joylarida o‘rash uchun mo‘ljallangan idish (o‘rash uchun idish);
v) tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qadar harakati jarayonida tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan idish (tashish uchun idish).
67. Etkazish sharoitlari va foydalanish soniga (marotabasiga) ko‘ra ko‘p marotaba va bir marta ishlatiladigan idishlarga ajratiladi.
Ko‘p marotaba ishlatiladigan idishlar mol yetkazib beruvchidan (ishlab chiqaruvchidan) iste’molchiga ko‘p marotaba aylanadi va tovar-moddiy zaxiralardan bo‘shatilgandan so‘ng yetkazib beruvchi tashkilotga qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qaytariladi.
Bir marta ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaxiralar chiqib ketganda tashkilot tomonidan xarajatlarga hisobdan chiqariladi va qaytarilmaydi.
68. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni o‘rash uchun mo‘ljallangan bir marta ishlatiladigan idishlar qiymati tannarx tarkibiga, savdo joylari va omborlarda tovarlarni o‘rash uchun ishlatiladigan idishlar esa sotish xarajatlariga kiritiladi.
69. Tovar-moddiy zaxiralar bilan yetkazib beriladigan ko‘p marotaba ishlatiladigan idishlarning bir qancha turlari uchun yetkazib beruvchi xaridordan garov summasini undirishi mumkin, ushbu summa xaridorga undan idishlar ishga yaroqli (buzilmagan) holatda olingandan so‘ng qaytariladi.
Tara uchun garov summalarini undirishga preyskurantlar, yetkazib berishning alohida sharoitlari yoki taraflar uchun majburiy boshqa qoidalar bilan nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Xaridor tomonidan idishlar qayta ishlatish uchun yetkazib beruvchiga ishga yaroqli (buzilmagan) holatda qaytarilganda, unga (idishni topshiruvchiga) uning uchun to‘langan summalar qaytariladi. Bunda idishlarning xaridor tomonidan qaytarilishi va ushbu taralardagi tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan yetkazib beruvchi tomonidan idishlarning olinishi daromad keltiruvchi operatsiya sifatida qaralmaydi. Qaytariladigan taralar boshqa yetkazib beruvchiga yoki idish tayyorlovchi tashkilotga sotilgan taqdirda, ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida daromad keltiruvchi bitim sifatida tan olinadi.
70. Idishlar tarkibida shuningdek idishlarni tayyorlash va ta’mirlash uchun maxsus mo‘ljallangan materiallar va detallar — tarabop materiallar (yashiklarni yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish, pardali va polietilenli tiqin, viskozadan to‘qilgan qalpoqchalar, zar qog‘oz va boshqalar) ham hisobga olinadi.
Yuklanadigan mahsulotlarning (tovarlarning) saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, kemalar, avtotransport va boshqa transport vositalarini qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar idishga kiritilmaydi.
71. Ko‘p marotaba ishlatiladigan idishlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar (masalan, ayrim detallari, qismlarini tozalash, almashtirish va h.k.) davr xarajatlariga kiritiladi.
72. Tabiiy eskirishi, sinishi (shikastlanishi) yoki buzilishi natijasida yaroqsiz holga kelgan va tashkilot tomonidan ishlatilmaydigan idishlar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda xarajatlarning tegishli moddalariga hisobdan chiqariladi.

Download 364,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish