10- mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari. Reja



Download 61,03 Kb.
bet1/10
Sana20.06.2022
Hajmi61,03 Kb.
#681477
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-маъруза


10- MAVZU: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari.
Reja
1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.
2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari.
3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
4. Jamoa tushunchasi. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari.
5. O’quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi, bosqichlari va asosiy shart-sharoitlari.
6. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi.
7. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari .Pedagogik rag’batlantirish va hulq-atvorni tuzatish metodlari.
8. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.


Tayanch so’z va iboralar: tarbiya, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari, jamoa, o’quvchilar jamoasi.


Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g’oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televidenie va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy axloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Konsepsiyaning maqsadi – yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

  • ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indiqatorlarini ishlab chiqish;

  • tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

  • bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;

  • tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;

  • ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

  • ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya:

  • davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

  • ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;

  • davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila institutlari orqali joriy etiladi.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

Download 61,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish