10 – ma’ruza.
Mavzu: SILJISH
Reja:
1. Siljish deformatsiyasini hosil bo‘lishi;
2. Kuchlanish va deformatsiya;
3. Guk qonuni. Elastik doimiylar G, E, va μ orasidagi munosabat;
4. Siljishga ishlaydigan birikmalar: parchin mix, bolt va elektr-gaz payvand birikmalarini mustahkamlikka hisoblash.
Tayanch iboralar:
Siljish, sof, normal, urinma, kuchlanish, ezilish, parchin mixli birikma, boltli birikma, payvand birikma, ustma-ust payvandlash, uchma-uch payvandlash.
1. Siljish deformatsiyasini hosil bo‘lishi
Cho‘zilish - siqilishdagi kuchlanganlik holatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, sterjendan ajratilgan to‘rtburchak element tomonlarida normal va urinma kuchlanishlar ta’sir etadi. Bunda normal kuchlanishlarning qiymati va yo‘nalishlaridan qat’iy nazar urinma kuchlanishlar juftlik qonuniga bo‘ysunadilar.
Bu sterjendan ajratilgan element tomonlariga faqat urinma kuchlanishlar ta’sir etsin (1,a-chizma).
Tomonlariga faqat urinma kuchlanishlar ta’sir qiladigan elementning kuchlanganlik holati sof siljish deb ataladi. Element tomonlari sof siljish yuzachalari deb yuritiladi.
Bir jinsli sof siljish kuchlanganlik holatiga misol sifatida yupqa devorli silindrsimon trubaning kuchlanganlik holatini ko‘rsatish mumkin(1,b,d-chizma).
Shuni aytish kerakki, amalda siljish deformatsiyasi sof holda deyarli uchramaydi. U boshqa deformatsiyalar bilan, ayniqsa, egilish deformatsiyasi bilan birgalikda hosil bo‘ladi. Shuning uchun siljishga, boshqacha qilib aytganda qirqilishga, hisoblarda qator soddalashtirishlarni qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
2.Kuchlanish va deformatsiya.
Siljishda brusning ko‘ndalang kesimlarida urinma kuchlanishlar ta’sir qiladi. Bu kuchlanishlarni aniqlash uchun sterjenning kesib olingan chap qismining muvozanat shartini ko‘rib chiqamiz (2-chizma,a). Siljishga doir masalaning statik tomoni ushbu tenglama bilan ifdolanadi: F-Q=O yoki Q=F bunda
Urinma kuchlanishlarning kesim bo‘yicha tekis taqsimlanishi hamda ekanligini hisobga olib, ushbuni hosil qilamiz: . Bundan siljishdagi urinma kuchlanish quyidagiga teng bo‘ladi:
yoki
bunda Q- ko‘ndalang kuch; A - esa ko‘ndalang kesim yuzasi.
Amalda urinma kuchlanishlar kesim bo‘yicha noteks taqsmlanadi, lekin bu hol siljishga doir hisoblarda hisobga olinmaydi.
2-chizma.
Endi 2-chizmada tasvirlangan ABCD to‘g‘ri burchakli elementni ko‘rib chiqamiz. Elementning AD tomoni mahkamlangan, BS tomoniga quyilgan F kuch uni siljitadi. Siljish kattaligi CC’= S ga mutloq yoki absolyut siljish deb ataladi. Deformatsiya kichik bo‘lgani uchun
U holda nisbiy siljish
,
ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunga burchak siljish ham deb ataladi va u radianlarda o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |