10- amaliy mashg‘ulot: Anjir ko‘chatini yetishtirish. Mashg‘ulot maqsadi



Download 15,23 Kb.
bet3/3
Sana28.02.2022
Hajmi15,23 Kb.
#474916
1   2   3
Ko‘chatlarni parvarish qilish. Qalamchalar bexato ko‘karishi va baquvvat bo‘lishi uchun ular o‘z vaqtida sug‘orilishi, tuprog‘i yumshatilishi, o‘g‘itlanishi va hasharotlarga qarshi kurash olib borilishi zarur. Ko‘chatlar o‘suv davrida gektariga 600-700 m3 hisobidai suv sarflab 11-14 marta sug‘orilishi kerak.
Sug‘orish normasi yog‘ingarchilikka, haroratga qarab belgilanadi. Shimoliy rayonlarda kamroq, janubiy rayonlarda esa ko‘proq sug‘orishga to‘g‘ri keladi. Taxminan olganda ko‘chatzor qo‘yidagi muddatlarda sug‘orilishi mumkin: aprelda bir marta, may oyida ikki marta, iyun, iyul avgustda ikki-uch martadan va sentabrda bir marta. Oxirgi suv shimoliy rayonlarda sentabr oyi boshlarida, janubiy rayon­larda esa sentabrning o‘rtalarida beriladi. Har sug‘orishdan keyin ko‘chatzor kultivatsiya qilinadi. Begona o‘tlarning o‘sishiga sarab oralari uch-to‘rt marta chopiladi. Iyun oyida ko‘chatzorning gektariga 40-45 kg sof azot hisobidan mineral o‘g‘it solinadi.
Qalamchalar yaxshi parvarish qilinsa shu yilning o‘zida boqqa o‘tqaziladigan ko‘chat bo‘lib yetishadi.
Ko‘chatlarni qazish, sortlarga ajratish va qishda saqlash. Ko‘chatlar oktabr oyining oxiri, noyabr oyi­da yoki bahorda ko‘chatzordan qazib olinadi. Ularni qazishdan oldin tuproq qattiq bo‘lsa, bir oz sug‘orilib, maxsus ko‘chat kavlovchi plugda qazib olinadi. Ko‘chatlarni qazishda ularning ildiz sistemasining zararlanishiga yoki kalta kesilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kuchatlar 35-40 sm chuqurlikda qazib olinadi. Qazilgan ko‘chatlar ochiq havoda uzok, qoldirilmay darhol dalaning o‘zida tuproqqa ko‘mib qo‘yiladi.
Qazib olingan ko‘chatlar standartga binoan 3 sortga ajratiladi. Ildiz sistemasi va shoxlari yax­shi rivojlangan birinchi va ikkinchi sortlar boqqa ekish uchun ajratiladi. Ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmagan, nimjon ko‘chatlar esa kelgusi yil ko‘chatzorda yana o‘stirish uchun ajratiladi. Siigan, kasallangan ko‘chatlar tashlanadi.
Ko‘chatlar bahorda qazib olinsa, kuzda ko‘chatzorniig o‘zida oxlarining sosan pastki qismi 20-25 sm qilinlikda tuproqqa ko‘miladi.
Kuzda qazib oliigai ko‘chatlar esa chuqurligi 45-50 sm qilib qazilgan transheyalarda qish bo‘yi saqlaiadi. Ildizlari traisheyaiiig iastiga qaratib 40-45° qiya qilib taxlanadi va tuproqqa ko‘miladi. Transheyadan chiqib turgan shoxlari ham bir tomonga yotqizib-ko‘miladi. So‘ngra ko‘chatlarniig atroflarida bo‘shliq qolmasligi uchun transheya sug‘oriladi. Cho‘kkan joylari yana tuzatiladi. Qishda transheyaga yog‘in suvlari tushib ketmasligi uchui atrofiga kichik ariqcha qaziladi.
Transheyaga ko‘milgan har bir navga ularning komi va soni ko‘rsatilgan etiketka osib qo‘yiladi. Bundan tashqari, har bir navning nomi bilan soni yozilgan qoziqlar qoqilib, bir-biridan ajratib qo‘yiladi. So‘ngra ko‘milgan ko‘chatlarning plani qogozga tushiriladi.
Nazorat savollari:
1. Anjir qalamchalari qachon ekiladi?
2. Anjir ko‘chatlarini parvarishlash tadbirlari qanday ?
3. Qanday ko‘chatlar yaroqsiz hisoblanadi?
4. Anjir ko‘chati qanday saqlanadi va sotish bahosi sifatiga qarab qanday aniqlanadi?
5. Ko‘chatlarni bog‘ga ekishga qanday tayyorlanadi?
Download 15,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish