https://telegram.me/e_kutubxona
171
― Faqat jahling chiqmasin...
― Jeykob, sendan xafa bo’lishga hech qanday asosim yo’q. Billi amakidan ham
xafa emasman. Gapiraver.
― Bella, bilaman bu ahmoqlik, lekin dadam yigiting bilan uchrashmasligingni
istayapti. Sendan iltimos qilishimni so’radi.
― Billi amaki juda irimchi-da...
― Ha. Finiksda falokatga uchraganingda dadam aqldan ozay dedi. Dadam
ishonmadi... - u gapini oxirigacha aytolmadi...
― Men zinadan yiqilib tushdim, - dedim dona-dona qilib.
― Bilaman, - dedi u tezgina.
― Dadang shu ishda ham Edvardning qo’li bor deb o’ylayaptimi? - jahlim chiqdi.
Jeykob boshini yerdan ko’tara olmadi.
― Hech bo’lmasa, sen gapimga ishon, - gapim samimiy chiqdi shekilli Jeykob
tortinib qarab qo’ydi. ― Edvard rostdan ham hayotimni saqlab qoldi. Agar Edvard
bilan doktor Kallen bo’lmaganida hozir birga raqs tushmayotgan bo’lardik.
― Albatta, - dedi u gaplarimga ishonib. Jeykob dadasiga ham ta'sirini o’tkaza
olishidan umid qilardim.
― Lekin dadam yana bir gapni yetkazib qo’yishimni so’radi.
― Xo’sh... Gapiraqol cho’zmasdan...
― Mayli... Eh, shunaqa ahmoqlik ham bo’ladimi... - peshanasini tirishtirdi yigit.
― Dadam haligi... biz seni kuzatib yurishimizni aytdi. Bella, men bu ishda ishtirok
etmoqchimasman!
Kulib yubordim xuddi ayg’oqchilar haqidagi kinolardagidek.
― Xo’sh, dadamga nima deb qo’yay? O’z ishingizdan qolmang, deymi?
― Yo’q, - xo’rsindim. ― Rahmat deb qo’y. Axir Billi amaki menga yaxshilik
istayapti-ku!
Qo’shiq tugagach sekin qo’limni oldim. Lekin Jeykob qimirlamadi.
― Balki yana raqs tusharmiz? - dedi u boshini egib. ― Senga biror narsa olib
kelaymi?
― Rahmat, Jeykob, - gapga aralashdi yerdan chiqqandek qarshimizda paydo
bo’lgan Edvard. ― Bellaga g’amxo’rlik qilishni o’zimga qo’yib ber!
Jeykob cho’chib tushdi.
― Qachon paydo bo’lding... Sezmay qolibman. Mayli, Bella, uchrashguncha, -
dedi u va ikkilanib orqaga tisarildi.
― Ko’rishguncha, - dedim men ham.
Navbatdagi musiqa yangragach, Edvard xo’jayinlarcha belimdan quchdi, men esa
sekingina mushakdor yelkasiga bosh qo’yib so’radim:
― Tinchlandingmi?
― Unchalik emas.
― Billi amakidan jahling chiqmasin. U dadamning yaqin do’sti, menga yaxshilik
istaydi.
― Undan emas, o’g’lidan jahlim chiqyapti.
Ishonqiramay ko’zlariga tikildim.
― Nega?
https://telegram.me/e_kutubxona
172
― Birinchidan, uni deb va'damni buzdim. Yoningdan jilmayman deb so’z
bergandim.
― Ha-ya, mayli kechirdim.
― Rahmat. Lekin bu hammasi emas.
Sabr bilan davomini kuta boshladim.
― U ko’rinishing chiroyli dedi, - qovog’ini uydi Edvard, ― Sen shunchaki
chiroyli emas juda go’zalsan.
― Oshirvording, sen xolis baho bermaysan.
― Yo’q, xolisman! - biz musiqaga mos aylana boshladik.
― Xo’sh, bu taraddudning sababini tushuntirib berasanmi? - so’radim.
Edvard hayratlanib tikilganini ko’rib, ko’zimni olib qochish uchun devordagi
gullarga qaradim. Shundan keyin biz aylangancha tashqariga qarab harakatlana
boshladik.
Yo’lda raqs tushayotgan Mayk bilan Jessikaga duch keldik, ular bizga qo’l siltab
qo’yishdi. Mana Anjela, Li, Samanta... Barcha sinfdoshlarim bizga havas bilan
qarashar, biz esa gir aylangancha ularning yonidan suzib o’tardik.
Nihoyat maktab hovlisiga chiqdik. Quyoshning so’nggi nurlari ostida bir-birimizga
termulgancha ancha payt turib qoldik. U o’jarlik bilan lablarini qimtidi.
― Nima gap? - so’radim. Edvard qorong’u osmonga chiqib kelgan oyga tikildi.
― Yana qorong’ulik... Kun qanchalik yaxshi bo’lmasin, baribir tugaydi...
― Dunyoda vaqt ta'sirini o’tkaza olmaydigan narsalar ham bor, - shivirladim.
― Men seni bitiruv kechasiga olib kelish uchun taraddud qilgandim, - nihoyat
savolimga javob berdi u. ― Chunki hayoting tabiiy kechishini istayman. Hamma
odamlarniki qatori... Agar Karlayl meni olib qolmaganida, menda ham shunday
bo’lardi. Afsuski, o’shanda o’lib ketmaganman...
Titrab ketdim.
― Albatta, o’z ixtiyorim bilan bitiruv kechasiga kelarmidim? . Agar sen mendan
uch ming marta kuchli bo’lmaganingda, kelmasdim.
Edvard jilmaydi, lekin ko’zlari sovuq boqib turardi. U oyga tikilib qoldi, men esa
unga.
― Bitta savolimga javob berasanmi? - dedi oydan ko’z uzmay.
― Sendan biror nimani yashirganmidim?
― So’z ber.
― Yaxshi, - dedim va shu zahoti afsuslandim.
― Bitiruv kechasiga olib kelayotganimni bilib nega hayratlanding?
― Shunchaki...
― Demak boshqa narsadan umid qilgansan! Seningcha men seni qayerga taklif
qilishim mumkin edi?
So’z berganimga pushaymon bo’lib, "gapirgim kelmayapti" dedim.
― Va'da berding!
― Esimda... - u meni uyalyapti deb o’yladi.
― Unda gapir.
― Aytsam jahling chiqadi-da...
― Baribir nima kutganingni bilishim kerak, - Edvardning qovog’i uyuldi. -
https://telegram.me/e_kutubxona
173
Xo’rsindim, undan qutulish osonmas.
― M-men biror muhimroq voqeaga tayyorlanayapmiz deb o’ylabman... - dedim
cho’zib. ― Odamlarga xos bitiruv kechasiga emas! - dedim yerdan ko’z uzmay.
― N-nima? Odamlarga hos? - qayta so’radi u.
― Mayli, - taslim bo’lib ochiqcha gapirishga qaror qildim. ― Men fikringdan
qaytdingmi deb o’ylabman... - uning jahli chiqqanini ko’rib, darrov qo’shimcha
qildim:
― O’zing so’rading, aytmoqchi emasdim...
― Rostdan ham shunchalik xohlayapsanmi? - hayratlandi Edvard.
Men bosh silkidim.
― Unda tayyorlan! Hozir hammasi tugaydi va hayotingning zulmati boshlanadi!
Kelajaging bilan xayrlashishga ham tayyormisan?
― Yo’q. Bu men uchun hayotimning intihosi emas, ibtidosi bo’ladi!
― Men bunga arzimayman, Bella!
Kulib boshimni ko’targanimda ko’zlarimiz uchrashdi.
― Esingdami, menga o’z qadringni bilmaysan deganding? Sen ham shunaqasan!
― E, yo’q, men o’z qadrimni bilaman! Ey, odam degan ham shunaqa qaysar
bo’ladimi?.. Mayli, tayyormisan? - so’radi u ko’zimga tikilib.
― Ha, tayyorman...
U shirin jilmayib lablarini bo’ynimga bosdi...
Birinchi fasl tugadi.
https://telegram.me/e_kutubxona
uchun tayyorlandi.
Jahon va o’zbek adabiyotining eng sara asarlarini
https://telegram.me/e_kutubxona
manzilidan yuklab oling.
https://telegram.me/e_kutubxona
Do'stlaringiz bilan baham: |