Institut bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi “O’zbekistonning eng yangi tarixi “fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Birinchidan, Yurtimiz tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;
Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;
Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;
To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak;
Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga
xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir.
Umuman olganda, O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish va uni o’qitishning dolzarb muammolari bo’yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o’tmishini tushunishga, murakkab, jo’shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o’rganishga, uni to’laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o’zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning maqsadi-mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;
- mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ;
- O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqyealarning tarixdagi muhim voqyealar bilan bog’liqligini bilish kerak.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o’rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o’rni va rolini ko’rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo’yilgan. Mazkur hujjatda ko’rsatilgan vazifalarni bir-birini to’ldiruvchi ikki yo’l orqali ro’yobga chiqarish lozimBirinchi. yo’l – yangi avlod ilmiy va o’quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo’l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ’ib etish va o’qitish.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e'lon qilingan.
Qaror sharhida qayd etilishicha, ushbu hujjat «O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma'rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta'lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida» qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |