1. Ўзбекистон тарихи фани предмети ва уни ўрганишнинг назарий услубий асослари, манбалари ва аҳамияти


Амир Темурнинг марказлашган салтанатни барпо этиши ва ундаги бошқарув тизими



Download 199,28 Kb.
bet17/47
Sana21.02.2022
Hajmi199,28 Kb.
#57617
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI IMTIXON UCHUN

19. Амир Темурнинг марказлашган салтанатни барпо этиши ва ундаги бошқарув тизими.
Amir Temur turkiy barlos urug’ining biy(urug’ oqsoqoli)laridan bo’lmish Muhammad Tarag’ay va Buxoro shariat qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo’lib, 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topgan. Uning to’liq ismi sharifi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Burkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60-yillarida mo’g’ullarning Chig’atoy ulusidagi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346 yili Chig’atoy ulusi xoni Qazonxon amir Qazog’on tomonidan o’ldiriladi. 1358 yilda amir Qozog’on ham o’ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O’lkaning turli hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko’rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug’dirayotgandi. Ulus o’ntacha mustaqil bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularning beklari o’rtasida doimo nizo, janjal bo’lardi. Buning ustiga o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda Movarounnahrga katta qo’shin tortib kelgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur1 xuruji ham dard ustiga chipqon bo’lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida hozir bo’lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish ko’rish, o’z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to’plash, so’ngra qulay imkoniyat tug’ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi. Temurbek uddaburonlik bilan o’ziga xos taktika qo’llab, o’zining bosh orzu-maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug’luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil muddat o’tar-o’tmay, Balx hokimi, kelib chiqishi Chingiziylar nasabidan bo’lgan Amir Husayn bilan do’stlashib, u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. U 1362-1364 yillarda mo’g’ul qo’shinlariga bir necha marta zarba beradi. Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo’yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn qo’shininig Ilyosxo’ja boshliq mo’g’ul qo’shinidan kutilmaganda engilishi Amir Temur uchun juda katta saboq bo’ldi. Ilyosxo’ja qo’shinlari Samarqandga tomon yurdi. Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi (Samarqand hokimi qochib ketgan edi) mudofaaga ko’tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand uning markaziga aylandi. Harakatga tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo’rdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida to’plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da’vati bilan mo’g’ullarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo’ja Samaraqandda katta zarbaga uchrab Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Samaraqandda hokimiyat sarbadorlar qo’liga o’tadi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko’radi, mo’g’ullarga tarafdorlik qilganlarning er va mulklari musodara etiladi. Samarqand sarbadorlari g’alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur 1366 yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Husayn hiylasi bilan sarbadorlar boshliqlari qo’lga olinib, o’ldiriladi. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayligina Mavlonozoda tirik qoladi. Movaraunnahrda hukmronlik amir Xusayn qo’liga o’tadi. Amir Husayn Movarounnahrda Amir Temurni qoldirib o’zi Xurosonga ketadi. Amir Temur sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo’g’ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator hududlar egallanadi. Ko’p o’tmay Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning tasarrufiga olindi. Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik Osiyoning talay qismi egallanadi. Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan. Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan.

Download 199,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish