4. Ахборот-ресурс марказлари фаолиятини автоматлаштириш тизимини йўлга қўйишнинг объектив зарурлиги .
Respublikamizning ta’lim muassasalarida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti(TATU)ning “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy vositadan foydalanilmoqda. Axborot-resurs markazining avtomatlashtirilgan tizimi (ARMAT-U) dasturchi Atajanov J. tomonidan yaratilgan bo‘lib, u Respublikamizning bir qator axborot-kutubxona muassasalarida joriy etilgan. Mazkur dastur 8 yil avval yaratilganligi sababli bugungi kunda zamon talablari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) hamda dasturlashning so‘nggi yutuqlari asosida yangi dastur yaratish va axborot-kutubxona muassasalarida joriy etishga katta ehtiyoj sezildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, t.f.d. Rahmatullayev M. boshchiligidagi ilmiy-ijodiy guruh tomonidan axborot-kutubxona muassasalaridagi asosiy axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotning (ARMAT++) birinchi varianti ishlab chiqildi va dastur tajriba sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Dasturning yangi versiyasi TATU doktoranti Muminov B. tomonidan yaratildi. Yangi dasturiy ta’minot asosan beshta avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat. Dasturining AIO‘ kirish uchun «Login» va «Parol» maydonlariga tegishli qiymatlar terilib, «Kirish» tugmasi bosiladi.
Tizim administratorining avtomatlashtirilgan ish o‘rni. ARMAT++ tizimi administratorining avtomatlashtirilgan ish o‘rni (AIO‘) ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim «Super administrator» deb nomlangan va bu bo‘limda tizimda ishlatiladigan menyular, ish o‘rinlari va ma’lumotnomalar yaratiladi, tahrirlanadi. Tizim interfeysida foydalaniladigan so‘zlarni tahrirlash imkoniyati mavjud. Birinchi bo‘lim bilan ishlash dasturchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda dasturni rivojlantirish, takomillashtirish ishlari bajariladi. Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari loyihalashtiriladi va dastur tuziladi. Tizim administratorining ikkichi bo‘limi «Administrator» deb nomlangan va bu yerda «Muassasalar», «Ma’lumotlar bazalari», «Ish o‘rinlari», «Ma’lumotnomalar», «Maydon va maydonostilar»ni yaratish va tahrirlash imkoniyati mavjud.
2. Kataloglashtiruvchining avtomatlashtirilgan ish o‘rni. Kataloglashtiruvchining AIO‘da quyidagi funksiyalar bajariladi: Axborot-kutubxona muassasalarini tizimda ro‘yxatga olish (login va parol berish), ma’lumotnomalarni shakllantirish, hujjatlarni kataloglashtirish, elektron katalogdan foydalanish, foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va boshqalar.
3. Tizimdan foydalanuvchining AIO‘da quyidagi funksiyalar mavjud:
Elektron katalog orqali «Oddiy» va «Kengaytirilgan» qidirishni bajarish.
ARM’dan olib, qaytarib topshirilgan hujjatlar ro‘yxati (olingan va qaytarilgan sana ko‘rsatilgan holda).
ARM’dan olingan ammo hali qaytarilmagan hujjatlar ro‘yxati.
Berilgan buyurtmalarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot.
Maxsus buyurtmalar (elektron katalogga kiritilmagan hujjatlarga buyurtmalar) berish.
4. Kutubxonachining avtomatlashtirilgan ish o‘rni funksiyalari. Kutubxonachining AIO‘da quyidagi funksiyalar bajarilishi ko‘zda tutilgan:
Buyurtmalar bilan ishlash.
Adabiyotlarni berish.
Berilgan hujjatlarni qaytarib olish.
Qarzdorlar bilan ishlash.
Kutubxonachining AIO‘ buyurtma topshirgan bir necha hujjatni bir varakay berib yuborish texnologiyasidan foydalanilgan. Tizimning avvalgi versiyasida buyurtma har bir kitob uchun alohida berilar edi. ARM’dan bir paytda bir necha kitob olgan foydalanuvchiga kitoblarni berishda bu noqulaylik yangi versiyada bartaraf etildi. Shunday qilib, axborot-kutubxona muassasalaridagi asosiy axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizimning ish o‘rinlari bilan tanishib chiqdik. Tizimning yangi versiyasi hozirgi kunda tajriba sinovlaridan o‘tkazilmoqda, ish o‘rinlariga ARM xodimlarining takliflari asosida yangi funksiyalar qo‘shilmoqda.
Bir necha hujjatni bir varakay berish
Xulosa qilib aytganda, yangi tizim quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
1. Tizimning yangi versiyasi avvalgi versiyadagi barcha funksiyalarni bajara oladi. Avvalgi versiyadagi bibliografik yozuvlar yangi versiyaga ISO 27 09 standarti asosida import/eksport operatsiyalari orqali ko‘chirib o‘tkaziladi.
2. Hujjatlarni berib yuborish va qaytarib olishda shtrix kodlar va RFID texnologiyalaridan foydalana oladi. Bir necha hujjatni bir varakay berib yuborish va qaytarib olish imkoniyati yaratildi.
3. Elektron katalog bazasiga kiritilgan bibliografik ma’lumotlarni «ma’lumotnomalar» orqali tahrirlash imkoniyati yaratildi. Bu funksiya elektron katalog ma’lumotlar bazasidagi bir necha xato bibliografik yozuvlarni bir harakat bilan to‘g‘rilab yuborishga imkoniyat yaratdi.
4. Tizimning yangi versiyasida tizim interfeysini ixtiyoriy tilda yaratish uchun qulay vosita ishlab chiqildi.
5. Yangi versiyada tizimdan foydalanuvchilar ARM’ga masofadan turib, a’zo bo‘lishlari mumkin.
6. Axborot-kutubxona muassasalarida statistik ma’lumotlarga ishlov berishga mo‘ljallangan alohida ish o‘rni yaratildi.
7. Bibliografik tavsif elementlarni tizimning elektron katalogiga kiritishda «nusxa olish» usulidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu usul hujjatlarni kataloglashtirish jarayonini tezlashtirish imkoniyatini yaratdi.
Axborot-kutubxona muassasalari uchun yaratilgan dasturiy vosita Respublikamiz axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida o‘zining munosib o‘rnini egallashi va foydalanuvchilarga kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirishga xizmat qilishiga umid qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |