1. Ўзбек халқ эртаклари indd



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,87 Mb.
#231863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1 uzbek khalk ertaklari

UR  TO‘QMOQ
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kampir bilan bir chol bor 
ekan. Ular ovchilik bilan kun o‘tkazar ekanlar. Bir kun chol 
tuzoq poylab o‘tirgan edi, tuzoqqa katta bir laylak tushdi. 
Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqargan edi, laylak 
odam dek so‘zlamoqqa boshladi:
– Chol, men laylaklarning boshlig‘iman, meni qo‘yib 


  31  
yubor, nima tilasang shuni beraman. Mening makonim shu 
qarshidagi tog‘ning orqasida. «Laylakvoyning uyi qayda» 
desang, hamma aytib beradi, – dedi.
Chol laylakni qo‘yib yubordi. Ertasiga ertalab turib, Lay-
lakvoyning sovg‘asini olib kelish uchun yo‘lga tushdi. Yurib, 
yurib bir joyga borib yetdi. Qo‘y boqib yurgan cho‘ponlardan:
– Bu qo‘ylar kimning qo‘yi? – deb so‘radi.
– Bu qo‘ylar Laylakvoyning qo‘yi, – deb cho‘pon chol-
ni yo‘lga solib yubordi. Bir joyga borib yilqi haydab yurgan 
yilqichiga:
– Bu yilqilar kimniki? – deb so‘radi chol. Yilqichi:
– Laylakvoyniki, – dedi.
– Laylakvoy menga sovg‘a va’da qilib edi, nima so‘-
ray? – degan edi, yilqichi bunday dedi:
– Laylakvoyning bir xumchasi bor, «qayna, xumcha» 
desa, tilla qaynab chiqadi, shu xumchani so‘ra, – dedi.
Chol oz yurib, ko‘p yurib, ko‘p yursa ham cho‘l yurib, 
yetti kecha-yu yetti kunduz deganda Laylakvoyning uyiga 
borib yetdi. Eshikdan kirib:
Assalomu alaykum, – dedi. Laylakvoy:
– Haq, saloming bo‘lmasa, ta’ziringni berardim. Sen sov-
g‘a uchun kelgan bo‘lsang kerak, qani nima so‘raysan? – dedi.
– Men sizdan «qayna, xumcha»ni so‘rayman, – dedi 
chol. Laylakvoy o‘ylab qoldi:
– Chol, senga bir tovoq tilla beray, – desa ham chol 
ko‘nmadi. Axir «qayna, xumcha» ni berishga rozi bo‘ldi. 
Chol «Qayna, xumcha» ni olib jo‘nadi. Yo‘l yurib, cho‘l 
yurib, bir joyga yetdi. Dam olish uchun o‘tirdi. Qishloqning 
bolalariga qarab: «O‘g‘illarim, mana bu xumchaga qarab 
turing, men biroz mizg‘ib olay, faqat «qayna, xumcham» 
demanglar», – deb tayinlab, uyquga ketdi. Bolalar chol ux-
lashi bilan «Qayna, xumcha» deb baqirishib edi, xumdan 
tilla qaynab chiqdi, shoshib-pishib, bolalar  tillalarni yig‘ib 


  32  
olib, xumni uylariga olib kirib bekitib qo‘ydilar, «Qayna,  
xumcha» ning o‘rniga boshqa bir xumchani olib kelib 
qo‘ydilar. Chol uyqudan turib xumchani olib jo‘nadi. Yetti 
kecha, yetti kunduz yo‘l yurib, uyiga yetib keldi.
– Qani, kampir, dasturxonni yoz, hozir tillaga boy 
bo‘lamiz, – dedi. Kampir dasturxonni yozdi, dasturxonning 
o‘rtasiga xumchani qo‘yib, chol bor kuchi bilan «qayna, 
xumcha» deb baqirdi. Xumchadan tilla qaynab chiqmadi; 
chol yana baqirdi, tilla qaynamadi. Cholning jahli chiqib:
«Ha, padaringga la’nat Laylakvoy, meni aldab bosh qa 
xumcha beribdi; men ertaga borib boshqa sovg‘a so‘ray-
man» deb qo‘ydi.
Ertasi saharlab chol yana yo‘lga chiqdi. Yilqichining 
oldiga borib:
– Laylakvoy meni aldadi, endi nima sovg‘a so‘ray, – 
dedi. Yilqichi o‘ylab turib: «Ochil, dasturxon»ni so‘rang,  
dasturxonni yozib, «Ochil, dasturxon» desangiz, har xil 
taomlar tayyor bo‘ladi, – dedi.
Chol Laylakvoyning eshigidan kirib:
– Assalomu alaykum, – dedi. Laylakvoy:
– Haq, saloming bo‘lmasa, ta’ziringni berardim. O‘tgan 
gal senga «Qayna, xumcha» ni berib edim, ko‘ngling 
to‘lmadimi? – dedi. Chol hamma voqeani aytib:
Meni aldading,  «Qayna, xumcha»ning o‘rniga 
 
 
boshqa  xumcha beribsan, endi sendan «Ochil, dasturxon»ni 
so‘ragani keldim, – dedi.
Laylakvoy   o‘ylab   qoldi.   Axiri «Ochil, dasturxon»ni  
cholga  sovg‘a qildi.
Chol yo‘lga tushdi. Oz yurib, ko‘p yurib, o‘tgan gal 
dam olgan qishloqqa borib yetib, o‘ziga tanish bo‘lib qol-
gan bolalarni ko‘rdi.
– O‘g‘illarim, mana shu dasturxonni ushlab o‘tiring, men 
biroz mizg‘ib olay, faqat «Ochil, dasturxon» demanglar, – 


  33  
deb ularga tayinladi. U uyquga ketgandan so‘ng bolalar 
«Ochil, dasturxon», deb baqirgan edilar, yetti xil taom tay-
yor bo‘ldi. Bolalar taomlarni o‘rab, dasturxonni uylariga olib 
kirib, o‘rniga boshqa dasturxon olib chiqib o‘tirdilar.
Chol uyqudan turib dasturxonni oldi, yo‘lga tushdi. 
Uyiga kelib:
– Kampir nima taom desang, hozir tayyor bo‘ladi, – deb 
dasturxonni yozdi. «Ochil, dasturxon», deb edi, hech qan-
day taom chiqmadi.  Cholning jahli chiqib, – Laylakvoy   
meni   ikkinchi   marta   aldadi,   ertaga borib boshqa bir 
sovg‘a so‘ray, – dedi.
Ertasi saharlab chol yo‘lga chiqdi. Yilqichining oldiga 
borib:
– Endi Laylakvoydan nima so‘ray? – dedi.
– Endi Laylakvoydan «Ur, to‘qmoq»ni so‘rang, dush-
maningiz ko‘pga o‘xshaydi, agar «Ur, to‘qmoq» desangiz, 
oldingizda kim bo‘lsa, urib tashlaydi, – dedi yilqichi.
Chol yo‘lga tushdi, eshikdan:
– Assalomu alaykum,– deb kirdi. Laylakvoy:
– Haq, saloming bo‘lmasa, ta’ziringni berardim. Yana 
nima uchun kelding? «Qayna, xumcha»ni olding, «Ochil, 
dasturxon»ni olding, yana nima kerak? – dedi.
Meni bu gal ham aldading, Laylakvoy! «Ochil, das-
turxon» o‘rniga boshqa bir dasturxon beribsan. Endi sendan 
bir narsa so‘rayman, menga «Ur, to‘qmoq»ni ber, – dedi. 
Laylakvoy cholga «Ur, to‘qmoq» ni hadya qildi.
Chol «Ur, to‘qmoq»ni olib yo‘lga tushdi. Oz yurib, 
ko‘p yurib avvalgi o‘zi bilgan qishloqqa borib yetdi. Tanish 
bolalarni chaqirdi.
– O‘g‘illarim, mana shu to‘qmoqni ushlab turing, men 
biroz mizg‘ib olay, faqat «Ur, to‘qmoq» demanglar, – dedi. 
U uyquga ketgandan so‘ng bolalar qiziqib, «Ur, to‘qmoq» 
deb baqirishgan edi, to‘qmoq hammasini ura boshladi. 


  34  
Bolalarning baqirig‘idan chol uyg‘onib ketdi. Bolalar 
bo‘lsa, yig‘lashib:
– Chol ota, to‘qmoqni to‘xtating, biz sizning xum-
changizni, dasturxoningizni olib, o‘rniga boshqa xumcha,   
boshqa dasturxon qo‘ygan edik, tavba qildik, ota, to‘q-
moqni to‘xtating, – deyishdi. Chol: «Tur, to‘qmoq» deb ba-
qirgan edi, to‘qmoq urishdan to‘xtadi. Bolalar yugurib bo-
rib uylaridan «Qayna, xumcha» bilan «Ochil, dasturxon»ni 
chiqarib berdilar, chol yo‘lga tushdi. Oz yurib, ko‘p yurib, 
ko‘p yursa ham mo‘l yurib, ko‘l demay, cho‘l demay yetti 
kecha-yetti kunduzda uyiga borib yetdi.
«Qayna, xumcha» deb edi, xumchadan tilla qaynab  
chiqdi; «Ochil, dasturxon» deb edi, har xil taom muhayyo 
bo‘ldi. Umrlarida ko‘rmagan taomlarni yeb, chol bilan 
kampir xursand bo‘ldilar.
Tillalarga chol yaxshi uy soldirdi va xonni uyiga meh-
mondorchilikka chaqirgan edi, xon: «Men xon bo‘lsam-u, 
o‘sha kambag‘al, qashshoq cholning uyiga mehmondorchi-
likka boramanmi», deb bormadi.
Cholning jahli chiqib, xonni urushga chaqirdi. Ertasiga 
xon yetti ming askarni tayyorlab, cholning uyi oldiga tizib:
– Qani, chol, joning bo‘lsa urushga chiq! – dedi. Chol 
eshikdan chiqib to‘qmoqqa qarab:
– Ur, to‘qmoq! – deb baqirgan edi,  to‘qmoq   hamma 
askarlarni bittadan urib yotqizib qo‘ydi, oxirida to‘qmoq 
xonni    ura boshladi.
Xon:
– Chol, to‘qmog‘ingni to‘xtat, sen yengding, meni 
o‘limdan olib qol, yurtga sen hokim bo‘la qol, – dedi.
Chol to‘qmoqni to‘xtatdi. O‘zi yurtga hokim bo‘ldi. 
Murod-maqsadiga yetdi.


  35  

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish