Aluminiy (Alumin) – unsurlar davriy jadvalining 13 unsuri, metall-amfoter.Aluminiy lotincha „alumen“, yaʼni lotincha nomi Alumen (fr.Alun, ingl.Alum) – kaliy va aluminiydan iborat sulfat tuzidan olingani sababli shunday ataladi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalida aluminiy Bor-guruhiga (avvalgi nomi yer metallari guruhi) kiradi.Aluminiy yerda eng koʻp tarqalgan uchta elementdan biri va yer qobigʻida eng koʻp uchraydigan elementdir. Yer qobigʻida faqat kimyoiy birikma sifatida uchraydi, chunki reaktsiyaga oson kirishadi (yer qobigʻi massasining 7,57 %ni tashkil etadi).
Pliniy afsonasiga koʻra, imperator Tiberiy (eramizdan avvalgi 14-37 yillar) saroyiga bir kuni bir temirchi keladi va tashqi koʻrinishi kumush kabi, lekin anchayin yengil metall parchasini sovgʻa sifatida olib keladi. Imperator undan buni qayerdan olinganini soʻraganida, usta unga tuproqdan ajratib olganini aytadi. Imperator esa ushbu metal savdoda pul sifatida qoʻllaniladigan oltin va kumush qadriga zarar yetkazmasligi uchun ushbu ustani qatl qildiradi. Hozirda maʼlum boʻlgan eng qadimgi aluminiy predmet bu Xitoy generali Chou-Chou (265–316) kamarining biriktiruvchi qismidir. Humphry Davy (Hamfri Deyvi) ushbu elementni „Aluminiy“ deb atagan. Birinchi boʻlib Hans Ersted 1825-yilda laboratoriyada ajratib olishga muvaffaq boʻlgan.
Xrom (yun. chroma — rang, boʻyoq, birikmalari yorqin rangli boʻlgani uchun, lot. Chromium), Cr — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 24, atom massasi 51,996. Xrom (kimyoviy element)ning 4 ta barqaror izotopi mavjud: 50Cr (4,31%), 52Cr (83,76%), 53Cr (9,55%) va 54Cr (2,38%). Xrom (kimyoviy element)ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan eng muhimi 51Cr (T1/2=27,8 kun).
Xrom (kimyoviy element)ni dastlab fransuz kimyogari Xrom (kimyoviy element)Voklen 1797-yil tabiiy qoʻrgʻoshin (II)xromat — krokoit (PbCrO4) minerali tarkibidan topgan. Sof Xrom (kimyoviy element)ni Bunzen xrom (I)xlorid eritmasini elektrolizlab olgan.
Xrom (kimyoviy element) Yer poʻstining massa jihatidan 0,035% ini tashkil qiladi. Asosiy minerallari: xromit FeCr2O4, krokoit PbCrO4, uvarovit CaCr2(SiO4)3. Bulardan xromit (xromli temirtosh) katta amaliy ahamiyatga ega. Xrom (kimyoviy element) oqkulrang, qiyin eriydigan yaltiroq qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1890°, qaynash temperaturasi 2680°, zichligi 7,2 g/sm3. Havoda Xrom (kimyoviy element)ning sirti oksid parda bilan qoplanadi, bu parda Xrom (kimyoviy element)ni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Xrom (kimyoviy element)ga uglerod qoʻshilsa, uning qattiqligi yanada ortadi. Xrom (kimyoviy element) quyi t.ralarda nihoyatda inert modda, lekin qizdirilganida kislorod, azot, uglerod, oltingugurt va galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, xrom (III)oksid Cr2O3 xrom (III)xlorid CrCl3, xrom (III)sulfid CrS3, xrom (III)nitrid CrN3 hosil qiladi. Xrom (III)sulfid faqat quruq muhitdagina barqaror, suv taʼsirida gidrolizga uchraydi, natijada xrom (III)gidroksid va vodorod sulfid hosil boʻladi. Xrom (kimyoviy element)ning galogenidlari ichida Xrom (kimyoviy element) xloridlari muhim ahamiyatga ega. Xrom (kimyoviy element) (II)xlorid CrCl2 — rangsiz gigroskopik kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 824°, zichligi 2,88 g/sm3. Xromometriyada ishlatiladi. Xrom (kimyoviy element) (III)xlorid CrCl3 — binafsha tusli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 1152°, zichligi 3,03 g/sm3. Xrom (kimyoviy element) (IV)xlorid CrCl4 — qizdirilganda CrCL3 hosil boʻladi. Xrom (kimyoviy element) olishda ishlatiladi. Xrom (kimyoviy element) nitrat kislota va zar suvida faqat qizdirilganida ozgina eriydi. Xrom (kimyoviy element) oʻz birikmalarida 2, 3, 4, 6 valentli. 2 valentli Xrom (kimyoviy element) birikmalari beqaror, 3 valentliginiki barqaror moddalardir.
Sanoatda xrom (III)oksid kaliy bixromatni koks yoki oltingugurt bilan qaytarib olinadi. Xrom (III)oksid Xrom (kimyoviy element) olishda, moyli va akvarel boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi. 3 valentli Xrom (kimyoviy element)ning koʻpchilik tuzlari suvda yaxshi eriydi, lekin gidrolizga uchraydi. Xrom (III)sulfat kaliy (natriy, rubidiy, seziy) sulfat taʼsirida kristallanib, qoʻshaloq tuz — Xrom (kimyoviy element)li achchiqtosh hosil qiladi.
Xrom (VI)oksid, CrO3 — xromat angidrid suv bilan 2 xil kislota: H2CrO4 (xromat kislota), H2Cr2O7 (bixromat kislota), ishqorlar bilan xromatlar hosil qiladi. Xrom (VI)oksid nihoyatda kuchli oksidlovchi. Xrom (kimyoviy element)ning CrO5 tarkibli peroksidi va H2CrO6 tarkibli peroksokislotasi mavjud.
Xrom (kimyoviy element) poʻlat va temirdan yasalgan buyumlarning sirtini korroziyadan saqlash maqsadida xromlashda, ularga bezak berishda, qattiq va puxta, shuningdek, zanglamas sifatli poʻlatlar tayyorlashda keng qoʻllanadi. Xrom (kimyoviy element) olovbardosh, kislotalar taʼsiriga chidamli. Xrom (kimyoviy element) birikmalari zaharli, ular boʻyoq sifatida, fotografiyada, pirotexnikada, kun sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi.
ZANGLASH — metallning tashki muhit (namlik, karbonat angidrid va boshqalar) ta’sirida havo kislorodi bilan oksidlanib, qo’ng’ir g’ovak parda (zang) bilan qoplanishi. Zangpoya, bodiyoni Rumi (Conium maculatium L.) — qoqidoshlar oilasiga mansub ikki yillik o’simlik. Poyasi 1 — 2 metr, pastki qismida qizil xollari bor. Barglari ketmaket joylashgan, patsimon qirqilgan. Gullari oq, mayda, murakkab soyabonga to’plangan. Shimol yarim sharda tarqalgan. O’rta Osiyoning butazorlarida va daryo qirg’oqlarida, Janubda ko’proq tog’larda uchraydi. Zanglash zaharli o’simlik, tarkibida koniin alkaloidi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |