Oltin yoki tilla - unsurlar davriy jadvalining 79-unsuri. Kimyoviy belgisi Au (lotincha: aurum - „charaqlash“ soʻzidan). Zich, egiluvchan metall. Atom massasi - 196,966569(4). Zichligi - 19.30 g·sm−3, erish harorati - 1337.33 K (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K) (2856 °C).
Oltin (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. Oltinning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.
Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.
Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma Oltin) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof Oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Rossiya Federatsiyasida (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida Oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m³ da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha Oltin boʻladi. Oʻzbekistonda Oltin makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud.
Oltin yumshoq, plastik, choʻziluvchan metall (kalinligi 0,0002 mm gacha boʻlgan zarqogʻoz tayyorlash, 1 g ni 3,5 km li sim qilib choʻzish mumkin), elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 19,32 g/sm³ (20° da). Suyuqlanish temperaturasi 1064,4°, qaynash temperaturasi 2880°. Moos shkalasi boʻyicha qattikligi 2,5. Oltin yum-shoq bulganligi uchun uning kumush yoki mis qoʻshib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. Oltin — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda oʻzgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va boshqalarda erimaydi: faqat zar suviaa, xlorli suvda va ishqoriy metallarning sianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. Oltin oʻz birikmalaridan oson kaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, Oltin amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli boʻladi. 3 valentli Oltin birikmalari barqaror hisoblanadi.
Oltin rudalardan bir necha usulda, mas, oltinli qumni suv bilan yuvib, zarralar holida ajratib olinadi. Oltin amalgamatsiya usulida ham boyitiladi. Uning kaliy sianid KCN eritmasida (kislorod ishtirokida) va xlorli suvda erishidan Oltin ajratib olishda foydalaniladi (bagration usuli). Buning uchun Oltinli qumga kaliy sianid (yoki natriy sianid NaCN) eritmasi qoʻshiladi. Oltin bilan kaliy sianiddan hosil boʻlgan kompleks tuz suvda erib ketadi, qum ajralib qoladi. Kompleks tuzning eritmasiga, odatda, rux taʼ-sir ettiriladi. Rux Oltinni choʻkmaga tushiradi. Olmalik, kon-metallurgiya korxonasida mis kuporosini elektroliz qilish jarayonida hosil boʻlgan toshqoldan Oltin ajratib olinadi. "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston—AQSH qoʻshma korxonasi Zarafshon oltin ishlab chiqarish kom-pleksi chiqindisidan sian usulida Oltin ajratib olishni yoʻlga qoʻygan. Bu usulda ishlatiladigan erituvchilar niho-yatda zaharli boʻlganligi sababli Oʻzbekiston olimlari samarali va inson salomatligi uchun bezarar erituvchilar olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishmokda. Oltinning eng koʻp ishlatiladigan birikmasi xloraurat kislota N[AiS14]4N2O dir. Bu modda Oltinni zar suvida eritish natijasida hosil boʻladi. Oltinning AuCl, AuCl3 tarkibli xloridlari, AuO2, Au2O3 tarkibli ok-sidlari va boshqa birikmalari maʼlum. Oltin valyuta sifatida, zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbob-sozlikda, tibbiyotda, fotografiyada qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |