Kasallikning boshlang'ich davri har xil klinik belgilarining namoyon bo'lishi bilan xarakterlanadi va laboratoriya sinamalari natijalari bilan bemorga dastlabki yoki yakunlovchi diagnoz quyish imkon ini beradi. Shuning uchun ham yuqumli kasallikning erta tashxisi deyilganda uning xastalikning boshlang'ich davridagi diagnostikasi nazarda to'tiladi. Bu davrda kasallikning to'liq klinik manzarasi rivojlanmasada u uchun xarakterli bo'lgan simptomlar aniqlanadi (masalan, ich terlamada rozeola ko'rinishidagi toshma, virusli gepatitlardagi sariqlik, tulyaremiyadagi bubon – tashkilimfa tugunlarining yallig'lanishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |