1. Yuqumli kasalliklar fanining hozirgi davridagi tutgan o’rni



Download 19,13 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi19,13 Kb.
#262517
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.Kirish

Ekzogen infektsiyalarni organizmga kasallik qo'zg'atuvchisi kirib keluvchi joylari (kirish yo'llari) bo'yicha ham klassifikatsiyalash mumkin. Ba'zi bir infektsiyalar (bezgak, toshmali tif, teri leyshmaniozi) uchun kirish yo'llari teri, boshqalari (gripp, qizamiq, qizilcha) uchun shilliq qavatlari, me'da-ichak yo'llari (dizenteriya, ich terlama, vabo) yoki jinsiy yo'llari (zaxm, so'zak) hisoblanadi. Ayni paytda ba'zi bir yuqumli kasalliklarda qo'zg'atuvchi organizmga turli yo'llar bilan kelib tushadi va xastalikning klinik ko'rinishini belgilab beradi (difteriya – tomoq va yaralar, o'lat – teri-bubon va o'pka shakllari, tulyaremiya – bubon, ko'z-bubon, anginoz-bubon, ichak, o'pka yoki umumlashgan shakllari).

Biologik printsiplar bo'yicha infekktsiyalar antroponozlar (poliomielit, meningokokk infektsiyasi, virusli gepatitlar va haqozo), va zoonozlar (quturish, brutsellyoz, leptospiroz, tulyaremiya, oqsim va haqozo) ga bo'linadi. Ba'zi bir infektsiyalarda kasallik manbai ham odamlar, ham hayvonlar bo'lishi mumkin (o'lat, kuydirgi). Shuningdek, tabiiy-manbali (kanali entsefalit, tulyaremiya, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitmalar) va invazion kasalliklar (protozoy xastaliklari – bezgak, amebiaz, leyshmaniozlar, gel`mintozlar) ham mavjud. Ba'zi bir yuqumli kasalliklarda tashqi muhit omillari ham kasallik manbai bo'lishi mumkin. Bunday yuqumli kasalliklar sapronozlar deb atalib, ularga vabo (suv), kuydirgi va qoqshol (tuproq) kabi infektsiyalarni misol qilib keltirish mumkin.

Klinik nuqtai nazardan yuqumli kasalliklar belgilarining namoyon bo'lishi (yoki inapparant), og'irligi (yengil, o'rta og'ir, og'ir va o'ta og'ir), shakllari (masalan, meningokokk infektsiyasi nozofaringit, meningit, meningoentsefalit, meningokoktsemiya), kechishi (tipik yoki tipik bo'lmagan, siklik yoki atsiklik, shiddatli yoki ful`minant, o'tkir, yarim o'tkir yoki cho'zilgan va surunkali) ga qarab ham bo'linadi.

Yuqumli kasalliklarning inapparant yoki subklinik shakllari klinik belgilarsiz kechsada, ularda odam organizmida ushbu xastaliklarga xos funktsional, morfologik yoki immunologik o'zgarishlar kuzatiladi. Aytib o'tilgan o'zgarishlar kam darajada rivojlangan bo'lib, tashqaridan odam sog'lomdek ko'rinadi. Inapparant shakllar ba'zi bir infektsiyalarda (ich terlama, sal`monelleyozlar, dizenteriya, virusli V gepatit va boshqalar) namoyon bo'lsa, boshqalari uchun (chin chechak, skarlatina, saramas va boshqalar) xarakterli emas. Yuqumli kasalliklarni inapparant shakllari o'tkir (virusli gepatit A) yoki surunkali (brutsellyoz) kechishi mumkin. Inapparant jarayonning alohida varianti sifatida infektsiyaning latent shakli hisoblanadi. Ushbu shakllarda qo'zg'atuvchi defekt ko'rinishda bo'lib (bakteriyalarning L-shakli, sferoplastlar, virusning defekt shakllari), o'z hayot jarayonini hujayra ichidagi parazitlik hisobiga saqlaydi. Noqulay bo'lgan tashqi muhit ta'sirlari (qo'shimcha kasalliklar, jarohatlar, stresslar va boshqalar) ostida latent infektsiya o'tkir manifest shakliga o'tishi va qo'zg'atuvchining odatdagi xususiyatlari tiklanishi mumkin (gerpetik infektsiya misolida).

Viruslar va odam organizmning o'ziga xos munosabatining shakli sekin o'tuvchi infektsiyalar hisoblanadi. Ushbu infektsiyalarda ma'lum bir organ yoki sistemada patologik jarayon rivojlansada, yashirin davr ko'p oylab hatto yillab davom etishi mumkin. Shundan keyin kasallik belgilari asta-sekin rivojlana borib, oqibatda o'lim bilan tugallanadi. Odatda sekin o'tuvchi infektsiyalarga hozirgi davrda prionlar keltirib chiqaruvchi quyidagi kasalliklar kiradi: Kuru, Kreyttsfel`d-Yakob kasalliklari, Gerstmann-Shreusler, amiotrofik leykospongioz sindromlari. Shuningdek, ushbu xastaliklarga virionlar sabab bo'lgan yarim o'tkir sklerotik panentsefalit, yarim o'tkir qizamiqdan so'ng leykoentsefalit, tug'ma qizilcha va boshqalar ham kiradi.

L.V.Gromashevskiy barcha yuqumli kasalliklarni 5 guruhga bo'ladi:

- ichak infektsiyalari (kasallik qo'zg'atuvchilari ichakda joylashadi),

- nafas yo'llarining infektsiyalari (kasallik qo'zg'atuvchilari nafas yo'llari va o'pkada joylashadi),

- qon infektsiyalari (kasallik qo'zg'atuvchilari qonda va limfada joylashadi),



- teri qoplanmalari infektsiyalari (kasallik qo'zg'atuvchilari teri qoplanmalari va shilliq qavatlarda joylashadi),

- vertikal (yuqoridan pastga) yuqish mexanizmi bo'lgan infektsiyalar.
Download 19,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish