29-§ Hayvonot dunyosi
1. Yozda janubdan qaysi qushlar uchib keladi?To’rgay,loyxo’rak
2. Shimoldan qishda qaysi qushlar uchib keladi?Punochka,oq kaklik,qutb boyqushi
3. Chalacho’lda qishda qaysi hayvon yashaydi?Oqquyruq
4. Chalacho’llarda eng ko’p tarqalgan hayvon turi qaysi?Yumronqoziq
5. Chalacho’llarda qaysi hayvonlar tarqalgan?Qo’shoyoqlar, cho’l olasichqoni,dala sichqoni,qum
sichqoni,kalamush va ko’rsichqon
6. Chalacho’llarning o’zlashtirilmagan joylarida,Betpaqdala, Orolbo’yi,Shimoliy Ustyurt, To’rgay
o’’kasi,Balxashboyida tuyoqli hayvonlardan qaysilar yashaydi?Oqquyruq, jayron, yovvoyi
qo’y,morxor,qulon.Hashorotlardan chayon,qoraqurt
7. Chalacho’llarda sudralib yuruvchilardan qaysilar nihoyatda ko’p?Toshbaqa va kaltakesak
8. Chalacho’llarda kaltakesaklardan qaysilar uchraydi?Dumaloqbosh kaltakesak,qum
kaltakesagi,echkemar,agama kaltakesagi
9. Chalacho’llarda ilonlarning qaysi turlarini uchratish munkin?Bo’gma ilon,o’qilon, zaxarli
charxilon,ko’lvorilon,ko’zoynakli ilon
10. Yirtqich hayvonlardan qaysilarni uchratish mumkin?Tulki,chiyabo’ri,qum mushugi
11. Qizilqumdagi saksovulzorda qaysi hayvon istiqomat qiladi?Buxoro kiyigi–xongul
12. Chalacho’llarda qaysi qushlarni uchratish mumkin?Saksovul to’rgayi,cho’l moyquti, cho’l
qargasi,qarqunog’,saksovul chumchugi
13. Tog’ quruq cho’llarda qaysi hayvonlar yashaydi?Tulki,bo’ri,jayron,sirtlon
14. Tog’ quruq cho’llarda qaysi hayvonlar uchramaydi?Qo’shoyoq,qum sichqoni,ingichka barmoqli
yumronqoziq
15. Keng bargli o’rmonlarda qaysi hayvonlar yashaydi?jayron,ayiq,to’ngiz,borsiq
16. To’ng’iz asosan qayerlarda uchraydi?Daryo bo’ylarida
17. Keng bargli o’rmonlarda qaysi qushlarni uchratish mumkin?Jannat hashoratxori, kabutar, mayqut,oq
boshliu sava,bulbul
18. Ignabargli o’rmonlarda qaysi hayvonlar yashaydi?Elik(kiyik),maral(bug’u), silovsin, ayiq, manual
19. Archazorlarda qaysi hayvonlar uchraydi?O’rmon sichqonlari,tog’ sichqonlari, qushlardan boltatumshuq,
tog sariq chumchugi,chittak,tog kakligi
20. Baland tog’ yaylovlarida qaysi hayvonlar yashaydi?Tog’ takasi,tog kiyigi,tog qoyi,qor
qoploni,kemiruvchilardan sug’ur
21. Tog’ yaylovlarida qushlardan qaysilar uchraydi?Himolay qorakurkasi,tog’ zog’chasi,tog’ to’rgayi,alp
chumchuqsimon qushi,boltayutar
22. To’qay hayvonlari qayerlarda yashaydi?Sirdaryo,Amudaryo,Ili,Chu va boshqa daryo qayirlaridagi
to’qaylarda va daraxtzorlarda
23. To’qaylarda qaysi hayvonlar yashaydi?To’ngiz,bug’u,to’qay mushugi,quyon, o’rdak,
g’oz,qirgovul,loyxo’rak,qoravoy,birqozon,saqoqush,flamingo
30-§ Tabiat zo’nalari
1. O’rta Osiyoning shimoliy va janubi qismida yalpi radiatsiya miqdori qancha? 100 kkal/sm² janubida 160 kkal/sm²
2. O’rta Osiyo hududi qaysi mintaqalarda joylashgan?Mo’tadil mintaqaning janubida, subtropik
mintaqaning shimolida
3. Mo’tadil iqlim mintaqasida qaysi zo’nalar joylashgan?Dasht,chalacho’l,cho’l
4. Subtropik mintaqada qaysi zo’na joylashgan?Subtropik cho’llar zo’nasi
5. Dasht zo’nasiga qayerlar kiradi?To’rgay platosining shimoliy qismi,Qozogiston past tog’larining
shimoliy va markaziy qismlari
6. Dasht zo’nasining shimoliy va janubiy qismida qanday tuproqlar tarqalgan?Shimoliy qismida qora
tuproq,janubida to’q kashtan tuproq
7. Dasht zo’nasida qaysi o’simliklar o’sadi?Pakana qiyoq,chalov,betaga,zig’ir, yo’ng’ichqa,
ayiqtovon,yaltirbosh
8. Chalacho’l zo’nasiga qayerlar kiradi?To’rg’ay supasimon o’lkasining janubiy qismi,Qozogiston past
tog’larining juda katta janubiy qismi kiradi
9. Chalacho’l zo’nasida asosan qanday tuproqlar tarqalgan?Kashtan tuproqlar
10. Chalacho’l zo’nasining asosiy o’simliklari qaysilar?Burgan,qora shuvoq,ko’kpek
11. Cho’l zo’nasiga qayerlar kiradi?Turon tekisligi va Balxashbo’yi tekisliklari
12. O’rta Osiyoda asosan qanday cho’llar tarqalgan?Toshli,qumli,gilli
13. Chollarning hosil bo’lishiga sabab nimada?Haroratning yuqoriligi, yog’in miqdorining kamligi, oqar
suvlarning yo’qligi
14. Cho’l zo’nasida asosan qaysi tuproqlar tarqalgan?Qumli,sur-qo’ngir,gilli,toshloq va bo’z tuproqlar
15. Cho’l zo’nasida qaysi o’simliklar o’sadi?Saksovul,yantoq,quyonsuyak,sho’ra va shuvoq,
16. Cho’l zo’nasida qaysi hayvonlar yashaydi?Chayon,falanga, gekkon kaltakesagi, bo’gma ilon,ko’zoynakli
ilon,efa iloni,echkemarlar
17. Subtropik mintaqa tabiat zo’nalariga qayerlar kiradi?Turkman-Xuroson tog’lari va Atrek vodiysi
18. Subtropik mintaqada qaysi tuproqlar tarqalgan?Bo’z tuproqlar
19. Cho’l mintaqasi qayerlarda tarqalgan?Markaziy Qizilqumdagi tog’ etaklarida va
yonbag’irlarida,Kopetdog’,Sulton-Uvays tog’ etaklarida
20. Chalacho’l mintaqasiga qancha balandlikdagi hududlar kiradi?500 m dan 1200 m gacha
21. Chalacho’l mintaqasida qaysi tuproqlar tarqalgan?Bo’z tuproqlar
22. Chalacho’l mintaqasida qaysi o’simliklar o’sadi?Rang va qo’ngirbosh o’simliklari
23. Dasht mintaqasiga qayerlar kiradi? 1200 m dan 2000 m gacha bo’lgan tog’lar kiradi
24. Dasht mintaqasida yillik harorat adirdagidan necha gradusga past?3-4ºC
25. Dasht mintaqasida yoginlar qaysi fasllarda yogadi?Kuz,qish va bahorda
26. Dasht mintaqasida qaysi tuproqlar tarqalgan?Bo’z va jigarrang
27. Dasht mintaqasida qaysi o’simliklar o’sadi?Bug’doyiq,shuvoq,chalov,toshkakra
28. O’rmon-dasht va o’rmon mintaqasiga qayerlar kiradi?Dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha joylar
29. O’rmon-dasht mintaqada qanday tuproqlar tarqalgan?Tog’ qo’ngir tuproqlar
30. O’rmon-dasht mintaqasida yog’in miqdori qancha? 800 mm dan 1000-1200 mm gacha
31. O’rmon-dasht mintaqasida asosiy yoginlar qaysi fasllarda yogadi? Qish,bahor,kuzda
32. O’rmon-dasht mintaqasining asosiy o’simliklari qaysilar?Turli mevalar,yongoq,olma, o’rik,pista,
archa,zarang,namatak
33. Subalp va alp o’tloqlari mintaqasiga qayerlar kiradi? Balandligi 2700 m dan yuqori bo’lgan yaylovlar
kiradi
34. Subalp va alp o’tloqlaridan nima maqsadda foydalaniladi?Hisor qo’ylari uchun yaylov maqsadida
35. Subalp va alp o’tloqlarida yillik xarorat va yogin miqdori qancha? 6-8ºC yogin miqdori 600-1000 mm
36. Subalp o’tloqlariga necha metr balandlik hududlar kiradi? 2700-2800m dan 3000-3200 m gacha
37. Subalp o’tloqlarida qaysi tuproqlar tarqalgan?Och jigarrang va och qo’ngir
38. Subalp o’tloqlarida daraxtsimon o’simliklardan qaysilar uchraydi?O’rik,archa,chetan, o’tlardan
shashir,betaga,geran,gulizardak
39. Alp o’tloqlari qayerlarda tarqalgan?3200 m dan baland joylarda
40. Alp o’tloqlarida qaysi tuproqlar tarqalgan?To’q jigarrang,qo’ngir
41. Alp o’tloqlarining asosiy o’simliklari qaysilar?Navro’zo’t,arlao’t,ajriqbosh, yaylovrang, qo’ngirbosh
42. Qor va muzlar(nival) mintaqasiga qayerlar kiradi?Tog’larning doimiy qor va muzlar bilan qoplangan eng baland joylari kiradi
31-§ Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha
1. Yirik tabiiy geografik rayonlar qanday guruhlarga bo’linib o’rganiladi?Tabiiy geografik kichik
o’lka,tabiiy geografik o’lkalar guruhi,tabiiy geografik rayonlar
2. Tabiiy geografik o’lkalarni kichik qismlarga ajratishda nima hosibga olinadi? Hududning tabiiy
hususiyatlari
3. O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi kichik o’lkalarga ajratiladi?Qozog’iston va Turon kichik
o’lkalari
4. Turon tabiiy geogarfik o’lkasi qaysi iqlim mintaqasiga kiradi?Subtropik
5. Qaysi kichik o’lkada vegetatsiya davri to’xtamaydi?Turon o’lkasida
6. Turon iqlimida yoginlarning asosiy qismi qaysi faslga to’gri keladi?Bahor
7. Efemer va efemeroid qanday o’simliklar?Qisqa muddatda unib-o’sib meva berib yana qurib qoladigan
o’simliklar
8. Qozog’ositon o’lkasi qaysi iqlimda joylashgan?Mo’tadil
9. Qaysi o’lkaga qishda Markaziy Osiyo antisiklonini tasiri yuqori bo’ladi?Qozog’iston o’lkasiga
10. Qozog’siton va Turon o’lkalari orasidagi chegara qayerdan o’tadi? Qorabo’g’ozgol janubi,Ustyurtning
janubiy chinklari bo’ylab o’tib Qo’ngirotga keladi.So’ng Qoratov, Talas Olatovi,Fargona tizmalari
tutashgan joyga boradi
11. Farg’ona vodiysi Mirzacho’l tekisligi bilan tutashib turadigan «Xo’jand yo’lagi» da qaysi mahalliy
shamollar vujudga keladi?Bekobod va Qo’qon shamollari
32-§ O’rta Osiyoning kichik o’lkalari va tabiiy rayonlari
1. Turon kichik o’lkasiga qayerlar kiradi?G’arbda Kaspiy dengizi soxillaridan sharqda fargona va
Ko’kshagaltog tizmalari tutashgan yergacha,shimolda Qizilo’rdadan janubda 34º shimoliy kenglikkacha
2. Turon o’lkasining shimoliy chegaralari qayerdan o’tadi?Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning
shimolidagi tekisliklar orqali o’tadi
3. Turon o’lkasining sharqiy va janubiy chegaralari qayerdan o’tadi?Qoratov,Talas Olatovi,
Fargona,Sariko’l,Hindikush, Safedko’x,Nishopur, Elbrus toglarining suvayrgichi orqali o’tadi
4. Turon o’lkasini shimoliy-garbiy qismi dengiz sathidan necha metrgacha baland pasttekislikdan iborat? 200 m
5. Qaysi dengiz soxillari dengiz satxidan past?Kaspiy dengizi
6. Hindikush tog’larining eng baland nuqtasi qayer? Tirichmir 7690 m
7. Turon o’lkasida nima sababdan cho’l va chalacho’l landshaftlari 900-1000 m balanddan o’tadi?Iqlim
quruq bo’lganligi uchun
8. Turon o’lkasida tekislik landshaftlari bilan tog’ landshaftlari orasidagi chegara shimol va janubda qancha balandlikdan o’tadi? Shimolda 600-700 m janubda 900-1000 m
9. Turon o’lkasida qanday tabiiy geografik rayonlar ajratiladi?Tog’li tabiiy rayonlar guruhi,Tekislik tabiiy
rayonlar guruxi
10. Tog’li tabiiy rayonlar guruhiga qayerlar kiardi?G’arbiy Tyanshan,Janubiy Tyanshan, Pomir va
Badaxshon,janubiy yosh tog’lar
11. Tekislik tabiiy rayonlar guruxiga qayerlar kiradi?Qoraqum cho’li,Qizilqum cho‘li, Kaspiybo‘yi tekisligi,
Xorazm tekisligi (Quyi Amudaryo), Badxiz-Qorabel qirlari, tog‘oldi va tog‘ oralig‘i tekisliklari
(Mirzacho‘l, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari),Yuqori Amudaryo vodiysi (Surxondaryo,
Vaxsh vodiylari, Shimoliy Afg‘oniston).
12. Qozog‘iston kichik o‘lkasiga qayerlar kiradi? G’arbda Ustyurt yassi qirlarining Kaspiybo‘yi tekisliklaridan sharqda Savir tog‘ining Muztog‘ cho‘qqisigacha, shimolda Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy chekkasidagi Ayirtovdan janubda Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklargacha
13. Orolbo‘yi qum tekisliklari, Тo‘rg‘ay supasimon o‘lkasi, Kaspiybo‘yi tekisliklari egallagan maydonning
dengiz satxidan balandligi qancha? 200 m
14. Qozog’iston o’lkasining janubi-sharq va sharqiy qismlarida qaysi yoshargan tog’lar
joylashgan?Tyanshan,Jung’oriya Olatovi
15. Tyanshan tog’ining eng baland qismi qayer?G’alaba cho’qqisi 7439 m
16. Qozog’iston o’lkasida qanday tabiiy geografik rayonlar ajratiladi? Tog’li tabiiy rayonlar guruhi,Tekislik tabiiy rayonlar guruxi
17. Tog’li tabiiy rayonlar guruhiga qayerlar kiardi? Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari, Shimoliy Тyanshan,
Markaziy Тyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari.
18. Tekislik tabiiy rayonlar guruxiga qayerlar kiradi? Ustyurt platosi va Mang‘ishloq yarimoroli, Тo‘rg‘ay
supasimon o‘lkasi, Orolbo‘yi qumli cho‘llari, Janubiy Qozog‘iston cho‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |