ko`krak qafasi skeleti
Ko`krak qafasi 12 juft qovirg`alar va to`sh suyagining birikishidan hosil bo`ladi. Ko`krak qafasining shaqli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko`krak qafasining asosiy shaqllari qono`ssimon, tsilindirsimon va yassi bo`lishi mumkin. Ko`krak qafasining shaqli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi qono`s shaqlida bo`ladi.
Bolaning 12-13 yoshlarida uning shaqli kapa odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga etish davrida esa 11 yoshdan boshlab, 2-5 sm. ga ortadi. Jinsiy voyaga yetish davrida yoz va ko`z oylarida ko`krak qafasining aylanasi tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet mushaqlariga ham bog`liq. So`zish, qayiq haydash yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirish natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o`pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
tayanch harakat apparatining gigienasi.
Bolalarning o`quv va mehnat faoliyatini tashkil etishda o`quv va mehnat sharoitlarining gigienaga to`g`ri kelmasligi, sinf jihozlarining maqsadga muvofiq bo`lmasligi, portfelini doim bir qo`lda olib yurishi, uydagi turmo`shni uyo`shtirishda ish o`rnining gigienik jixatdan to`g`ri kelmasligi, o`rin-qrupaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo`lishi umurtqa pog`onasining rivojlanish xususiyatlariga etarlicha baho bermaslik tayanch-harakat apparatining noto`g`ri o`sib-rivojlanishiga olib keladi. Tayanch-harakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog`onasining rivojlanishiga, ya`ni qad-qomatning bo`zilishiga olib keladi. Bo`larga egilgan, kifotik, lordotik, sqoliotik qad-qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan, ko`krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo`ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraqlar qanotga o`xshash ko`tarilib turadi. Bo`qir holat yo`zaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko`krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo`ladi, umurtqa pog`onasining bel qismi normadan ko`proq oldinga buqilishi ko`zatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda elkalarining biri past, biri baland, ko`kraqlari ham past, baland bo`lib, ko`krak qafasining bir tomoni bo`rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo`ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko`rinishni emas, balki ichki organlar (o`pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funktsiyasiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog`onasining normal shaqllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to`shakda uxlashga o`rgatish, yostiq pastroq bo`lishi kerak; bolani 6 oylik bo`lguncha o`tkazmaslik,
10 oylik bo`lguncha oyog``ida uzoq vaqt tik turg`azmaslik kerak; kichiq yoshdagi bolalar, boshlang`ich sinf o`quvchilari uzoq vaqt bir joyda o`tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og`ir yo`q ko`tarmasligi, doim bir qo`lda ish bajarmasligi kerak; O`quvchilar bo`ylariga mos parta, stol-stullarda o`tirishi kerak, parta, stol-stulda o`tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig`iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug`imida to`g`ri burchak hosil qilib, bo`qilgan, ko`krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |