Vitaminlar. Vitaminlar ham yog`lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo`lgan ozika moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin (18531938} 1880 yilda organizm uchun zarur bo`lgan moddalardan biri vitaminlar eqanini birinchi bo`lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita-hayot degan ma`noni anglatadi. Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo`lib, ular organizmning o`sishiga, modda almashinuviga, immun holatiga, yurak-qon tomir, asab tizimining ish faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli xil vazifani bajaradi.
A vitamin o`sish vitamini deyiladi. U organizmning o`sish va rivojlanishida, teri o`stki qavati holatini normal saqlashda, ko`z o`tkirligini yaxshi bo`lishini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmaganda teri ko`ruqlashib, yorilib, nafas yo`llari va oshqozon ichak qavatining yallig`lanishi kasalliklari yo`zaga keladi. Vitamin D balik yog`ida, sariyog`da tuxum saririda, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o`rik tarkibida ko`p bo`ladi. V gruppa vitaminlarga V1 (tiamin), V2 (riboflavin), Vb, V12, V15, RR (nikotin kislota) kiradi. Bu vitaminlar asab tizimsining faoliyati, qon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya, no`xat, yongokda, pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig`ida bo`ladi. S vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida muhim rol’ uynaydi.
Bu vitamin etishmaganda tsinga kasalligi paydo bo`ladi. Bolaning mulki, og`zi yaralanadi, tishlari to`shib ketadi. Bu vitamin qaram, petrushka, pomidor, ko`k piyoz, na`matak, apelsin, limon, olmada ko`p bo`ladi.
D vitamin organizmda kal’tsiy va fosfor almashinuvi normal o`tishida ishtirok etadi. Ayniksa u ikki-uch yoshgacha bo`lgan bolalar suyagining normal shaqllanishi, o`sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yo`zaga keladi. Bu vitamin baliq yog`ida, tuxum sarig`ida, sut va sut mahsulotlarida ko`p bo`ladi. U quyoshning ul’trabinafsha nurlari ta`sirida bola terisida tabiiy ravishda hosil bo`ladi.
Buyrak tuzilishiga ko`ra loviyaga o`xshaydi. Buyrak kesib ko`riladigan bo`lsa, unda ikki qavat borligi ko`zga tashlanadi: tashki- po`stloq qavati va ichki-miya (magiz) qavati borligi ko`zga tashlanadi. Buyrak stro`qturasi nefronlar deb ataladigan juda mayda, mikrosqop tuzilishiga ega bo`lgan, siydik hosil bo`lishida mo`staqil katnashuvchi murakkab tuzilmalardan iborat.
Nefron buyrak tuzilishining funktsional birligi bo`lib, bir necha qismdan iborat bo`ladi.
Buyrakning po`st qavatida Shumlyanskiy kapsulasi bo`ladi. Bu kapsula qo`shaloq devorli nixoyatda kichiq (mikrosqopik) kosachadan iborat. Kosacha devorlari bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapsuladan kanalcha boshlanadi, bu kanalcha buralib-buralib, magiz qavatiga to`shadi. Kanalchaning ana shu qismi, birlamchi buralma kanalcha deyiladi. Buyrakning po`st qavatida kanalcha tug`rilanib, Genli qovo`zlog`ini hosil qiladi, so`ngra mag`iz qavatidan yana po`st qavatiga qaytadi. Po`st qavatida yana kanalcha buralib-buralib, ikqilamchi burama kanalchani hosil qiladi, bu kanalcha chiqarish yo`liga quyiladi. Chiqarish yo`llari po`st va mag`iz qavatlari orqali o`tib, buyrak jomlariga yig`iladi. Buyrak jomlari esa siydik yo`llariga, siydik yo`llari esa kovuqqa kuyiladi.
Shumlyanskiy kapsulasiga arterial tomircha kiradi, qon keltiruvchi tomircha deba taladigan bu tomir kapsula bo`shlig`ida kapilyarlarga bo`linib, Mal’pigiy qoptokchasini hosil qiladi. Mal’pigiy qoptokchasida bosim ortiqroq bo`ladi. Shuning natijasida, qon tarkibidagi suv, mineral tuzlar, ayrim oqsil birikmalari kapsula devoridan silqib o`tadi. Bu jarayonni fil’tirlanish jarayoni deyiladi. Fil’tirlanish natijasida xosil bo`lgan suyo`qlikni dastlabki siydik deyiladi. Dastlabki siydik tarkibiy qismiga ko`ra qon plazmasiga yakin turadi. Shuning uchun dastlabki siydik biralmchiva ikkalamchi burama naylardan o`tish jarayonida, nay devorlaridagi qon kapilyarlariga organizmga zarur bo`lgan moddalar (suv, aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqa moddalar) qaytadan suriladi.
Bu jarayonni reabsorbtsiya jarayoni (kayta so`rilish) deyiladi. Shu yo`l bilan qon osmatiku bosimi va tarkibiy qismi muvozanati saqlanadi.
Kanalchalarda qayta so`rilish jarayonidan keyin qolgan suyo`qlik, ikqilamchi siydik yoki oxirgi siydik deyiladi. Oxirgi siydik buyrak jomidan siydik yo`llari orqali qovuqqa to`shib yig`iladi va ma`lum hajmda yig`ilgandan so`ng reflektor ravishda organizmdan jinsiy bezlar siydik nuli orqali tashqariga ajratiladi. Odam bir kunda 1,5 l. siydik ajratadi. Oxirgi siydik 1,5 l. bo`lishi uchun, fil’tirlanadigan birlamchi siydik taxminan 100 l. bo`lishi, shundan 98,5 litri qaytadan qonga so`rilishi kerak. Odam buyraqlarining tomirlarining 24 soatda 800-900 l. qon o`tadi.
Teri asosan 2 qavatdan: o`stki yo`za qavati epidermis va cho`qur qavat yoki asl qavat (cho`qur qavat) dan tashkil etadi. Hamma yoshdagi bolalarda teri usti pardasi yoki epidermis katta yoshdagi odamlardagiga qaraganda yupkaroq bo`ladi, bir-biri bilan bo`shrok bog`langan. Ko`pi bilan 2-3 qavat hujayrasi bor. Bu hujayralar o`lib, kuchib to`shib turadi. Ularning o`rniga bir muncha chuqurroqda joylashgan qavatlardan, bir muncha baquvvatroq hujayralar paydo bo`ladi. Teri usti pardasining chuqur qatlamida pigment hujayralari qavati bo`ladi.
Asl teri bilan ter usti pardasi o`rtasida asosiy membrana joylashgan. Bu membran bolalarda juda yumshoq va yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.
Asl teri bir talay elastik va yelim beruvchi tolalardan iborat biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan. Unda oziqlanish va almashinish jarayonlarining ta`minlab turadigan qalin qon tomirlar turi bor. Ayniqsa bolalar kapilyar turi ayniqsa yaxshi rivojlangan, bu terining qon bilan yaxshi ta`minlanishiga, qon tomirlarning qon bilan to`lishib turishiga imkon yaratadi va bola terisiga po`shti rang berib turadi.
Asl teri teri osti klechatkasi qavatiga aylanadi, teri osti klechatkasi biriktiruvchi to`qima tolalari dastalaridan iborat bo`lib, ularning orasi yog`li hujayralar bilan to`lib turadi. Teri osti klechatkasi organizmning ortiqcha issiqlik yuqotishi va mexanik shikastlardan saqlaydi. Yog` klechatkasi zapas oziqa xom ashyosi hisoblanadi. Shu klechatkada va qisman asl terida ter bezlari va jun ildizlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |