Nafas harakatlarining boshqarilishi uzunchoq miyadagi bir guruh asab hujayralarining faoliyati nafas mushaqlarining qisqarishiga sabab bo`ladi. Shu hujayralar nafas markazi deb ataladi. Nafas markazi hujayralari uzunchoq miyaning o`ng va chap yarmida joylashgan va miyaning biror tomonidagi markaz faoliyatining to`xtashi fakat tegishli tomondagi nafas mushaqlar ishini to`xtatishiga sabab bo`ladi. Nafas markazida faqat nafas olishni yoki faqat nafas chiqarishni ta`minlaydigan neyronlar bor. Ammo uzunchoq miya butunligicha saqlanib qolsa-yu, uning yo`qorida yotgan bosh miya bo`limlari bilan, xo`susan miya po`stlog`i bilan aloqa buzilsa, nafas ham izdan chiqadi. Nafas harakatlari reflektor yo`li bilan boshqariladi. Tanamizning boshqa qismlari tasvirlanganda xam nafas reflektor ravishda o`zgaradi. M-n: Cho`milish vaqtida suvga to`shish nafasni qisqa vaqt to`xtab qolishiga sabab bo`ladi,
Ovqatning tarkibida oqsillar, yog``lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo`ladi.
Og`iz bo`shlig`i daxlizi va haqiqiy og`iz bo`shlig`idan tashkil topgan bo`lib, bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so`lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so`lak yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so`lak bilan aralashadi. Og`iz bo`shlig`i shilliq parda bilan qoplangan bo`lib, mexanik, ximik, temperatura ta`siriga chidamlilik xususiyatiga ega. Tishlar yo`qorigi va pastki jar suyaqlariga mahkamlangan bo`lib, har bir tishning koronkasi, bo`yni va ildizi ajratiladi. Tish asosan dentin hujayralaridan tuzilgan bo`lib, ustidan qattiq emal bilan qoplangan bo`ladi. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo`lib, 16 tadan joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq, 2 kichiq va 3 katta oziqtishlari bor. Uchinchi katta oziqtishlari aql tishlari deb yuritiladi. Sulak bezlariga til osti, jag` osti, quloq osti bezlari kiradi. Sulak bezlaridan sulak tinimsiz ishlab chiqariladi. Sulak shartsiz, shartli reflekslar asosida ajraladi.
Yutish. Yutish murakkab fiziologik protsess bo`lib, asab markazi uzunchoq, miyada joylashgan. Yutish nafas olish bilan bog`liq. Ovqat lo`qmasi chaynalib, sulak bilan aralashgandan so`ng, silliqlanib til yordamida yutkumga o`tkaziladi. Yutish vaqtida markazga intiluvchi til tomoq asab impulslar nafas olish markaziga borib, nafas olishni tormozlaydi so`ng yutkum mushaqlariga impul’slar kelib, ovqat luqmasi yutiladi. Ovqat yutilgandan so`ng qizil o`ngach orqali oshqozonga o`tadi. Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining hujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so`ng sut tishlari, kichiq oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta bo`ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq, 2 ta kichiq oziq tishlari. Sut tishlari, 6-7 yoshdan boshlab, doimiy tishlar bilan o`rin almashinadi bolaning 7 yoshida birinchi katta oziq tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichiq oziq tishi, 13-16 yoshida katta og`iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3chi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning sut tishlari, doimiy tishlar bilan, almashinish davrida, tishlarni parvarish qilishni o`rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni cho`tka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so`ng og`izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar, juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste`mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni, maydalashi mumkin emas. Bolalarda ovqat chaynashni davomliligi avval uzoqroq bo`lsa, so`ng kamaya boradi. Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200sm3 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 ajraladi. Bu sulak tarkibida ptialin fermentining qontsentratsiyasi Yuqori bo`ladi, 2 yoshdan 15 yoshgacha so`lakning tarkibidagi oqsil miqdori ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |