Ishning maqsadi: Turli yoshdagi bolalar barmoqlarini erkin harakatlanish tezligini turlicha bo‘lishini aniqlash.
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar: 5 ta qalam, 15 qog‘ozvaraqlari, qaysiki 6x10 sm hajmiga to‘g‘ri chizilgan, hamda sekundomer yoki strelkali soat.
Ishning borishi: Ish uchta yosh guruhiga bo‘lingan 15 ta bolalar bilan o‘tkaziladi (7-8. 11-12 va 15-16).
Har bitta bolaga qalam va to‘g‘ri burchak chizilgan qog‘oz beriladi. Bolalar qalamni qul bilan ushlab beriladigan komandaga diqqat bilan qarab turishadi. O‘qituvchi tomonidan «Boshladik» degan komanda beriladi va sekundomer ishga tushuriladi. Shu vaqtdan boshlab bolalar to‘g‘ri burchakka qalam bilan nuqtalar quya boshlaydilar. Har bir bola ko‘proq songa ega bo‘lgan nuqta quyishga harakat qilishi kerak. 10 soniyadan o‘tgandan keyin «Tuxta» degan komanda beriladi va bolalar nuqta quyishni tuxtatadilar.Shundan keyin bolalardan qog‘ozlar olinadi va boshqa rangdagi qalam bilan quyilgan nuqtalr soni sanaladi va 1-chi jadvaldagi raqamlar bilan solishtiriladi.
2 – jadval. Barmoq harakatlari tezligini yoshga qarab o‘zgarishi. (o‘rtacha ma’lumot)
Yosh
(yillarda)
|
Nuqtalar miqdori
|
|
|
O‘g‘il bolalar
|
Qizlar
|
|
|
7
|
40
|
35
|
|
|
8
|
45
|
38
|
|
|
9
|
52
|
41
|
|
|
10
|
56
|
44
|
|
|
11
|
58
|
47
|
|
|
12
|
60
|
51
|
|
|
13
|
63
|
53
|
|
|
14
|
65
|
55
|
|
|
15
|
67
|
58
|
|
|
16
|
70
|
62
|
|
|
Masalan: 8 yoshdagi 5 tabolato‘g‘riburchakgaquyidaginuqtalarquyishgan: 42,47,46,44,49.
Buni o‘rtacha arifmetik raqamini aniqlash uchun:
M =(42 + 47 + 46 + 44 + 49) : 5= 45
O‘rtacha arifmetik xatoni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
-kvadrat o‘zgarishi, n-ko‘zatuv miqdori. Kvadrat o‘zgarishi quyidagi formular bo‘yicha aniqlanadi.
-jam belgisi, a2 - har qaysi ko‘rsatkichning kvadrat va o‘rtacha arifmetik farq,, n- ko‘zatuv miqdori. Arifmetik harakatlarni 2-chi jadvalda ko‘rsatilganidek yozish mumkin unda x - har bitta alohida o‘lchanganlik hisoblanadi.
3-jadval. Alohida o‘lchovlar va o‘rtacha arifmetik farq, xamda kvadrat summalari
Alohida o‘lchovlar
|
O‘rtacha arifmetik
|
X va M orasidagi farq
|
X va M orasidagi kvadrat farq,
|
X
|
M
|
a
|
a2
|
42
|
45
|
-3
|
9
|
47
|
45
|
2
|
4
|
46
|
45
|
1
|
1
|
44
|
45
|
- 1
|
1
|
49
|
45
|
4
|
16
|
Ishni rasmiylashtirilishi: Daftarga 1-chi jadvalga qarab barmoqli erkin harakat tezligini individual ma’lumotini hamda o‘rta ma’lumotni yozish kerak.
Masalan: 8 yoshli bola 10 soniyada 42 ta nuqta qo‘ydi. O‘rtacha daraja 45 ta nuqta hisoblanadi.
Unda (42*100) :100= 93%, uni yerkin harakat tezligi yosh meyoriga to‘g‘ri keladi. Xar bitta yosh guruxi uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni yozish kerak: O‘rtacha arifmetik raqam, kvadrat o‘zgarish, o‘rtacha arifmetik xatolarni. Turli yosh guruxdari orasida barmoqlarni harakat tezligini o‘zgarishi to‘g‘risida xulosa qiling.
Savollar
O‘sish deb nimaga aytiladi?
O‘sishga ta’sir yetuvchi omillarni aniqlang?
Rivojlanish deb nimaga aytiladi?
Biologik yosh davri deb nimaga aytiladi?
Darslikdagi matndan foydalanib 4-jadvalni to‘ldiring:
4- jadval
Odamningontogenez davrlari
№
|
Davrning nomi
|
Odamning yoshi
|
Fiziologik xususiyatlari.
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
5
|
|
|
|
6
|
|
|
|
7
|
|
|
|
Talabalar bilimini baholash uchun tezkor savollar
1. Harakatni bosh miyaning qaysi qismi bajaradi?
2. Kichik yoshdagi bolalarning mushak chidamligi necha foizni tashkil qiladi?
3. 7 yoshli bolalarda harakat tezligi o‘rtacha nechtani tashkil etadi?
ODAM ORGANIZMI RIVOJLANISHINING UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI. HARAKAT APPARATI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI.
REJA:
1. Rivojlanish qonuniyatlari, Odam hayotining davrlarga bo'linishi.
2. Rivojlanish aktseleratsiyasi.
3. Tayanch va harakat apparatining ahamiyati va yoshga xos xususiyatlari.
4. Mushak ishining xar xil turlarida charchashi va uning yosh xususiyatlari.
5. Yosh ortishi bilan harakat uyg'unligining takomillanishi.
6. Maklab jihozlariga qo'yiladigan gigienik talablar.
Tayanch iboralar: 1 Suyaklarning vazni.2. Suyaklarning shakli. 3. Kimyoviy moddalar. 4. Elastiklik. 5. Lordoz, kifoz, skolioz. 6. Yassioyoqlik. 7. Mushak og'irligi. 8. Mushak kuchi. 9. Haraqat malakalari. 10. Gigienik talablar.11.Morfologik rivojlanish 12. Geteroxroniya. 13. Akseleratsiya. 14. Embrion. 15. Pubertat. 16. Funktsional sistemalar.
2.1Rivojlanish qonuniyatlari .Odam organizmida tuxum hujayra shakllanishidan to nobud bo‘lgunicha juda murakkab bo‘lgan o‘sish va rivojlanish jarayonlarini kechadi. Shu davrda sodir bo‘ladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar shaxsiy rivojlanish - ontogenezni tashkil qiladi.
O‘sish deganda, odam hujayralari soni va og‘irligining ortishi hisobiga gavdasi og‘irligi va o‘lchamining kattalashishi tushiniladi. Hamma to‘qimalar o‘sadi, biroq bu jarayonlarning tezligi odam umrining turli davrlarida bir xil bo‘lmaydi va turli tizimlar tarkibiga kiradigan to‘qimalar va organlar uchun bir vaqtda sodir bo‘lmaydi va bunga –geterxroniya deyiladi..
O‘sish jarayonining yoshga oid chegaralari mavjud bo‘lib o‘smir qizlar uchun bu jarayon taxminan 16-18 yoshgacha, o‘smir o‘g‘il bolalar uchun esa 18-20 yoshgacha davom etadi.
Hujayralar miqdori ortishi bilan bir vaqtda sifat o‘zgarishlari ham yuz beradi, ular funksional ahamiyati turlicha bo‘lganto‘qimalarning morfologik rivojlanishi va hosil bo‘lishi, ularning murakkab organlarga birikishi, ayrim tuzilmalarga xos morfologik belgilarning shakllanishidan iborat.
Odam butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Yetuk yoshda boshlanadigan qarish jarayoni ham shunga kiradi.
Rivojlanish jarayoni organlar va organlar tizimlari faoliyatining umumiy aloqalarini murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga yurak-tomir, hazm qilish, tayanch-xarakatlanish tizimlari va boshqa tuzilmalarning takomillashuvini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Demak, o‘sish-bu organizmning o‘z tuzilishi va shaklini saqlagan holda miqdor jihatidan ortishidir.
Rivojlanish esa organizmning sifat jihatidan yangilanishidir. Odam organizmi doimo o‘sish va rivojlanish hisobiga murakkablashib, takomillashib boraveradi. Yosh bolalarda tana organlarining o‘sishi va rivojlanishi turli yoshda turlicha bo‘ladi. Bola hayotining birinchi yili o‘sish,rivojlanishning eng jadal davri hisoblanadi. Bolalar, yana balog‘at yoshida 11-15 yoshlarda juda jadal o‘sish va rivojlanish davrini o‘taydilar.
Bola tug‘ilganida uning bo‘yi 50 sm bo‘lsa, bir yoshga kirganida 75-80 sm gacha o‘sib, rivojlanadi. Gavda og‘irligi yangi tug‘ilgan bolada 3kg bo‘lsa, birinchi yilning oxiriga borib - 9,5-10 kg gacha etadi.
Ma’lumki bog‘cha yoshdagi bolalar (3-6 yosh) asosan kaloriyali, tez hazm bo‘ladigan va bolaning o‘sish, rivojlanishini ta’minlaydigan ovqatlar bilan oziqlanishlari talab etiladi. Umuman tadqiqotlar va adabiyotlar ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, bog‘cha yoshidan to maktab (2-6) yoshigacha bo‘lgan davrda to‘g‘ri, kaloriyali, sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga amal qilingan xolda ratsional ovqatlanish qoidalariga amal qilinsa bolalarning bo‘yi va gavdasi og‘irligi ham normada bo‘lishi aniqlangan.
1-jadval
Bolalarning o‘rtacha bo`y uzunligi va tana vazni
(K.Sodiqov bo‘yicha)
Yoshi O‘g‘il bolalar Qiz bolalar
bo‘yi, sm Tana,massasi, kg bo‘yi, sm tana massasi, kg
1 yosh 3 oy 76-83 10.37-12.43 74-80 8.4-11.64
1 yosh 6 oy 78-85 10.81-12.81 76-84 10.58-12.22
1 yosh 9 oy 82-87 11.53-13.81 80-87 11.39-13.35
2 yosh 85-92 12.01-14.07 82-90 11.28-14.00
2 yosh 6 oy 88-96 13.00-14.92 87-95 12.57-15.29
3 yosh 92-99 13.85-16.05 91-99 13.58-16.12
4 yosh 98-107 15.83-18.45 95-106 14.50-1754
5 yosh 105-116 17.62-21.76 96-106 16.97-19.99
6 yosh 111-121 19.62-24.18 111-116 18.83-23.85
Keyinchalik, toki balog‘at yoshiga yetguniga qadar bolaning o‘sishi va rivojlanishi bir oz sekinlashadi. O‘sish va rivojlanishning ikkinchi - tezlashish davri, bolaning balog‘at yoshidagi davriga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilish davridan, toki to‘lig‘icha voyaga yetish yoshigacha tana uzunligi - 3,5 marta, gavda uzunligi - 3 marta, qo‘llar uzunligi - 4,5 marta, oyoqlar uzunligi esa -5 martagacha ortadi.
Xuddi shuningdek odam organizmidagi suyaklar ham yoshga mos holda o‘sib boradi. Bolaning asosiy tana suyaklari 14-20-25 yoshgacha o‘sib bo‘ladi, ammo umurtqa pog‘anasining dumg‘uza qismi 30 yoshgacha o‘sishda davom etadi.
2.1Odam hayotining davrlarga bo'linishi. Odam organizmning yashash davrida o'sish va rivojlanish tezligining bir xil bo'lmasligining umumiy qonuniyatlari asosida kishi yoshini davrlarga bo'lish tavsiya etilgan. Kishi hayotining butun bosqichi bir qancha davrlarga ajratilib, ularda organizmning o'sish va rivojlanish jarayoni, shuningdek, morfofunktsional xususiyatlari o'xshash bo'ladi. yoshni davrlarga bo'linishida turli sxemalar bor. Biroq bolalar va o'smirlarni jismoniy tarbiyalash uchun 1965 yil xalqaro simpoziumda tavsiya etilgan quyidagi sxemadan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:
1. Chaqaloqlik davri 1-10 kungacha
2. emadigan davri 11 kundan 1 yilgacha
3. Bolalikning erta davri 1 yoshdan 3 yoshgacha
4. Bolalikning birinchi davri 4 yoshdan 7 yoshgacha
5. Bolalikning ikkinchi davri:
Bolalar 8 yoshdan 12 yoshgacha
Qizlar 8 yoshdan 11 yoshgacha
6. O'smirlik davri:
Bolalar 13 eshdan 16 yoshgacha
Qizlar 12 yoshdan 15 yoshgacha
7. Yoshlik davri:
Yigitlar 17 yoshdan 21 yoshgacha
Qizlar 16 eshdan 20 yoshgacha
8. Etuklikning 1 davri:
Erkaklar 22 eshdan 35 yoshgacha
Ayollar 21 eshdan 35 yoshgacha
9. Yetuklikning 2 davri:
Erkaklar 36 yoshdan 60 yoshgacha
Ayollar 36 yoshdan 55 yoshgacha
10. Keksalik davri:
Erkaklar 61 yoshdan 74 yoshgacha
Ayollar 56 yoshdan 74 yoshgacha
11. Qariyalik davri 75 yoshdan 90 yoshgacha
12. Uzoq umrlik davri 90 yosh va undan ortiq
Odatda yoshning bir davridan ikkinchi davriga o'tishi organizm individual rivojlanishining sakrash bosqichi deb belgilanadi. Bu davrda faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham yosh o'zgarishlari bo'ladi. Har bir sakrash bosqichida tegishli yosh davriga xos yangi fiziologik o'zgarishlarni va xulq-atvor reaktsiyalarini ta'minlaydigan tuzilmalarning irsiyat bilan bog'liq etilishi yuzaga keladi.
2.3.Rivojlanish aktseleratsiyasi. XIX asr oxirlarida odamning o'sishi va rivojlanishi ustida tadqiqotlar va ko’zatuvlar olib boradigan vrachlar -antropologlar va mutaxassislardan hozir tug'ilayotgan bolalarning vazni va bo'yi bundan 100 yil muqaddam tug'ilgan bolalarnikidan ortiq, degan ma'lumotlar olina boshladi. Hozir bolalar tez rivojlanayapti. Buni ayrim funktsional sistemalarning yetilishi muddatdan bilish mumkin, deyishdi ular.
Akseleratsiya (sinonimi-akseleratsiya) terminini 1935 yilda nemis vrachi R.Kox taklif qilgan, u lotincha tezlashuv degan manoni anglatadi. Akseleratsiya tushunchasiga bolalar va o'smirlarda o'sishva rivojlanishning tezlashuvi, balog'atga yetish davrining bir muncha erta boshlanishi, sensor mexanizmlar: ko'rish, eshitish, vestibular, hid bilish, tam bilish, somatik (muskul) sistemalarning oldingi avlodlardagiga nisbatan tezroq rivojlanishi kiradi. Bu sistemalar markaziy nerv sistemasi asosiy bo'limlarining muvofiqlashgan struktura elementlari hisoblanadi.
Uzoq ko’zatishlardan ma’lum bo'lishicha, akseleratsiya tushunchasiga organizmning bir muncha kech qarishi, masalan, ayollarda va erkaklarda bola ko'rish muddatlarining uzayishi ham kiradi. Bu hodisaning sabablarini izohlaydigan ko'pgina taxminlar bor. Buni bir qancha omillar yig'indisi desa bo'ladi, ularga odam oziq-ovqatida oqsillar, yog'lar va vitaminlar miqdorining oshganligi, radio to'lqinlari, quyosh energiyasining ta'siri, turmush sharoitini texnologiyalash, kishilarning yangi turar joylarga ko'chib borishi, millatlararo nikohlar, genetik omillar, meditsina xizmatining yaxshilanganligi, ish joylarida kishilarning sog'lig'ini saqlash bo'yicha profilaktik tadbirlar olib borilishi, sport mashg'ulotlari, jismoniy tarbiya va boshqalarni kiritish mumkin
3.Bolalar o'sishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
1. I.A Arshavskiyniga «Skelet muskullarining energetik qoidasi» qonuniyati.
2. A.A.Markosyaning «Biologik tizimlaming mustaxkamligi» qonuniyati.
3. P.K.Anoxining «O'sish va rivojlanishning geterokronligi» qonuniyati.
Rivojlanishning geteroxronligi. Yangi organizmning hayoti tuxum hujayraning urug'lanishidan boshlanadi. Keyingi ko'p sonli bo'linish natijasida hujayralar soni tez ko'paya boradi. To'rt kecha-kunduzda ular 58 taga, to'rt yarim kecha-kunduzdan boshlab 107 taga etadi. Hujayralar yig'indisidan muayyan ixtisoslashgan tuzilmalar shakllanib, ulardan asta-sekin asab, yurak-tomir, hazm qilish, tayanch-harakatlanish va turli to'qimalar hamda organlardan tashkil topgan boshqa sistemalar rivojlanadi. 12-13 kunlik pushtning uzunligi 1,5-2 mm, uchinchi hafta oxirida 4 mm, to'rtinchi hafga oxirida 8 mm, uch oyda 9 sm bo'ladi.
Hayotining ikkinchi oyidan boshlab, rivojlanayotgan organizm embrion deyiladi. Unda odamning tashqi belgilari-yuz, quloqlar, ko'z, burun, oyoq-qo'l alomatlari, markaziy nerv sistemasi, sezuvchan qoplamlar, me'da-ichaklarning ichki pardalari, nafas organlari, yurak-tomir sistemasining to'qimalari paydo bo'ladi.Uchinchi oydanh xomila davri boshlanadi. Homila tez o'sadi va massasi orta borib, tug'ilish vaqtiga kelib, o'g'il bolalarniki o'rta hisobda 3400 g ni, qiz bolalarniki 3250 g ni tashkil etadi. Uchinchi oy oxirida muskullar shakllanadi, harakatlar paydo bo'lib, ular to'rtinchi oy oxirlarida ancha sezilarli bo'ladi. Hayotning 28-haftasida homila ona organizmidan tashqarida yashashga layoqatli bo'ladi, biroq juda kichik: bo'yi 355 mm va massasi 1300 g bo'ladi.
Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanish juda uzviy bog'langan va o'zaro bir-biriga ta'sir qilsa-da, biroq ular bir vaqtda sodir bo'lmaydi hamda turli tezlikda boradi, chunki biror organ to'qimasining massasi ortishi uning ayni vaqtda funktsional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geteroxroniya, ya'ni rivojlanshining notekisligi nomini olgan. U chaqaloqning yashab ketishini ta'minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq rivojlanadi. Biroq ularning rivojlanish darajasini eng oddiy reflektor reaktsiyalar ta'minlaydi. Bola faqat ko'krak so'rishi, aksirishi, yo'talishi, ko'zini pirillatishi, rangni farqlay olishi, eshitish, kam darajadagi muskul harakatlar qilishi mumkin.
Funktsional sistemalarning rivojlanishida geteroxroniya quyidagilarda namoyon bo'ladi.
Hayotning birinchi yilida tayanch-harakatlanish apparati jadal sur'atda o'sadi va rivojlanadi, tanasining uzunligi bir yarim marta, massasi esa uch marta ortadi va bolaning vazni hayotining birinchi yili oxirida taxminan 12 kg bo'ladi. Uch yoshda bo'yning yillik o'sishi 10 sm ga etadi, uch yoshdan yetti yoshgacha esa sekinlashib 6,5 sm ni tashkil qiladi, so'ngra yana ham sekinlashadi. Ayni vaqtda uning rivojlanishi va takomillashuvi ko’zatiladi, bu bolaning yo'lga kirishi, yugurishi, harakatlaridan ko'rinib turadi. Tishlari chiqa boshlaydi. Miya to'qimasi o'sadi va nerv sistemasining funktsiyasi takomillashadi.Qiz va o'g'il bolalarda pubertat nomini olgan davr, ya'ni balog'atga yetish davri bo'ladi, bu davr ichida organizmda jinsiy yo'l bilan ko'payish qobiliyati paydo bo'ladi. U uch fazada ro'y beradi va bir necha yilga: qiz bolalarda 3-9 yoshdan 16-17 yoshgacha, o'g'il bolalarda esa 10-11 yoshdan 19-20 yoshgacha davom etadi.
Mashhur rus fiziologi I.A.Arshavskiyning ma'lumotlariga ko'ra embrional davridagi harakat faolligi organizimning umumiy rivojlanish sur'atini belgilaydi. Bu esa postnatal davrda yanada kengroq ahamiyat kasb etadi. Harakat faolligi, ayniqsa, qo'llarning harakati miyaning nutq funktsiyalarini hamda fikrlashning mo'tadil rivojlanishi uchun kerakli sharoit hisoblanadi. Yosh bola o'zining 50% vaqtini harakatda o'tkazadi. Uning harakal faolligini chegaralash bola rivojlanishini to'xtatish demakdir. Mushaklarga beriladigan doimiy yuklamalar rivojlanishga ijobiy ta'sir olib, yurak-tomir, nafas olish tizimlari faolliyatini yaxshilaydi, bosh iniya vazni oshadi va funktsional holati yaxshilanadi. Yuqorida zikr etilganlardan ma'lum bo'lishicha tayanch va harakat apparati bolalar, o'smirlar va yoshlarning me'yoriy hayot faoliyati uchun katta ahamiyatga ega.
Odam skeleti. Skelet 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ulardan 85 tasi juft suyaklar, shuningdek, tog'aylar va boylamlardan iborat. Katta yoshli odamda suyaklarning vazni: erkaklarda tana massasining 18% ni, ayollarda 17%ni, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda taxminan 14% ni tashkil qiladi.Gavda, bosh skeleta, qo'l va oyoq suyaklari farq qilinadi. Shuningdek, qo'llarda yana yuqorigi yelka kamera suyaklari va erkin osilib turgan qo'l suyaklari bo'ladi.
Suyaklar shakli va funktsiyasiga ko'ra, naysimon, kalta, yassi va havo saqlaydigan suyaklarga bo'linadi. Aralash suyaklar ham bo'ladi.Suyak to'kimasida taxminan 50% suv, 1.6% yog', 22% mineral birikmalar va 12% organik birikmalar bo'ladi. Organik va anorganik tarkibiy qismlarning miqdoriy nisbati hayot mobaynida o'zgarishi mumkin va bu suyaklarning elastikligi hamda mustahkamligani ifodalaydi. Organik moddalar nechog'lik ko'p bo'lsa, ularning egiluvchanligi va elastikligi shuncha yuqori va aksincha bo'ladi. Suyakning og'ir yukka, qisilishga yoki cho'zilishiga chidamliligi uning' plastinkasimon tuzilganligi bilan tamirlanadi. Suyak to'qimasidan ko'p sonli naychalar o'tgan. Ular osteonlar deyiladi. Masalan, son suyagi uzunasiga 750 kg gacha, ko'ndalang yo'nalishda esa 400 kg gacha yuk ko'tara olishi mumkin.
Bosh skeleti. Bosh skeleti kalla suyagi deyiladi. U ikki qismdan: miya qismi va yuz qismidan iborat. Kalla suyagining miya qismida bosh miya va sezgi organlari: ko'rish, eshitish, muvozanat, yuz qismida yuqori nafas yo'llari, hid bilish organlari, ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich bo'limi joylashadi yuz qismi suyaklarining yig'indisi yuzning shaklini ifodalaydi. Bosh skeleti shaklining o'ziga xos xilma-xil farqi bo'ladi.
O'sish jarayonida kalla suyagining shakli o'zgaradi. Bola tug'ilganda suyaklari to'liq rivojlanmagan, o'rtasida biriktiruvchi parda bo'ladi. Ilk go'daklik davrida kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan birmuncha katta hajmda bo'ladi. Yosh kattalashgan sari bu farq yo'qola boradi, choklar asta-sekin suyaklana boshlaydi.Yangi tug'ilgan chaqaloqning boshchasida suyak bilan qoplanmagan liqildoqlar ko'rinadi, to'g'rirog'i ushlab ko'rilganda qo'lga o'ynaydi. Peshona, ensa likildoqlari va kalla suyagining yon tomon yuzalarida yana ikkitadan liqildoqlar bo'ladi. Eng kattasi peshona liqildog’i bo'lib, u peshona va tepa suyaklar orasida joylashgan. Bosh miyaning suyak bilan himoyalanmagan qismlari hatto arzimas darajada lat eganda ham miya va miya pardasining xavfli shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Kalla suyagi liqildoqlari ikki yoshga kelib batamom bitib ketadi, choklari esa to'rt yoshga kelib bitib ketadi, kalla suyagi asosi va katta ensa teshigi etti yoshga kelib katta yoshli odamdagi doimiy darajaga etadi. 6 dan 8 yoshgacha va 13 dan 15 yoshgacha kalla suyagi yuz qismining jadal o'sishi qayd qilinadi, yuz qiyofasi shakllandi, u keyinchalik deyarli o'zgarmaydi, kalla suyagining miya va yuz qismlari o'rgasidagi nisbati uzil-kesil qaror topadi.
Gavda skeleti. Gavda skeletiga umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi kiradi. Umurtqa pog'onasi o'q skeletning asosiy qismi hisoblanadi. U umurtqalararo elastik tog'ay disklari va boylamlari bilan o'zaro birikkan 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan.U beshta bo'limdan: 7 ta umurtqadan iborat bo'yin, 12 ta umurtqadan iborat ko'krak bo'limi, 5 ta umurtqadan iborat bel, 5 ta umurtqadan tashkil topgan dumg'aza bo'limidan tashkil topadi. So'nggi 5 ta umurtqa bitta so'yakni-dumg'aza suyagini hosil qiladi va 3-4 ta umurtqadan iborat dum bulimi ham aksariyat bir-biriga qo'shilib ketgan bo'ladi.
Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari bilan almashinadi, bu asta-sekin bo'ladigan jarayon. Bo'yin, ko'krak va bel tog'ay to'qimalari 20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklarinika 30 yoshga kelib suyaklanadi.Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 14 yoshgacha, ayniqsa, jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi taxminan 20 yoshda tugallanadi.
Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik qabariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qabariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qabariqtigi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egriliklar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g’rilanishi mumkin. Bel egriligi faqat qariyb 12 yoshga kelibuzil-kesil shakllanadi.
Aytganlardan ma'lum bo'lishicha, bolaning umurtqa pog'onasi uning egiluvchanligini ta'minlaydigan ko'pgina xususiyatlarga ega. Shuning uchun og'ir jismoniy ish bajarish, tana vaziyatini uzoq vaqtgacha o'zgartirmaslik bolalarda umurtqa pog'onasining skolioz deb ataladigan qiyshayib qolish holatin keltib chiqarish mumkin.
Ko'krak qafasi skeletning bir qismi bo'lib, ko'krak umurtqalari qovurg'alar va to'sh suyagining yagona sistemaga birikishidan hosil bo'lgan. 12 juft qovurg'adan faqat yettitasi to'sh suyagi bilan birikkan. 8,9 va 10-juftlarning uchi yettinchi juft tog'ayining uchi bilan birikkan, 11 va 12 juftlar esa erkin tugalanadi. Qovurg'alar yelkada harakatchan bo'g'imlar bilan umurtqalarning o'siqlariga birikkan.Bola o'sishi va rivojlanishi jarayonida ko'krak qafasining shakli o'zgaradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda u asosan pastga qaragan qiya kesilgan piramidaga o'xshaydi. Qovurg'a deyarli gorizontal joylashadi. Uch yoshdan keyin yuqori qismining diametri kattalasha boshlaydi va 7-8 yoshga kelib asosi yuqoriga qaragan piramida shaklini egallaydi. Shuningdek, ko'krak qafasining jinsga bog'liq farqi-shakli va o'lchamlari ham ko'zga tashlanadi. Bu ko'krak qafasi jadal o'sadigan balog'atga yetish davrida namoyon bo'ladi. Uning o'sishiga talaygina omillar va ayniqsa, to'la qimmatli ovqatlanish, sport, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, qulay gigiena sharoiti ta'sir ko'rsatadi. Ayollarning ko'krak qafasi yumaloq shaklga ega va erkaklarnikidan kaltaroq bo'ladi. Oldingi devorning burchagi birmuncha tumroq. Nafas olishda o'g'il bolalar va yigitlarning pastki qovurg'alari ko'tariladi, qiz bolalarda esa yuqorigi qovurg'alar ko'tariladi.
Qo'l skeleti. Qo'l skeletiga yelka kamari suyaklari va erkin turgan bo'limidagi shuyaklar kiradi. Bular juft suyaklardir, chunki tananing chap va o'ng tomonida bo'ladi.Yelka kamari kurak va o'mrov suyaklaridan tashkil topgan, erkin turgan qismi esa yelka, tirsak va bilan suyaklari, panja, kaft usti, kaft suyaklari va barmok falangalaridan iborat. Ular o'zaro harakatchan bo'g'imlar, boylamlar va muskul paylari bilan birikkan.
Qo'l suyaklarining suyaklanishi skeletning o'sish muddatlari bilan mos keladi va 20-24 yoshda tugallanadi. Qo'l panjasi suyaklarining suyaklanish jarayoni birmuncha barvaqt tugallanadi. Yangi tug'ilgan bolalarda kaft usti va barmoq falangalari tog'ay to'qimasidan iborat bo'lib, suyaklanish 7 yoshga kelib yaqqol ko'rinadi va 16-17 yoshgacha davom etadi. Bolalarni xat yozishga va rasm chizishga o'rgatishda panja suyaklarining holatiga ahamiyat berish kerak, chunki suyak-muskul sistemasi bajaradigan ish suyaklanish holatiga ta'sir etib, u ko'p chiniqtirilganda va ko'p ishlatilganda suyaklanishni tezlashtiradi va nagruzka kam bo'lganda sekinlashtiradi.
Oyoq skeleti. To'g'ri yurish munosabati bilan odamning oyoq panjasi uchun gumbazsimon tuzilish va oyoq panjasida tayanch yuzasi hosil bo'lishida qatnashadigan bosh barmoqning kuchli rivojlanganligi xosdir. Gumbaz tovon suyagiga va oyoq kafti suyaklarining uchlariga tayanadi. Oyoq panjasida qavariq tomoni bilan uning ichiga yo'nalgan gumbaz bo'ladi. U prujina kabi harakat qilib, yurish, sakrash, yugurish vaqtida tanani urilish va turtkilardan saqlaydi, ularni yumshatadi va ressor vazifasini bajaradi. Oyoq panjasi gumbazi panjaning kaft tomonida joylashgan muskullar, qon tomirlar va nervlarni bosilishdanmuxofaza qiladi.
Ba'zan oyoq panjasida gumbaz bo'lmaydi va bu holda yassi oyoqlik kasalligi paydo bo'ladi. Uzunasiga yassi bo’lishi bo'ylama yassioyoqlik, eniga yassi bo'lishi ko'ndalang yassioyoqlik deb ataladi. Bunday hollarda gumbaz bajaradigan barcha funktsiya yo'qoladi, natijada oyoq panjasining tayanch vazifasini bajarish imkoniyatlari buziladi, amortizatsiya qobiliyati yo'qoladi, muskullari zararlanadi, chunki ularning qon bilan ta'minlanishi izdan chiqadi. Yassioyoqlik sabab odam-qomatining rasoligi buziladi, bu uning yurishiga ta'sir qiladi, ya'ni ko'p yurolmaydi, yugura olmaydi va sakrashga qiynaladi. Yassioyoqlikning paydo bo'lishi gumbaz muskullari boylamlarining zaiflashuviga bog'liq.
Ular kuchsiz chiniqmagan bo'ladi va gumbazni normal vaziyatda tutib tura olmaydi. Natijada u pasayib, yassilashib qoladi. U tor, baland poshnali poyafzalni erta kiyish, og'ir yuk ko'tarish tufayli paydo bo'ladi. Oyoq panjasi muskullarining charchashi boylam apparatining cho'zilib ketishiga sabab bo'ladi. Bunga bo'lib o'tgan terlama, skarlatina, bo'g'im kasalliklari, oyoq tomirlarining kasalliklari, shikastlanishlar sabab bo'ladi. Muskul-boylam apparatining kuchsizligi tug'ma bo'lishi ham mumkin. Ayrim kishilarda balog'atga yetish davrida yassioyoqlik paydo bo'ladi. Panja gumbazlarining yassi bo'lib qolishiga moddalar almashinuvining buzilishi, yog' bosish sabab bo'ladi. Yosh bolalar sayr qilishda va ekskursiyalarda tez charchab qoladi, oyoqlari og'rishidan noliydi. Bu yassioyoqlik boshlanib kelayotganidan darak beradi va bunday bolalar to'g'rilovchi gimnastika mashklarni bajarishlari, ularning poyafzaliga maxsus pataklar-supinatorlar qo'yib berish kerak bo'ladi. Bu yassioyoqlikning rivojlanishini va avj olishini qaytaradi.
Maktabgacha yoshdagi, kichik va o'rta maktab yoshidagi bolalar muskul sistemasining normal rivojlanishi uchun kiyim-bosh va poyabzal ularning anatomik-fiziologik xususiyatlariga keladigan bo'lishi kerak. Kiyim-bosh va poyabzalning torligi qon aylanishini, oyoq panjasi muskullari, boylamlari rivojlanishini qiyinlashtiradi, poyabzalning' keng bo'lishi esa oyoq terisining shilinishiga sabab bo'ladi. Poshnaning balandligi oyoq panjasi uzunligining 1/5 dan oshmasligi, jismoniy tarbiyada kiyiladigan shippaklarning muskul apparatini mustahkamlash uchun har kuni oyoqni uy temperaturasidagi suvda yuvish muhim ahamiyatga ega.
Skelet muskullari.Skelet muskullari ayollarda tana massasining taxminan 30-35% ni, erkaklarda 40% ni tashkil qiladi. Ular muskul to'qimasining ko'ndalang-targ'il tipiga kiradi va tananing tashqi shakli-shamoyili va relefini belgilaydi, chunki ba'zi bir istisnolarni hisobga olmaganda,skeletni qoplab turadi. Skelet muskullari odam organizmi qodir bo'lgan turli xil harakatlarning hammasini bajaradi. Ular tufayli tana muvozanatni saqlab turadi, nafas olish harakatlari, ko'z harakatlari, tovush hosil bo'lishi, chaynash, yutish, ichki organlarni shikastlanishdan muhofaza qilish amalga oshiriladi.
Ko'ndalang-targ'il muskullar biriktiruvchi to'qima bilan muskul dastalariga bog'langan ko'p sonli muskul tolalaridan tashkil topgan. Tolalar uzunligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha bo'lishi mumkin. Tashqi va ichki biriktiruvchi to'qimali pardalar payga-zich tolali tortmaga aylanib, muskullar uning yordamida suyakka mahkam yopishadi. Muskullarda tolalar miqdori turlicha: maydalarida ular bir necha yuzlab, yiriklarida bundan ko'p bo'ladi. Shunga muvofiq holda muskullar kuchi ham bir xil emas, u muskullar barcha tolalarining ko'ndalang kesimi maydoni bilan belgilanadi. Muskul tolasi ko'ndalang kesimning maydoni o'rta hisobda 0,01 kvadrat millimetrga teng. Odam tanasida 300 millondan ziyod tola bor. Agar ular bir-biriga ulansa, bunday muskul kesimining maydoni uch kvadrat metrdan oshadi. U 25 tonnagacha yukka bardosh bera olgan bo'lardi.
Muskullar pay yordamida qisqarib, richag rolini bajaradigan suyakni tortadi - sliu tariqa turli xil harakatlar amalga oshiriladi. Oyoq-qo'llarda richag rolini uzun suyaklar bajaradi. Harakat yuz beradigan bo'g'im tayanch nuqtasi bo'lib xizmat qiladi, Harakatni amalga oshiradigan muskul yopishadigan joy - kuch qo'yiladigan nuqta, suyaklarga og'irlik kuchi ta'sir qiladigan joyqarshilik ko'rsatish nuqtasi bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, tana richaglarida kuch qo'yiladigan nuqta ko'pincha tayanch nuqtasiga yaqin turadi va shunga ko'ra, muskul ko'proq kuch ishlatishiga to'g'ri keladi. Masalan, uzatilgan qo'lda 101 kg yukni ko'tarish uchun qo'l muskullari 100 kg kuch safarbar qilishi lozim.
Bajariladigan harakatlar turiga ko'ra, muskullar bukuvchi va yozuvchi, yaqinlashtiruvchi va uzoqlashtiruvchi, yuqoriga ko'taruvchi va pastga tushiruvchi, aylantiruvchi, qisuvchi va kengaytiruvchi bo'ladi. Ayrim muskullar yoki ularning guruhi bir yo'nalishdagi haraqatlarni birgalikda amalga oshirishi mumkin. Bunday muskullarni sinergistlar deyiladi. Qisqargan vaqtda qarama-qarshi harakat paydo qiladigan muskullar antagonistlar deyiladi. Hatto eng oddiy harakatlarida ham odatda ham sinergastlar, ham antagonistlar ishtirok etadi.
Katta yoshdagi odamda muskul tolalari miqdori doimiy bo'lib qoladi, ularning diametri esa asosan muskullarning chiniqqanligiga bog'liq. Muskullar nechog'lik tez va jadal ishlasa shu qadar yo'g'onlashadi, binobarin, kuchli bo'ladi. Doimiy chiniqish mashqlari, jismoniy yuk tolalar diametrinnng 2 baravar ortishiga sabab bo'ladi. Sportchilarda skelet muskullari tana massasining 50% gacha qismini tashkil qiladi.
Skelet muskullariniig o'sishi, rivojlanishi va shakllanishi 20-25 yoshgacha davom etadi va bu jarayon notekis kechishi kuzatiladi, eng ko'p o'sib rivojlanish davrlari bola hayotining birinchi yiliga va balog'at yoshiga to'g'ri keladi. Yangi tug'ilgan bolaning hamma skelet muskullari bo'ladi, biroq ularning vazni katta odamnikidan 37 marta kam va butun tanasi vaznining 24% ni tashqil qiladi. Kichik va o'rta maktab yoshida muskullar massasi sezilarli darajada ortadi. Ayni vaqtda ularning funktsional kuchayishi va ximiyaviy tarkibining o'zgarishi kuzatiladi. Katta maktab yoshida bolaning muskullari birmuncha sekin o'sadi va 18 yoshgacha kelib umumiy tana vaznining taxminan 42% ga etadi.
2.5 Mushak ishining har hil turlarida charchashi va uning yosh xususiyatlari
Harakat sifatlari (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chakkonlik va egaluvchanlik) bilan harakat malakalarining rivojlanishi bir-biri bilan qattiq bog'liq bo'ladi. Yangi harakatlarni o'zlashtirish turli harakat sifatlarining takomillanishi bilan kuzatiladi
Tayanch-harakat apparatining turli qismlarining morfologik yetilishi va harakat izchilligining yuzaga kelishi bilan bir vaqtda harakat sifatlari ham rivojlanadi. Harakat sifatlarining shaqllanishi bir tekisda va bir vaqtda bo'lmay, turli yosh davrlarida har xil ortadi. Harakat sifatlarining rivojlanishi harakat appartining morfologik va funktsional o'zgarishlari, shuningdek, periferik apparat va ichki organlar ishining o'zaro kelishganljgi bilan bog'liq bo'ladi.
Muskul kuchi - muskulning taranglanish darajasi bilan belgilanadi. Muskul kuchi suyak va muskul to'qimasining o'sishi, bo'g'im-boylam apparatining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq.U muskulning fiziologik ko'ndalang kesimi, bioximik reaktsiyalar xarakteri, asab orqali boshqarilishining xususiyatlari va ixtiyoriy kuchlanish darajasiga bog'liq bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda muskul kuchi juda kam bo'ladi A.V.Korobkov dalillariga ko'ra 4-5 yoshli bolalarda qo'l barmoqlarining bukuvchi va yozuvchi muskullar kuchi 4 yoshlilarda 4,6 va 5 yoshlilarda 5,2 kg, gavdaning tiklovchi muskullar kuchi 8,2 va 14,0 kg ni: tashkil etadi. Muskul kuchi 11 yoshdan boshlab, ayniqsa 13 dan 14 yoshgacha va 16 dan 17 yoshgacha eng shiddatli rivojlanadi. Bolalarning ikkinchi bolalik davrida muskul kuchi 25 marta, dinamometriya bolalarda 8-9 dan 20-25 kg gacha, qizlarda 8 dan 15 kg gacha ortadi. Muskulning kuchi bir tekis rivojlanmaydi. Oldin yozuvchi muskullar kuchi, keyin bukuvchi muskullar kuchi ortadi shu bilan bir qatorda kuchning eng ko'p ortishi o'smirlik davrining boshlanishida kuzatiladi. 12 eshli bolalarda sonning yozuvchi muskullarining kuchi 62 kg, bukuvchi muskullari kuchi esa hammasi bo'lib 24 kg ga, oyoq kaftini bukuvchilar kuchi 35 kg ga yetadi. 8 yoshli davrga nisbatan o'smirlik davrida muskul kuchi 4-4,5 marta ko'payadi. Bolalarda qo'l dinamometriyasining ko'rsatkichlari 40-45 kg gacha, qizlarda 20-25 kg gacha ortadi. 16 yoshli yigitlarda gavdaning tiklanish kuchi 50 foizga, qizlarda 70 foizga ko'payadi. Shuning uchun maktab o'quvchilariga beriladigan jismoniy ish yoshga qarab qat’ iy belgilanishi zarur.
Tezkorlik harakat reaktsiyasining latent vaqti, yakka harakat tezligi, vaqt biriligidagi harakat soni bilan belgilanadi. Tezkorlikning ayrim ko'rinishlari o'rtasida hamma vaqt ham ishonchli o'zaro bog'lanish bo'lavermaydi. Masalan yuqori tezligi sekin harakat reaktsiyasi bilan ko’zatilishi mumkin.
Reaktsiya oddiy va murakkabligiga ko'ra farqlanadi. Oddiy reaktsiya oldidan ma'lum signalga berilgan javob vaqti bilan ta'riflanadi. Murakkab reaktsiyada signal nomalum bo'lib uni ta'sirlovchilar to'plamidan tanlab olish kerak bo'ladi. Oddiy reaktsiyaning davom etish muddati 0,11-0,25 son bo'lib, murakkab reaktsiya vaqti 0,30-0,40 son ni tashkil etadi. Reaktsiya vaqti yoshga ham bog'liq. Ayrim harakatlarda oddiy reaktsiya vaqtini 2-3 yoshlarda aniqlash mumkin bo'lib, u 0,60-0,90 son. ga barobar. 3-7 eshli bolalarda reatsiya vaqti ancha kamayadi. 0,30-3,4 son ga teng bo'ladi. 13-14 yoshlilarda harakat reaktsiyasining vaqti kattalar reaktsiyasi vaqtiga yaqinlashadi.
Vaqt birligidagi harakat soni tezkorlikning muhim ko'rsatkichidir. Kattalardagiga o'xshash bolalarda ham harakat tezligi gavdaning turli qismida turlicha bo'ladi. Qo'l barmoqlarining harakatlanish tezligi yuqori bo'lib, oyoq to'pig'i bug'ining harakatlanishi sekin bo'ladi.Tezkorlik sifati 8 yoshdan 10 yoshgacha juda tez ortadi, keyin 12 yoshgacha sekinroq ortib boradi, so'ngra to'xtaydi, hatto pasayadi. 15 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan davrda qaytadan orta boshlaydi. Bu jismoniy sifat energiya manbai bo'lgan kreatinfosfat va asab orqali boshqarilishning takomillanishi bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun tezkorlikning rivojlanishi bu omidlar bilan deyarli bir xilda ortadi.
Chidamlilik bolaning yoshi kattalashishida juda sekin ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ularning juda harakatchanligiga qaramay, mashq qilish natijasi ancha kam bo'ladi. 4 yoshdan 7 yoshgacha serob chidamlilik, ayniqsa, statik ishlarga chidamlilik past darajada bo'ladi. Umuman aytganda, 7 yoshli bolaning chidamliligi 10 yoshlilar chidamliligining 1/3 qismiga teng bo'ladi. 8 yoshdan 9 yoshgacha umumiy chidamlilik birmuncha ortadi. 11 yoshdan boshlab u keskin ortadi va 14-15 yoshlarda turg'un bo'ladi. 15-17 yoshdan yana ko'tariladi. Jismoniy chiniqmagan bolalarda statik ishlarga chidamlilik 10 yoshdan keyin ortadi. Ixtiyoriy yuqori darajadagi kuchning 50 foiziga teng kuch bilan dinamometrni ushlab turish 10 yoshli bolalarda 96 son dan, 18 ga borganda 113 son gacha ko'payadi. Ikkinchi bolalik davrida dinamik ishlarga chidamlilik keskin ortadi. Anaerob quvvatning eng ko'p ortishi 10-14 yoshlilarda, aerob ishlarga chidamlilik esa o'smirlik davrida kuzatiladi. Lekin charchash kattalarga nisbatan o'smirlarda ancha tez yuzaga keladi, chunki ularda boshqarilishning asab mexanizmlari hali yaxshi turg'unlashgan va mustahkam bo'lmaydi.
CHARCHASH. Charchashning rivojlanish tezligi bajarilayotgan ishning quvvati va muddatiga, ishga jalb etilgan muskullar massasiga, shuningdek, sportchining jinsiga, yoshiga bog'liq bo'ladi. Yosh sportchilarda funktsional va energiya rezervlari kattalardagiga nisbatan tezroq kamayadi. Bolalarning ish qobiliyati, harakat tezligi charchash davrida kattalarga nisbatan ko'proq darajada pasayadi. Charchash natijasida bolalar organizmning ichki muhiti ozginao'zgarishi, kislorod qarzi to'planishi bilan ishni to'xtatadi, ya'ni kattalarga qaraganda charchash bolalarda tezroq rivojlanadi. Bu bolalar markaziy asab sistemasining qator xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bolalarda ichki tarmozlanish jarayonlari tezroq buziladi.
7-10 yoshli bolalarning yuksak quvvatli ish bajarishida eng yuqori tezlikka erishishdan keyin charchash natijasida tezlikning pasayishi kuchli bo'ladi. Bu holat asab jarayonlarining harakatchanligi va kuchining nisbatan pastligi hamda himoya tarmozlanishining tez rivojlanishi bilan bog'liq, deb qaraladi (A.A.Markosyan). Shu bilan birga, aytib o'tish kerakki, yosh sportchilarda egiladigan charchashni engilmaydigan charchashga o'tishi kattalardagiga nisbatan tezroqyuzaga keladi.
Yosh sportchilar charchashda kattalardagiga nisbatan ko'p energiya sarf etadi, muskul kuchi va ularning qisqarish amplitudasi tezroq kamayadi, charchash egri chizig'ining xarakteri o'zgaradi. Kattalarga nisbatan bolalarda charchash tezrok va to'satdan yuzagakeladi.Yosh sportchilarning sport faoliyatida charchashi ko'pincha harakat koordinatsiyasi va harakat hamda vegetativ funktsiyalar o'zaro ta'sirining buzilishida ifodalanadi.
2.6 Yosh ortishi bilan harakat uygunligining takomillashishi
Katta yarim sharlar po'stlog'ida vaqtincha aloqalarni yuzaga kelishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asoslangan.Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo'yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslarning hosil bo'lishi uchun turli anadizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko'rish va boshqalar) keladigan ma'lumotlar va qanday qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqida bo'ladigan xabarlar muhim ahamiyatga ega.
Harakat malakalari sport bilan shug'ullanishda yoki biron kasbni egallashda takrorlanishi bilan borgan sari puxtalanib, takomillashibboradi.
Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi, uning harakat apparati, ishni boshqaruvchi markaziy asab sistemasi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog'liq. Chunki harakatningyuzaga chiqishi, ayniqsa, murakkab va nozik harakatlarning bajarilishi mushaklar guruhlari, har xil miqdor asab-mushak harakat birliklari va mushak tolalarini ishtirokida amalga oshiriladi. Bu element ishining ko'yilgan maqsadga mos bo'lishi, ularning bir-biri bilan kelishgan holda ish bajarishini ta'minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifalarni bajaradi.
Bolaning barqaror tikka turishi, yurish, yugurish va shunga o'xshash harakat malakalarini hosil qilishida sinov-qidiruv harakatlarining bajarilishi bilan vaqtinchalik bog'lanish hosil bo'lish mexanizmi muhim rol o'ynaydi. Gavda muvozanatining saklanishi, uning fazoda o'zgarishini ta'minlaydigan harakatlar mustahkamlanib qoladi, gavda muvozanatini saqlashga halal beradigan harakatlar esa tormozlanadi. Harakatning o'zi yoki natijasi vujudga keltirgan afferent impulslarning bo'linishi shart. Harakat biron sabab bilan avvalgiday foydali natija bermasa, ya'ni ahamiyatini yo'qotsa, shartli qo'zg'alish, shartsiz tasirot bilan mustahkamlanmasa, u vaqtda vaqtinchalik bog'lanishlar tormozlanadi.
Harakat malakasining shakllanishi faqat kishida bo'lgan shartsiz reflekslar oldin hosil qiljngan puxta shartli reflekslar asosida bo'lmaydi. Harakat malakasining hosil bo'lishida oldin hosil bo'lgan malakalar ham qatnashadi.
Bunday holatda shartli ta'sirlovchi berilishi bilan oldingi refleksning xuddi o'zi yuzaga kelmay, balki ilgari, ma’lum bo'lgan murakkab harakat aktlarning elementlari qo'shilgan yangi shakldagi harakat refleksi yuzaga keladi. Bu shartli reflekslar Yu.Konorskiy klassifikatsiyasi bo'yicha ikkinchi turdagi reflekslar bo'ladi.
Shunday qilib, harakat malakalarining hosil bo'lishi birinchi va ikkinchi turdagi shartli reflekslar yuzaga kelishi bilan amalga oshadi. Odamda harakat malakalarining shakllanishida ikkinchi signal sistemasi orqali hosil bo'ladigan yuqori tartibli shartli reflekslar ayniksa, muhim ahamiyatga ega.Qisqacha aytganda, harakat malakasining hosil bo'lishida markaziy asab sistemasidagi juda ko'p markazlarning ishi harakat apparati va sensor sistemalardan kelayotgan impulslar va bosh miya yarim sharlar po'stlog'idagi izlarning ishtiroki -bilan to'g'rilandi va takomillashadi.
Har xil yoshda yangi harakatlarni o'zlashtirish turlicha bo'ladi. Masalan, 9-16 yoshli bolalar harakatlarining yuqori uyg'unlashishinitalab etadigan murakkab harakat malakalarini oson egalaydilar. Qizlarda harakat qobiliyatlari, ayniqsa, 12-13 yoshda sezilarli rivojlanadi. Jismoniy rivojlanishi normal bo'lmagach, baland bo'yli va tez o'sadigan o'smirlar odatda harakat malakalarini sekin egallaydilar. Ortiqcha vaznli o'smir-qizlar ham harakatlarni sekin o'zlashtirishi bilan farqlanadi. Sport bilan shug'ullanish harakat malakalarini muvaffaqiyatli egallashni ta'minlaydi. Odatda, yosh sportchilar murakkab harakatlarni tez va qiynalmay o'zlashtiradilar.
2.7 Maktab jihozlariga qo'yiladigan gigienik talablarMaktab mebeli o'quvchi bo'yiga muvofiq bo'lishi kerak. Bu tana vaziyatini to'g'ri tutib turishga imkon beradi va ish uchun qulay sharoit yaratadi. O'quvchining gavdasi tik vaziyatda, ikkala elkasi bir satxda bo'lishi kerak. Oyoqlarining tagi butun yuzasi bilan polga yoki oyoq qo'yiladigan taxtaga, chanog'i va sonlari kursiga, orqasi esa parta suyanchig'iga tegib turishi kerak. Bu uchala tayanch nuqtasi tufayli muskullarning statik tarangli kam darajaga tushadi va tananing barqaror bo'lishiga erishiladi. O'qish va yozish vaqtida ikkala bilakni parta qopqog'i ustiga erkin qo'yish, tirsaklar esa deyarli uning chetida bo'lishi kerak. Bunda gavda va bosh, ikkala ko'zning vaziyati pero uchi yoki kitobgacha bir xil, ko'rish uchun eng qulay masofada bo'ladi. Gavda bilan stolning yaqin qirrasi orasida 3-4 sm ochiq joy qolishi lozim. Oyoqlar tizza bo'g'imida to'g'ri burchak yoki o'ta past stol oldida bukilgan bo'lishi kerak. O'ta baland yoki o'ta past stol oldida o'tirish umurtqa pog'onasining qiyshayib qolishiga sabab bo'ladi.
Shunday qilib, o'quvchi partada to'g'ri o'tirganda qorin va ko'krak bo'shlig'idagi organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko'ziga zo'r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir tomonga engashtirish odati borligi tufayli har bir o'quv choragida o'quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi.
O'quvchilarni jismoniy mehnatini tashkil etishga doir muayyan gigiena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlimiga taalluqlidir. Dastgohlar va verstaklar o'quvchilarning bo'yiga mos kelishi, ish vaqtida nafas olish va qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan, ko'zni zo'riqtirmaydigan va umurtqa pog'onasini qiyshaytirmaydigan to'g'ri tanay vaziyatini tana bilish kerak. Asboblar ham o'quvchilarning qo'liga va kuchiga mos qilib tanlanishi lozim. Agar ular katta yoshdagi odamlar tutadigan asboblardan foydalansa, bu avvalo, qo'l muskullaring tez toliqtirib qo'yadi va suyak to'qimasini mustaxkamlashning o'rniga uning jadal suyaklanishiga olib keladi. Bolalarning og'ir narsalarni ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik darkor. Ikkita o'quvchining zambilda ko'taradigan yuki 7-8 yashar bolalar uchun 4 kg dan, 9-10 yoshdagi bolalar uchun 6 kg, 10-12 yashar bolalar uch un 10 kg, 13-15 yashar va 14-16-17 yashar bolalar uchun 24 kg oshmasligi kerak.
Savollar:
1. Tayanch va harakat apparati qanday ahamiyatga ega?
2. Odam skeleti qanday qismlardan iborat?
3. Harakatlaming tezligi, aniqligi va chidamliligi nimaga bog'liq?
4. Harakat malakalari deganda nimani tushunasiz?
5. Xar xil esh davrlarida mushak og'irligi qanchani tashkil qiladi.?
6. Mushak ishining xar xil turlarida charchashi va uning yosh xususiyatlari.
7.Geteroxroniya va akseleratsiya terminlari nimani anglatadi ?.
Do'stlaringiz bilan baham: |