5. Changlarning yonishi va portlash xususiyatlari
Qattiq moddalaming maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq vaqt suzib yuradigan va birmuncha katta zichlikka ega bo'lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda zarrachalarning ko'p miqdorda yig'ilib qolganda xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug'lari kabi portlash xususiyatiga ega bo'ladi.
Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m3 yoki mg/m3 birliklarda o'lchanadi. Ko'pgina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi va bunday birlikdagi aralashma hosil qilishi qiyin (masalan, qand pudrasi, torf changi, bularning portlashi uchun quyi chega-radagi zichlik 1350 g/m3 va 2200 g/m3),shuning bilan birga bunday changlarni portlatib yuborish uchun katta quvvatdagi yondiruvchi impuls zarur.
Portlashning boshlang'ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar alangalanadi va ularning ajratgan issig’ida kattaroq zarralar alangalanadi, shundan keyin zichligi yetarli bo'lsa, alangalanish hajmiy tus oladi va portlashga olib keladi. Shuning uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong'inga va portlashga xavfliligi aniqlanadi. Portlashga xavfli changlar toifasiga zichligi 65 g/m3 gacha bo'lgan, alangalanish kuyi chegarasiga to'g'ri kelgan changlar kiritiladi (oltingugurt changi, un va boshqalar). Agar alan-galanishning quyi chegarasi 65 g/m3 dan ortiq zichlikka to'g'ri kelsa, ular yong'inga xavfli changlar toifasiga mansub bo'ladi (tamaki, yogoch changi).
6. Sanoat korxonalarining yong'inga va portlashga xavfi bo'yicha toifalari
Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko'ra yong'in chiqishga, portlashga va yong'in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong'inning asoratiga asoslangan holda yong'inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.
Albatta, har bir sanoat korxonasida yong'in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong'inga xavfliligi darajasi bilan o'lchanadi.
Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti yengil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo'lsa, unda albatta yonmaydigan xomashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong'in chiqish ehtimoli ko'p, shuning bilan birga, bu korxonada yong'inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong'indan ko'riladigan zarari albatta katta boladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi.
Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong'in va portlashga xavfi bo'yicha beshta kategoriyaga bo'linadi.
toifa—yong'inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo'lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan va bug'larining alangalanish harorati 28 °C gacha bo'lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o'xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.
toifa—portlash va yong'inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo'lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, chaqnash harorati
28 dan 61 °C gacha bo'lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan kichik bo'lgan chang va tolalar bo'lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining
5 foizdan ko'proq miqdorda to'planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ammiak haydovchi compressor stansiyalari, detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.
toifa—yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga bug'larining chaqnash harorati 61 °C dan yuqori bo'lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan ortiq bo'lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, birbiri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Ko'mir kukuni hosil qilish va yog'ochsozlik sanoat korxonalari shular jumlasidandir.
toifa—yong'inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho'g'lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo'lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg'i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar,eritish va quyish sexlari, marten sexlari ana shu: toifadagi korxonalardandir.
toifa—yong'inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular sirasiga kiradi.
Omborlar va ba'zi tashqariga o'rnatilgan hajmli idishlarni yong'inga hamda portlashga xavflik toifalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlar-ning yong'inga va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha aniqlanadi.
Bundan tashqari ba'zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik va changlar tarkibiga qarab ham yong'inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin.
Shuningdek, yonuvchi gaz va suyuqliklar bilan bog'liq bo'lgan sanoat korxonalarining yong'inga xavflilik toifalarini belgilaganda xuddi shu moddalar sanoat korxonasi xonasi hajmining 5 foizdan ortiq qismida portlashga xavfli aralashma hosil qila oladimi-yo'qmi ekanligini aniqlash kerak.
Portlashga xavfli aralashma miqdorini hisoblashda quyidagi mulohazalarga e'tibor beriladi:
apparatlarning biridan avariya natijasida bino xonasiga xavfli moddaning katta miqdori to'kilishi mumkin;
apparatdagi hamma modda tashqariga chiqariladi, bir qismi esa avariya tizimi orqali boshqa idishga o'tkazib yuboriladi;
ta'minlovchi trubalardan birida modda to'kilishi xavfi yuzaga keldi va bu oqimni to'xtatib qo'yish davrida ma'lum miqdorda to'kilishi mumkin, avtomatik ravishda to'xtatganda 2 min, qo'lda to'xtatganda 15 min;
to'kilgan suyuqlik yuzasida bug'lanish hosil bo'lishi mumkin. Bunday hollarda to'kilgan suyuqlik yuzasini hisoblaganda, agar ma'lumotnomalarda shunga tegishli ma'lumot yo'q bo’lsa, 1 m2 yuzaga 1 1 suyuqlik yoyiladi deb hisoblanadi;
normal sharoitda idishlarning ochiq yuzalaridan va yangi bo'yalgan yuzalardan bug'lanishni e'tiborga olish lozim;
suyuqliklar va suyultirilgan gazlarning bug'lanish davrlari, shu suyuqlik va gaz to'la bug'lanishgacha o'tgan vaqt hisoblanadi, ammo bu vaqt 1 soatdan oshmasligi kerak;
muhitda portlashga xavfli aralashma hosil bo'lishi aralashma alangalanishining quyi chegarasiga qarab belgilanadi. Bu zapas koeffitsiyenti 1,5 deb qabul qilinadi;
hamma hollarda sanoat korxonasi xonasining bo'sh hajmi, ya'ni mashina va mexanizmlar o'rnatilmagan hajmi hisobga olinadi yoki xonaning umumiy geometrik hajmining 80 foizi deb qabul qilinadi.
Mashina va mexanizmlardan to'kilib, bug'lanish natijasida portlashga xavf tug'diradigan miqdor hosil qiladigan gaz aralashmasining alangalanishning quyi chegarasidagi hajmi quyidagi formula ordamida aniqlanadi:
Vsm=1.5G/Cqch
bunda, Cqch—modda alangalanishning quyi konsentratsiya
chegarasi, g/m3; G—binoga tarqalib ketgan modda miqdori, g.
G=Ga+Gt
bunda, Ga—apparatdan to'kilgan modda miqdori, g; Gt—trubopro-
voddan to'kilgan modda miqdori, g;
Agar xona avariya shamollatish tizimiga ega bo'lsa va sistema puxta ishlovchi avtomat yurgizish tizimiga ega bo'lsa, unda xonaning bo'sh hajmini nt+1 marta ko'paytirib qabul qilinadi
Bunda, n — avariya shamollatishi ta'minlayotgan havo almashish darajasi; t — avariya rejimining ishlash davri, soat.
Sanoat korxonalarining gaz va suyuqlik bug'lar bo'yicha portlashga xavflilik toifalarini quyidagi tartibda aniqlanadi.
1.Apparatdan to'kilib bug'lanish natijasida, 1,5 xavfsizlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda alangalanishning quyi zichlik chegarasida portlash uchun xavfli hajmi aniqlanadi.
2.Sanoat korxonasi xonasining mashina-mexanizmlar bilan to'ldirilmagan bo'sh hajmi aniqlanadi.
3.Avariya shamollatish rejimi aniqlanadi.
4.Hisoblab topilgan portlovchi aralashma hajmini xonaning bo'sh hajmiga nisbatan to'ldirilish foizi aniqlanadi.
5.Agar hisoblab topilgan gaz havo aralashmasi xona hajmining 5 foizidan ko'p miqdorini egallasa, bunda bu sanoat korxonasi portlashga va yong'inga xavfli toifaga kiradi.
6. Sanoat korxonasi xonasining 5 foizdan ortiq hajmini to'ldiradigan portlashga xavfli parning havo bilan aralasiimasini ta'minlaydigan
suyuqlikning bug'lanish davrini aniqlaymiz; 5%* 24VxCqch (k P m F),
bunda, 24—bug'larning portlashga xavfli xona hajmining 5 foizni ta'minlash darajasini ko'rsatuvchi yig'indi koeflitsiyenti; Vx— xonaning jihozlardan bo'sh bo'lgan hajmi, m3; Cqch—moddaning alangalanish quyi konsentratsiya chegarasi; g/m3; k—suyuqlik yuzasidagi bug'lanishning borishiga ta'sir ko'rsatadigan harorat va havo harakatiga bog'liq bo'lgan koeffitsiyent. P—to'yingan bug'lar bosimi (suyuqlik yuzasidagi issiqlik bilan havo muhitining haroratidan o'rta arifmetik miqdor chiqarib tashlanadi), Pa; m—moddaning molekular og'irligi; F— suyuqlikning bug'lanish yuzasi m2;
Agar portlashga xavfli havoning par bilan aralashmasining xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdori, shamollatishning ishlashini hisobga olmasdan hisoblansa yoki shamollatish butunlay ishlamasa, unda suyuqlik yuzasining havo harakati yo'q hisoblanib, K=l qabul qilinadi.
Avariya shamollatishi ishlagan holda, u ta'minlagan havo harakati tezligi hisobga olinadi va k miqdori ma'lumotnomadan olinadi.
Agar xonada bir necha moddalardan tashkil topgan suyuqlik bug'lanishi mumkin bo'lsa, unda yuqoridagi hisoblar eng tez bug'lanuvchi modda asosida amalga oshiriladi. Bir necha suyuqliklardan tashkil topgan aralashmaning parlanish davrini aniqlaganda aralashma tarkibiga kirgan moddalaming miqdoriy bosimi qo'yiladi, aralashmaning alangalanish quyi chegarasi Sm (g/m3), Le-Shatele formulas! asosida aniqlanadi.
Cm = 100/(q1/C1 + q2/C2+ ... + qi/Ci),
bunda, q1, q2 qi-aralashma moddalari har birining miqdori, hajmiga nisbatan foiz hisobida. C1, ... Ci—aralashmadagi har bir moddaning alangalanish chegaralari, g/m3.
Agar xonadagi portlashga xavfli aralashmaga xona hajmining 5 foizini bir soatdan kam bo'lgan vaqtda to'ldirgan bo'lsa, bunday sanoat korxonasi yong'inga va portlashga xavfli toifaga kiradi.
Agar aralashma miqdori portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan xonaning 5 foizdan oitiq hajmini qoplashga yetarli bo'lgan miqdorga yetmasa yoki bu miqdorga yetish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to'g'ri kelsa, unda bu sanoat korxonasining toifasini aniqlaganda moddaning xossasiga asosan, uning xonani qoplashini hisobga olgan holda, portlash xavfi yo'q hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |