5.Jismlarning aylana bo’ylab tekis harakatlanishidagi tezlanishi va tezligi
25. Shamol dvigateli shamol g’ildiragining aylanish chastotasi 30 ayl/min, elektrik dvigatel yakorning aylanish chastotasi 1500 ayl/min, separator barabanining aylanish chastotasi 8400 ayl/min, jilvirlash stanogi shpindelining aylanish chastotasi 96000 ayl/min. Ularning davrlarini hisoblang.
26. Oyning Yer atrofida aylanish chastotasi toping.
27. Diametri 300 mm bo’lgan charx toshning ishci sirtidagi nuqtalarining tezligi 35 m/s dan oshmasligi lozim. 1400 ayl/min; 2800 ayl/min tezlik bilan aylanayotgan elektr dvigatel valiga shu charx toshni qo’yish mumkinmi?
6. Nyutonning birinchi qonuni. Jismlarning massasi. Kuch. Nyutonning ikkinchi qonuni. Nyutonning uchinchi qonuni
28. Massasi 100 t bo’lgan manyovr teplovozi tinch turgan vagonni turtib yubordi. O’zaro ta’sirlashish vaqtida vagonning tezlanishi teplovozning tezlanishdan modul bo’yicha 5 marta katta bo’lgan. Vagonning massasi qanday?
29. Ikkita po’lat sharning to’qnashish vaqtidagi tezlanishlarini taqqoslang. Birinchi sharning radiusi ikkinchi sharning radiusidan 2 marta katta. Massalaning javobi sharlarning boshlang’ich tezliklariga bog’liqmi?
30. Massalari 400 g va 600 g bo’lgan ikkita jism bir-biriga qarama-qarshi harakatlanib kelib to’qnashdi va shundan keyin to’xtab qoldi. Agar birinchi jism 3 m/s tezlikda harakatlangan bo’lsa ikkinchi jismning tezligi qanday bo’lgan?
7. Elastiklik kuchlari. Gravitasion kuchlar
31. 2 N kuch ta’siri ostida 4 sm ga uzaygan prujinaning bikrligini toping.
32. Uzunliklari bir xil bo’lib, bir uchlari birlashtirilgan ikkita prujinaning bo’sh uchlaridan ushlab cho’zamiz. Bunda bikrligi 100 N/m bo’lgan prujina 5 sm uzayadi. Ikkinchi prujina 1 sm uzaysa, uning bikrligi qanday?
33. Berilgan sim bo’lagining bikrligi k ga teng. Shu sim bo’lagi yarmining bikrligi nimaga teng.
8. Ishqalanish kuchi. Muhitning qarshilik kuchi
34. Chana qorda sirpanib borayotganda chanaga uni tortib borayotgan itlar qo’shilgan arqon 0,5 kN maksimal kuchi bilan ta’sir qila oladi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng bo’lsa, shu arqon massasi qancha keladigan yukli chanani siljita oladi?
35. Og’ir yuk tashiydigan otlar musobaqasida otlardan biri massasi 23 t yukNi tekis harakatlanib tortib bordi. Agar otning tortish kuchi 2,3 kN bo’lsa, ishqalanish koeffitsientini toping.
36. Massasi 50 g bo’lgan po’lat magnit vertikal joylashgan po’lat plitaga yopishib qoldi. Magnit pastga tekis sirpanishi uchun unga 1,5 N kuch qo’yiladi. Magnit plitaga qanday kuch bilan yopishib turadi? Agar ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, magnitni plita bo’ylab yuqoriga tik siljitish uchun qancha kuch qo’yish lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |