Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi.
Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi.
YAIMni daromadlar bo’yicha hisoblashda uy xo’jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya‘ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga ajratish mumkin.
Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo’yicha hisoblash
1Uy xo’jaliklarining iste‘mol sarflari +1Daromad bilan bog’liq bo’lmagan sarf va to’lovlar a) amortizatsiyab) egri soliqlar+2Tadbirkorlarning investitsion sarflari +2Ish haqi+3Tovar va xizmatlarning davlat xaridi+3Renta to’lovlari+ 4CHet elliklarsarfi+4Foiz+5Notijorat muassasalari sarfi+5Foyda+6Moddiy aylanma vositalar zaxirasidagi o’zgarishlar YAIM
ЯИМ =ЯҚҚ
Ishlab chiqarish usuli. YAIM ko‘rsatkichi ishlab chiqarish usuli bilan hisoblanganda, uning xajmi mamlakat iqtisodiy hududidagi barcha rezidentlar tomonidan yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ)lar yiindisiga teng bo‘ladi: Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichini ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash uchun, dastlab yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi aniqlanishi lozim.
MHT uslubiyatiga asosan hisobot davrida mamlakat iqtisodiy hududidagi rezidentlar ishlab chiqargan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning joriy baholardagi qiymati yig‘indisiga - yalpi ishlab chiqarish deb ataladi.
1993 yildagi mhtning uchinchi xalqaro standarti bo‘yicha yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichini aniqlash uchun statistika amaliyotida quyidagi baholar qo‘llaniladi:
A) omilli baho;
B) asosiy baho;
V) ishlab chiqarish bahosi;
G) xaridor bahosi.
Omilli baho – ishlab chiqarishdagi 4 omilning qiymatini o‘zida aks ettiradi ( ishchi kuchi, asosiy, oborot foidlar, tadbirkorlik) va undan tarmoqlararo balans tuzishda foydalaniladi.
Asosiy baxo – bozor bahosi bo‘lib, omil bahoga ishlab chiqarish sof solig‘i qo‘shiladi. U o‘z navbatida shplab chiqaruvchilar va xaridorlar bahosiga bo‘linadi.
Ishlab chiqaruvchilarning bozor bahosi - ishlab chiqarunchi tomonndan mahsulot birligining sotilgan bahosini anglatadi. Bunda asosiy bahoga maxsulotlarga bo‘lgan soliq qo‘shiladi va mahsulotlarga bo‘lgan subsidiyalar ayriladi. Subsidiyalardan tashqari solpqlar – sof soliqlar deb ataladi.
Xaridorlar bozor baxosi – xaridor tomonidai mahsulot va xixmatlarga to‘langan to‘lovlardir. Bularga mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlar va savdo-transport ustamalari qo‘shiladi.
Yalpi ichki mahsulot xajmi “oxirgi foydalanish” usuli bilan aniqlanganda, uning qiymati oxirgi iste’molni tashkil etuvchi elementlarning summasi sifatida aniqlanadi
1. Oxirgi iste’mol. Tovarlari va xizmatlarini xarid qilish uchun sarflangan xarajatlar;
2. Yalpi jamg‘arish;
3. Sof eksport.
Yalpi ichki maxsulot xajmini o‘zgarmas baxolarda xisoblash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1) baho indeksi yordamida deflyatorlash;
2) ikki karrali deflyatorlash;
3) fizik xajm indeksi yordamida bazis davr ko‘rsatkichlarini ekstrapolyasiyalash;
4) xarajat elementlarini qayta baxolash.