1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublikada ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli xolat



Download 124,5 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi124,5 Kb.
#250061
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bahtiyorova mubiyna

18 dekabr. Respublika Ministrlar Sovetida «O‘zbekiston SSRning Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunni ruyobga chiqarishga doir davlat dasturini ishlab chiquvchi komissiyaning majlisi bo‘lib o‘tdi.

1989—yildatashkil topgan «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po'latov) respublikadagi dastlabki «norasmiy» harakat edi. Shuningdek, «O'zbekiston erkin yoshlar itifoqi», xotin-qizlarning «To'maris» nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning «Intersoyuz» deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma'naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasini oldini olish, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma'muriy buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko'tardilar. Biroq bu harakatlar g'oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan etarli darajada uyusha olmadi. «Birlik» xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlami amalga oshirish yo'lida siyosiy kurash olib borish o'rniga, namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko'cha va maydonlarda to'plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish bilan shug'ullandi, hokimiyatni egallashga intildilar. Oqibatda «Birlik» bo'linib ketdi.

1990— yil boshlarida «Birlik» harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990— yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo'ldi. Qurultoy «Erk» partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dastur va nizomi qabul qilindi.

Biroq «Erk» partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o'tish zaruriyatini, qanday islohotlar o'tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va ruhiyatini o'zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o'tish davrini bosib o'tish zaruriyatini anglab, tushunib yetolmadilar. Shuning uchun «Erk» partiyasi xalq orasida tayanchga, ishonchga ega bo'lolmadi.

Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush hodisalarni, xalq dardi, armonlarini oshkora yorita boshladi, xalqning o'zligini anglashiga ko'maklashdi.

Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985— yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsep-siyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987— yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, awalgidek, Markaz belgilab berardi.

Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda mutaxassis-larning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga da-romad 75 so'mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos.

Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xona-donlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi.

Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi.O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi.

Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta- sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la bordi.

Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.

Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlarnatijasidajami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodim-laridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.

Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.

Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.

• Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.

• Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.

• Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.

• Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.



Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990— yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.

4.I.Karimov-O’zbekistonning birinchi Prezidenti.Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

Shundayin tarixiy jarayonlar sodir bo’layotgandiki bu xalqimizning o’z erki qadr-qimmati va orzu maqsadlariga yo’g’rilgan buyuk qadamlar bosila boshlandi.

Ular borgan sari bir-birini to’ldirar xalqimizning farovonligini oshirar edi.

Shunday tarixiy voqealardan biri SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik Dekloratsiyasi” edi. Uning o’rni va ahamiyatiga alohida to’xtash lozim. Dekloratsiyaning qabul qilinishida Respublika Oliy sovetining deputatlari jonbozlik ko’rsatgan.Mustaqillik Dekloratsiyasi 1990 yil 20-iyunda qabul qilindi.Ushbu tarixiy hujjatda shunday deb yozulgan edi. “O’zbekiston bugun o’z hududida mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini etirof etib, jumxurriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbai xalq ekanligini e’tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o’zigagina berilganligini qayd etib, taraqqiyot yo’lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta’kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratiya prinsiplariga asoslanib, jumxurriyat Oliy Kengashi O’zbekistonni suveren davlat deb e’lon qiladi”.17

Prezident I.A.Karimov qayd etib o’tilgan prinsiplarni respublika hayotida aks ettira boshladi.

Xulosa qilib aytganda, bu muhim hujjat O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini belgilashda muhim o’rin egallaydi. Zero, uning asosida boshqa davlatlar bilan aloqa prinsiplarini shartnoma asosida belgilash, o’z nomini erkin e’tirof etish, o’z davlat ramzlarini ta’sis etish va Davlat Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos bo’ldi.

“Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat mustaqillikka ishonch ruhi bilan kutib olindi.Aynan shu kundan boshlab respublikamizda barcha sohalar jumladan, iqtisodiy-siyosiy ijtimoiy, ma’naviy, madaniy hayotga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.

Bunga misol tariqasida ko’plab farmon va qarorlarni ko’rib o’tishimiz mumukin. 1991 yil 22-iyun O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ittifoqqa bo’ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O’zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o’tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi.18

Jumladan, 1991 yil 14-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so’zladi. Mazkur nutq matbuotda “Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik”, degan sarlavhada chop etildi.19 Shular va ular qatorida bir qancha farmon va qarorlar e’lon qilindi. Zero, ushbu hujjat O’zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustivorligini ta’minladi.Mustaqillikkacha bo’lgan davrda

Mustaqillikka erishuv yo’lini yoritdi.

O’zbekiston hukumati Mustaqillik Dekloratsiyasi asosida 1990 yilda dadillik bilan respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini amalga oshirdi. “O’zbekiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimyat tuzilmasini takomillashtirish va O’zbekiston SSR konustitutsiyasi

(Asosiy Qonuni)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun, “Yer to’g’risidagi” qonun, O’zbekiston Prezidentining respublika fuqarolariga yakka tartibda turar joy qurish va shaxsiy tomorqa xo’jaliklari uchun yer uchastkalari ajratish to’g’risidagi, aholi punktlarini gazlashtirish, maktablar, hunartexnika o’quv yurtlari, keyinchalikva oliy o’quv yurtlari talabalarining ovqatlanish uchun beriladigan imtiyozlarini saqlab qolish to’g’risidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi, boshqa turlardagi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining harid narxlarini ko’p martalab oshirish to’g’risidagi, shuningdek qishloq xo’jaligidagi mehnatga to’lanadigan haqni oshirish

to’g’risidagi qarorlar va boshqalar ana shularjumlasiga kiradi.20

Bu chora tadbirlarning amalga oshirilishi tub zamirida Mustaqillik uchun zalvorli qadam bo’lgan Mustaqillik Dekloratsiyasi yotadi. Uning qabul qilinishi xalqimiz qalbida ozodlikka erishish yo’li yoritgan nurafshon chiroq bo’ldi.

Shundayin bir sharoitda Prezidentimiz hayoti uchun xatarli bo’lgan bir vaziyatda ham bu buyuk inson o’z hayotini emas millat va yurt istiqboli xalqimizning erkin va farovon hayoti buyuk tariximizning tiklanishi va shu kabi o’ta dolzarb masalalarni xalqimiz manfaatlar yo’lida ketma-ketlikda amalga oshirdi.

O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Dekloratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimiz o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish uchun asosiy ustun va tayanchdir.

Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, arman va iztiroblarni mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va xurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi.Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalari ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan xurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.

Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros.Bu orzu avloddan avlodga o’tib, uning yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.21

Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqazo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarni ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozani asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy,iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z qobig’da qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g’oyatda zalvorli tajribasidan o’tgan tamoyillar hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o’z-o’zini boyitib, takomillashib,fuqarolar ongi va tafakkurini o’stirib borayotgan tarixiy voqelikdir.22 Mustaqillik – tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni.

Mustaqillik bu totli nematga o’z-o’zidan erishilgani yo’q unga qancha qiyinchiliklar qurbonlar umrlar shu kabi timsollar orqali erishildi, va unga erishuv yo’lida vosita bu Mustaqillik Dekloratsiyasi desam mubolag’a bo’lmaydi.

Shunday qilib, Mustaqillik Dekloratsiyasi Mustaqillikkacha mavjud bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohalarda mustaqil siyosat olib borish imkonini beradi.



Mustaqillik Dekloratsiyasi xalqimiz hayotida sodir bo’lgan muhim voqealar davlat mustaqilligining qabul qilinishi uchun tanlangan amaliy o’ta muhim qadam sanaladi.Bu amalda xalqimizning mustaqilligini bildiradi.

III.XULOSA

Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, arman va iztiroblarni mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va xurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi.Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalari ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan xurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.

Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros.Bu orzu avloddan avlodga o’tib, uning yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.21



IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. “2017-2021Harakatlar strategiyasi “. Sh.M.Mirziyoyev; 2017

  2. “Erkin va demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. Sh.M.Mirziyoyev;

  3. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va farovonliginig garovi. Sh.M.Mirziyoyev;

Download 124,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish