Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Xonanda ovozi va uning tavsifi haqida ma‘lumot bering?
Qanday belgilar orqali ovoz turlarini aniqlash taklif etiladi?
Har bir ovoz turining o‗tish notalari haqida gapiring?
ish faoliyati. Xonandaning nutqi. Ovoz tarbiyalashning fonetik uslubi.
Xonandaning hayot tarzi.
Vokal san‘ati–musiqa va adabiy poetik ijodiyotini birlashtiruvchi san‘atdir. Ashulachilikda chiroyli professional darajadagi ovoz yangrashi bilan aniq talaffuz ham talab qilinadi. Aniq talaffuz texnikasiga ega bo‗lish vokal ijrochiligining zarur elementlaridan biri hisoblanadi. Talaffuzda turli organlar ishtirok etadi: til, lablar, yumshoq tanglay, xalqum hamda ostki jag‗. Talaffuz apparatining asosiy organi tildir. Tilning muskulaturasi har tomonlama rivojlangan, shuning uchun uning harakatchanligi va o‗zgaruvchanligi juda katta. Og‗iz-xalqum bo‗shlig‗ida til holatining o‗zgarishi og‗iz va xalqum bo‗shliqlarining o‗zgarishiga olib keladi. Til orqaga surilib past holatni egallaganida xalqum bo‗shlig‗i qisqaradi, og‗iz bo‗shlig‗i esa kengayadi. Til tepaga ko‗tarilib oldinga chiqarilsa aks holat hosil bo‗ladi. Tilning ildizi til osti suyagiga bog‗langani uchun uning harakatlari hiqildoqqa ta‘sir qiladi. Shu sababli ashulachilik jarayonida til katta ahamiyatga ega. Til undoshlarning ko‗pida va barcha unlilar aytilishida ishtirok etadi, shuning uchun til shol bo‗lib qolsa yoki olib tashlansa odamda nutq qobiliyati butunlay yo‗qoladi. Tilning «klassik» holati haqida fikr mavjud. Shunday holatda tilning cho‗qqisi past tishlarga tegib, o‗rta qismi esa qoshiq shaklidagi chuqurlikni ushlab turishi kerak. Ushbu klassik holat ―a‖ harfida hosil bo‗ladi. Ammo nutqimiz turli harflardan iborat, shuning uchun so‗zlaganda bu holat albatta o‗zgaradi. L.B.Dmitriev tadqiqotlari professional kuylashda tilning klassik holati bo‗lishi shart emasligini ko‗rsatdi. Misol uchun, Tito Ruffo yoki Fyodor Shalyapin kuylaganida ularning tili ko‗tarilgan holatida bo‗lib tilning cho‗qqisi titrab turar edi. Buyuk italiyan xonandasi Toti dal Monte shunday degan: ―Tilni ataylab maxsus klassik holatga yotqizish shart emas. U tabiiy, erkin va yumshoq bo‗lishi zarur‖.
Nutq paytida l a b l a r har bir unli uchun o‗ziga xos holatni egallaydilar. ―I‖ harfida lablar tortilib tishlarni ko‗rsatadi, ―u‖ harfida esa oldinga cho‗ziladi. Kuylash paytida lablar standart pozitsiyani egallaydi. Ushbu standart pozitsiya ko‗proq ovoz turiga bog‗liq bo‗ladi. Soprano va yengil tenorlar kuylashda tabassumdan foydalanadilar, bas, bariton va metstso-sopranolar esa lablarini oldinga tortadilar. Lablarning bunday standart pozitsiyani egallashi ovozning tembri o‗zgarishiga olib keladi. Ovozning yorqinligi va yengilligi tabassum orqali hosil bo‗ladi, lablarning oldinga tortilishi esa ovozning to‗qligi, ―go‗shtligi‖ga olib keladi. Aslida lablar holatini ovozning eng yaxshi sifatlari hosil bo‗lishiga asoslangan holda topish kerak.
Ashula aytish paytida yu m sh o q t a n g l a y burun-xalqum bo‗shlig‗ini to‗sadigan pardadir. Yumshoq tanglayning harakatlanishi masalasiga turli yondashuvlar mavjud. Ba‘zi pedagoglar uni faol ko‗tarilishini, buning uchun ayniqsa yuqori notalarni olishdan oldin esnashni talab qiladilar. Boshqalar esa
―yarim esnash‖ haqida so‗z yuritib esnashning yumshoqligiga ahamiyat beradilar. Bu masala bo‗yicha ham har bir o‗quvchiga alohida yondashish lozim, chunki har bir xonandaning ovoz apparati tuzilishi turlicha. Birida yumshoq tanglay uzun bo‗lsa, boshqasida qisqa bo‗lishi mumkin va shunga qarab ovoz sifatlari ham har xil bo‗ladi.
X a l q u m talaffuz apparatining eng o‗zgaruvchan qismi deb hisoblanadi. Uning hajmi til harakatlari orqali o‗zgaradi. Professional xonandalar doim xalqumning ―erkin‖ligi, ―ochiq‖ligi haqida gapiradilar. Bunday sezgilar faqat ovoz apparatining ishi to‗g‗ri bo‗lgan paytida paydo bo‗ladi. Uning erkinligini nafas olish paytida sezib, kuylash vaqtida saqlab qolish bilan rivojlantirish mumkin.
O s t k i j a g‗ ning qisilishi boshlang‗ich xonandalarining eng keng tarqatilgan xatosi. Jag‗ning qisilganligi ovozning qisilishiga sababchi bo‗lib qolishi mumkin. Shuning uchun ostki jag‗ning yumshoqligiga va erkinligiga katta ahamiyat berish kerak. Og‗izning ochilishiga pedagoglarning qarashlari bir-biridan faqlanadi. Ba‘zilar og‗izni katta ochilishini talab qilsalar, boshqalari ―og‗zingni katta ochma, ayniqsa yuqori notalarni aytganingda‖, deyishadi. Og‗izning ochilishini ham ovozning eng yaxshi xususiyatlari hosil bo‗lishiga qarab o‗quvchidan talab qilish lozim.10
rasm. Jag‗ holati: A) jag‗ning qisilgan holati. B) jag‗ning erkin holati.
10 Janice l. Chapman, OAM, fg.Singing and teaching singing. 2012.(26-bet.)
Do'stlaringiz bilan baham: |