DISSONANS (lot. dissono – moslanmay yangrayman) – moslashmaganlik (noohangdoshlik) hissini uyg‗otuvchi va konsonansni bartaraf qilishga yo‗naltirilgan hamohanglik. Eng muhim musiqiy ifoda vositadaridan biri. D.ga katta va kichik sekunda va septima, triton va b. orttirilgan va kamaytirilgan intervallar, shuningdek bu intervallardan tuzilgan akkordlar ham kiradi. Xor ijrochiligida (yakkaxon kuylash va tovush balandligi muayyan bo‗lmagan cholg‗ular ijrosidagi kabi) ohang tuslari yordamida o‗zgaruvchanlik kuzatiladi.
IMITASIYA (lot.imitato – taqlid, ergashish) – ko‗p ovozli musiqa uslubi tamoyillaridan. Bir ovozda sadolangan kuy, shu zahotiyoq u yoki bu darajadagi aniqlik b–n takrorlanadi. O‗zbekiston kompozitorlarining xor asarlarida I.ning turli ko‗rinishlari qo‗llaniladi: M.Burhonov - ―Alisher Navoiyga qasida‖sida, S.Boboev – qayta ishlangan ―Tanovar‖da, B.Umidjanov – ―Dilbarume‖da, M.Bafoev – ―Jonli sadolar‖da, O.Abdullaeva – ―Yor-yor‖ xorida va h.k.
IMPYEDANS (lot. impeditio – to‗sik) – og‗iz–xalqum yo‗li tomonidan ovoz qatlari sezadigan teskari yo‗naltirilgan tovush qarshiligi. Ovoz ―qo‗yish‖ ovoz
qatlamlarini to‗la ishlashini ta‘minlovchi I.ni topish bilan bog‗liq. Vokal-xor pedagogikasi I. tanlash uslub va usullaridan yonma–yon foydalanadi.
INTERPRETASIYA (lot. interpretatio – talqin etish) – musiqa asarining ijrochi tomonidan badiiy yetuk talqini. I.ning vazifasi – asar mazmuni va g‗oyasini to‗liq va ishonarli darajada ochib berish. I. ijrochining estetik dunyoqarashi, individual xususiyatlari, badiiy g‗oyaviy tafakkuriga bog‗liqdir.
INTONASIYA (lot. intono – qattiq talaffuz etaman) – 1) Badiiy obrazning musiqa tovushlari orqali ifoda etish. 2) Uncha katta bo‗lmagan, nisbatan mustaqil kuychan ibora. 3) Musiqa ijrosida tovush balandligini aniq ifoda etish. 4) Musiqa asboblarining tovushqatoridagi tonlarni balandlik va tembr jihatdan aniq aks ettirish.
KAMERTON (nem. kammerton, kammer – uy, xona, ton–tovush) – muayyan balandlikka ega bыlgan va aniq tovush beruvchi maxsus asbob. K. ijrochilik amaliyotida cholg‗u asboblar, orkestrlar va xor jamoalarini sozlashda balandlik etaloni. Odatda birinchi oktava ―lya‖ tovushiga moslanadi. Ba‘zan xonandalar va xor dirijyorlari ikkinchi oktava ―do‖ga moslangan K.dan ham foydalanishadi. Gammadagi barcha tovushlarni, shuningdek uchtovushliklarni ifodalaydigan K. ham bor. K. 1711 y.da ingliz J.Shor tomonidan ixtiro qilingan. 1936 y.dan 440 gts (1858 y.dagi 435 gtsli Parij K.idan 1/10 tonidan yuqori bo‗lgan)ga teng K. qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |