1. XIX asrgacha sotsiologiya qaysi fanning tarkibiy qismi bo’lib keldi?
A) falsafaning
B) tarixning
C) iqtisodiyotning
D) huquqshunoslikning
2. XIX asrning 30-yillarida “sotsiologiya” atamasini fanga kiritgan faylasuf Ogyust Kont qayerlik edi?
A) fransuz
B) ingliz
C) nemis
D) italyan
3. XIX asrda sotsiologiyani qanday yo’nalish sifatida tushunilgan?
A) sotsial gigiena
B) sotsial metrika
C) sotsial me’yor
D) sotsial reallik
4. Sotsiologiya nimani o’rganishda amaliy usullarga tayanadi?
A) voqelikni
B) virtuallikni
C) mavhumlikni
D) tizimni
5. Kim o’zining nashr qilgan “Sotsiologiya” darsligida “Sotsiologiya - jamiyat to’g’risidagi fan” ekanligini ta’kidlaydi?
A) Smelzer
B) Dyurkgeym
C) Zimmel
D) Veber
6. Kimning fikricha, sotsiologiya jamiyatning bir butun organizm ekanligi va ijtimoiy munosabatlarning bir butunligini o’rganadi?
A) Yadov
B) Osipov
C) Kont
D) Dyurkgeym
7. Sotsiologiyaning qaysi jihati uning nimani o’rganishi kerak, degan savolga javob beradi?
A) obyekti
B) predmeti
C) subyekti
D) asosi
8. Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini nechta bosqichda o’rganadi?
A) 3
B) 2
C) 5
D) 4
9. Sotsiologlar jamiyatni qanday yo’nalishdagi darajalarda o’rganadilar?
A) makro va mikrodarajada
B) nazariy va empirik darajalarda
C) oddiy va murakkab darajalarda
D) ijtimoiy va iqtisodiy darajalarda
10. Qaysi sotsiologiya yo’nalishi ijtimoiy faoliyatning alohida sohalarini ko’p omilli tizim sifatida tadqiq etadi?
A) maxsus
B) umumiy
C) oraliq
D) yakuniy
11. Sotsiologiyada qaysi usulni qo’llash tadqiqot doirasini kengaytiradi, boshqa mamlakat va xalqlar tajribasidan foydalanishga imkon beradi?
A) qiyosiy
B) abstrakt
C) gipoteza
D) eksperiment
12. Hujjatlarni qanday tahlil qilish kontent tahlil bo’lib nomlanadi?
A) miqdoriy
B) sifatiy
C) tanlanma
D) tashqi
13. Qanday so’rov o’tkazish aniq ma’lumotni olishga imkon beradi?
A) yoppasiga o’tkazish
B) tanlanma qilib o’tkazish
C) bir qismini olish
D) boshqa ma’lumotlarni qo’shish
14. Kim italyan emmigrantlari hayotini o’rganish uchun uch yil ular bilan yashagan?
A) U.Uayt
B) G.Vamberi
C) G.Zimmel
D) P.Sorokin
15. Sotsiologiya qaysi fan uchun jamiyatda mavjud bo’lgan guruhlar o’rtasidagi munosabatlarga doir ko’plab ma’lumotlarni to’playdi?
A) siyosatshunoslik
B) psixologiya
C) iqtisodiyot
D) falsafa
16. «Sotsiologiya» atamasini fanda birinchi bo’lib qachon qo’llanilgan?
A) 1839-yilda
B) 1845-yilda
C) 1882-yilda
D) 1904-yilda
17. 1892-yilda Qaysi davlatga tegishli universitetda jahonda birinchi sotsiologiya kafedrasi va fakulteti ish boshladi?
A) AQShda
B) Germaniyada
C) Fransiyada
D) Angliyada
18. Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishini qaysi shart-sharoitlardan biri bilan bog’liq bo’lgan?
A) narsa va hodisalarni ular rivojlanishida ularni belgilovchi konkret tarixiy shart-sharoit bilan aloqadorligida bilish g’oyasi bilan
B) aralash iqtisodiyotning rivojlanishi bilan
C) fan va ilmiy progress an’anaviy kontseptsiyasining ishlab chiqilishi bilan
D) o’z noratsionalligiga ega bo’lgan tabiiy-ijtimoiy tartib g’oyasi bilan
19. «Avesto» eramizdan oldingi nechanchi asrda yaratilgan?
A) VII
B) VI
C) VIII
D) V
20. Kimning asarlarida dinshunoslik, jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan, shaxs haqidagi ta’limot sifatida yondashilgan, ularni Movarounnahr xalqlari hayoti tarzi mentalitetiga muvofiq keluvchi, ularni g’oyaviy, e’tiqodiy yakdillikka undovchi yaxlit ilmiy sotsiologik kontseptsiya sifatida baholanib, har tomonlama o’rganilgan?
A) Abu Mansur al-Moturidiy
B) Abu Nasr Forobiy
C) Abu Rayhon Beruniy
D) Abu Ali Ibn Sino
21. Interaktsiyaning intensivligi o’zaro ta’sirga kirishgan kishilarning faolligi va ruhiy tajribasining qaysi jihatini bildiradi?
A) nisbatini
B) qobiliyatini
C) majmuasini
D) o’zgarmasligini
22. Agar tomonlarning munosabati, faoliyati muayyan huquq, majburiyat va funktsiya strukturasini vujudga keltirsa va ma’lum bir qadriyatlar tizimiga tayansa, qanday interaktsiya bo’lib hisoblanadi?
A) tashkil etilgan interaktsiya
B) tashkil etilmagan interaktsiya
C) ta’sir qilmaydigan interaktsiya
D) tashqi interaktsiya
23. Kishilar davrasida kishi energiyasining oshishi qanday nomlanadi?
A) fatsilitatsiya
B) ingibitsiya
C) qutblashuv
D) antagonistika
24. Elementar jamoa guruhlarining qaysi turi biron-bir muammo bo’yicha turli fikrga ega bo’lgan kishilar guruhini anglatadi?
A) jamoatchilik
B) omma
C) ekspressiv olomon
D) harakatdagi olomon
25. Qanday fikr jamoa mahsuli bo’lib, uni o’zini ifodalaydi?
A) jamoatchilik
B) manfaatdor
C) tashviqotli
D) tartibli
26. Kim sotsiologiya ijtimoiy xulq-atvor to’g’risidagi fan, deb atagan?
A) Veber
B) Zimmel
C) Dyurkgeym
D) Sorokin
27. Sotsiologiyada qaysi usul tadqiqot obyektini oldindan tahlil qilish natijasida shakllanadi?
A) gipoteza
B) kuzatish
C) eksperiment
D) so’rov
28. Qaysi fanning qonun va kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va konsepsiyalarni o’z ichiga oladi hamda sotsiologik nazariyalar uchun nazariy va metodologik asos bo’ladi?
A) falsafaning
B) iqtisodiyotning
C) tarixning
D) psixologiyaning
29. XX asrning 20-yillaridan jahon sotsiologiyasining markazi G’arbiy Yevropadan qayerga ko’chdi?
A) AQShga
B) Fransiyaga
C) Avstraliyaga
D) Germaniyaga
30. «Fozil odamlar shahri» asarini kim yozgan?
A) Forobiy
B) Beruniy
C) Moturidiy
D) Ibn Sino
31. Yusuf Xos Xojib jamiyatning tom ma’nodagi kamoloti faqat nima orqali amalga oshadi, deb hisoblaydi?
A) ta’lim
B) harakat
C) boylik
D) qoida
32. Kont fikricha, sotsiologiya jamiyatda turgun bo’lgan tuzilmalar nima bo’lib hisoblanadi?
A) ijtimoiy statistika
B) ijtimoiy dinamika
C) iqtisodiy dinamika
D) iqtisodiy statistika
33. Kont tomonidan tabiatni bilish tarixining ilk bosqichi qanday nomlanadi?
A) teologik-harbiy hukmronlik
B) metafizik-feodal hukmronlik
C) pozitiv-sanoat sivilizatsiyasi
D) postmodernizm tsivilizatsiyasi
34. Qaysi usullar XX asrga kelib qo’llanila boshlangan?
A) kuzatuv va eksperiment
B) kuzatuv va qiyoslash
C) tarixiy va genetik
D) abstraksiya va induksiya
35. Gerbert Spenser tomonidan yozilgan “Etikaning yaratilishi” nomli asar qaysi yillarda yozilgan?
A) 1870-1873
B) 1876-1896
C) 1862-1865
D) 1850-1856
36. Sotsiologiyada oddiy narsa va kuchlarning oddiy ko’payish yoki kamayishga olib keluvchi, hakikiy raqamli, sakrash va tanaffuslar ketma-ketligidan mahrum bo’lgan jarayon qanday nomlanadi?
A) evolyutsiya
B) revolyutsiya
C) antagonizm
D) anarxiya
37. Spenser XIX asr sotsiologlari ichida birinchi bo’lib qaysi atamalarini fanga kiritdi?
A) ijtimoiy tizim, ijtimoiy institut, ijtimoiy nazorat
B) ijtimoiy axloq, ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy aloqalar
C) ijtimoiy tarakkiyot, ijtimoiy birlik, ijtimoiy masofa
D) ijtimoiy tashkilot, ijtimoiy mehnat, ijtimoiy qoida
38. Dyurkgeym nimani aholi zichligi, aloqa yo’llarini rivojlantirish va kollektiv ong kabi omillarga bog’lab izohlaydi?
A) ijtimoiy taraqqiyotni
B) mehnat taqsimotini
C) dunyoqarashlarni
D) umumiy g’oyani
39. Spenser asoslagan biologik tushunchalarga qarshi chiqqan g’arb sotsiologi kim edi?
A) Lyudvig Gumplovich
B) Vilfredo Pareto
C) Emil Dyurkgeym
D) Gerbert Spenser
40. AQSh sotsiologi Charlz Xorton Kuli jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni tahlil qilib, nimani daromad olishdagi raqobat natijasida yuzaga keladi, deb ta’kidlaydi?
A) sinf
B) tabaqa
C) bo’shliq
D) turmush
41. Jorj Gerbert Mid ta’kidlashicha, nimani tafakkur va uning amaliyoti orqali vujudga keladi hamda o’zgaradi, deb ta’kidlaydi?
A) ong
B) tasavvur
C) sarguzasht
D) qaror
42. Sotsiometriya nima?
A) kichik guruhlarda shaxslararo munosabat tarkibini o’rganish
B) yirik guruhlarda shaxslarning boshqa munosabat tarkibini baholash
C) bir-biridan mustaqil predmetlardan tashkil topgan jamiyat tarkibi
D) individuallik bilan birga individning faolligini oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |