26. Turkiston o’lkasi jadidchilik harakati namoyandalari, ularning milliy uyg’onishda tutgan o’rni va taqdirlari.
Jadidchilik harakatining asoschisi va yirik namoyondalari: Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov (1878 - 1931 y), Abdulla Avloniy (1878 - 1934), Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, To‘lagan Xo‘jamyorov-Tavallo (1882-1936 ) Abdulla qodiriy (1894-1938); Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Abduqodir Shokuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy (1875-1927); Buxoroda Abdurauf Fitrat (1886-1938) Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938), Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abduvoxid Burhonov, Sadriddiy Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov; Farg‘ona vodiysida Is’hoqxon Ibrat (1352-1237), Obidjon Mahmudov (Obidchatoq), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1880-1929) Abdulhamid Cho‘lpon (1897-1938), Muhammadsharif So‘fizoda (1869-1937); Xorazmda Polvozniyoz Xoji Yusupov (1861-1936), Bobooxun Salimov (1874-1929) va boshqalar.
XX asr boshlarida Xiva xonligidagi jadidlar harakati yangiliklar tarafdorlari bo‘lgan amaldorlar, maxalliy boylar va savdo axli, taraqqiyparvar musulmon ruxoniylari, madrasa mudarisslari va toliblari, ma’rifatparvar shoirlar maktab va madrasalarni, hatto islom diniga keyin kirib kelgan bid’atlarni va urf-odatlarning ayrim qismlarini isloh qilish, dunyoviy fanlarni joriy etish, savodxonlik, usullarini osonlashtirish, o‘quvchilarni o‘z ona tilida ko‘proq o‘qitish va «g‘ayri til»ni bilish kabi ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan chiqqan demokratiya va adolat, istiqlol va taraqqiyot uchun kurashuvchilar harakati hisoblanadi. Ular safida bosh vazir Islomxo‘ja, qozikalon Bobooxun Salimov, shoir Avaz O‘tar, devonbegi Xusayn Matmurodov, savdogar Polvonniyoz Hoji Yusupov, sanoatchi boy Nazar Sholikorov, matbaachi — hunarmand Otajon Abdalov, birinchi o‘zbek kino-foto ustasi Xudoybergan Devonov, mirzaboshi Muxammad Rasul Mirzo, xonanda-musiqashunos Matyoqub Pozachi, Otajon Safaev, Bobojon Yoqubov, Hakimboy Jonmuxammedov, Muxammadyor Hoji Abdullaev, Otajon Xo‘janiyozov, Raxmonbergan Yoqubov, Muxiddin Umarov, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov, Jumaniyoz Hoji Boboniyozov, Qurbonboy Jaloyir, Xudoybergan Matniyozov, Davlatnazar Qayroq, Murod Eltuzarov, Mulla Matmurod, Mulla Abdulla Berdimurodov, Avazxo‘ja, Isomiddin eshon, Nizomohun, Sobir Yoqubov, Mulla Bekchon Raxmon o‘g‘li, Muxammad Yusuf Devonzoda va boshqalar kirgan. Ularning safi 40 nafardan ziyod kishini tashkil etardi. Har payshanba kechasi goh Qalandarxonada, goh Qorako‘z masjidida, ko‘pincha Husaynbek Matmurod devonbegi o‘g‘lining uyida yig‘ilishlar o‘tkazilib, qo‘shiqlar aytishgan, she’rxonlik qilishgan, erk, adolat, madaniyat va islohotga doir suxbatlar olib borilgan. Ular jadid adabiyoti va san’atini yaratish bilan cheklanib qolmay, madaniyat va maorif muassasalari tashkil etish, ya’ni yangi usul maktablari, kasalxona, pochtatelegraf ochish, o‘quv qo‘llanmalari yozish va nashr etish ishlari bilan shug‘ullanganlar.
Xiva jadidchiligi xaqida to‘xtalganda Avaz O‘tar o‘g‘li va Bobooxun Salimov xizmatlarini va asarlarini alohida ta’kidlamoq zarur. Avaz O‘tar o‘g‘li (1884 – 1919) fikricha yangi usuldagi maktablar ochish ishi shunday bir faoliyatki, u xalqqa xizmat qilishga, o‘zini xalq, Vatan farzandi hisoblagan har kim ana shu oliyjanob ishga o‘zini bag‘ishlashi kerak, chunki maktab xalqni va uning farzandlarini azob – uqubatdan va savodsizlikdan, qolaversa qaramlikdan qutqaradi.
Shu bilan Avaz «Faloniy» rukni ostidagi she’rlarida mavjud tuzum illatlarini, amaldorlarning asl qiyofasini ochib tashlaydi. Xon va amaldorlarning millat oldidagi o‘z vazifalarini, xalqni savodxon, ilmu fanga oshno, siyosiy hayotda faol, iqtisodiy barkamol qilishda raxnamolik qila olmasliklariga ko‘zi yetgan Avaz O‘tar «Millat» radifli g‘azalida:
XX asr birinchi choragida Xiva xonligi siyosiy - ijtimoiy, madaniy hayotida katta rol o‘ynagan siymolardan biri Bobooxun Salimovdir (1874-1929). Butun ongli umrini adolat, istiqlol, taraqqiyot uchun baxshida etgan u inson maktablar ochish va darsliklar yaratish borasida ham katta ishlarni amalga oshirgan. Bobooxun Salimov maslakdosh do‘sti, tajribali ziyokor, Turkiyada ta’lim olib kelgan Bekjon Raxmonov bilan hamkorlikda «Alifbe», «O‘qish kitobi» darsligini yaratdi. Bu darsliklar mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. Bobooxun Salimov oliy diniy ulamo — qozikalon bo‘la turib, yangicha o‘qitish uslubi, yangiliklarga hayrixohlik bilan qarab, ularni shariat aqidalaridan himoya qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan istiqlol va taraqqiyot uchun kurashchilar ishiga zimdan raxbarlik qilgan hamda shakllanib kelayotgan Yosh xivaliklar partiyasining tashkilotchilaridan biri hisoblangan.
Sadri Maqsudiy (Maqsudov Sadriddin Nizomiddinovich) – davlat va jamoat arbobi, to‘rtala Rossiya Davlat dumasi a’zosi, 1880 yilda Qozon uezdining Toshsuv qishlog‘ida tatar mullasi oilasida tug‘ilgan. Qozon madrasasida, Bog‘chasaroyda Ismoilbek Gasprali maktabida, 1901-1906 yillarda Parijning Sorbonna universiteti huquqshunoslik fakultetida o‘qigan, huquqshunoslik nomzodi. 1917 yil oktabr inqilobini qabul qilmagan. 1919 yilda Parijda Tinchlik konferensiyasida ishtirok etgan va turkiy xalqlar huquqlarini himoya qilishga da’vat etgan. 1925 yilda Mustafo Otaturk taklifi bilan Turkiyaga boradi, ko‘p yillar Istambul va Anqara universitetlarida dars beradi. U hayotining 34 yilini Rossiyada, 11 yilini Fransiyada va 32 yilini Turkiyada o‘tkazdi. Sadri Maqsudiy 1957 yil 20 fevralda Turkiyada vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |