1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy



Download 0,63 Mb.
bet13/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

Madrasalar. Ta’lim tizimining keyingi bosqichi–madrasalar bo‘lib, ular o‘rta va oliy ta’lim maskani hisoblangan. Madrasalar moddiy ta’minotiga qarab kichik, o‘rta va yirik madrasalarga bo‘lingan.
XIX asrda faoliyat yuritgan madrasalar binolarining aksariyati XVXVII asrlarda bunyod etilgan. Madrasalar ta’minoti yirik vaqf mulklari hisobidan amalga oshirilgan. Masalan, Samarqanddagi Sherdor va Tillakori madrasalari vaqflardan yiliga 7600 so‘m, Toshkentdagi Baroqxon madrasasi 1400 so‘m daromad olgan. Madrasalar daromadlari haqida V.P.Nalivkin quyidagi ma’lumotlarni keltirgan: Farg‘ona viloyatida – 1820 ta do‘kon, 41 ta karvonsaroy, 15 ta tegirmon, Sirdaryo viloyatida – 198 ta do‘kon, 912 ta do‘kon yerlari, 10 ta karvonsaroy, 4 ta tegirmon madrasalar hisobida bo‘lgan. Toshkentdagi birgina Eshonqo‘li Dodhoh madrasasiga 40 ta do‘kon, 165 ta do‘kon yerlari, 2 ta karvonsaroy, 1 ta tegirmon tegishli bo‘lib, ulardan yiliga 2 ming rubl daromad olingan. Sovet davri tadqiqotchisi A.Aminovning keltirishicha, XIX asrning 90-yillari oxirlarida Andijon uezdida 25530 desyatina, Qo‘qon uezdida 26561 desyatina vaqf yerlari soliqdan ozod etilgan. N.R.Mahkamova 1894 yilda Turkiston general-
gubernatorligida madrasalar hisobida 2208 ta do‘kon, 974 ta do‘kon yerlari, 58 ta karvonsaroy, 15 ta tegirmon bo‘lganligini keltirib o‘tadi.
Madrasalar davlat hisobidan tashkil etilmasa-da, ularning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish, boshqarish va ta’minlashni mustahkam mexanizmi shakllangan edi. Bu tizim asrlar davomida takomillashib, taraqqiy etib kelgan.
Madrasalar nazorati musulmon diniy hokimiyat vakillari – Shayx ulislom va qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Maxsus–xo‘jalik ishlari bo‘yicha nazorat a’lamiyon va mutavalliboshi (bosh mutavalliy) zimmalariga yuklatilgan. A’lamiyon hukumat tomonidan tayinlanib, poytaxt va viloyatlarda joylashgan madrasalarning o‘quv va moddiy tomonlarini nazorat qilgan hamda xon g‘aznasidan belgilangan maosh olgan. Bu lavozim amirlik va xonliklar davrida bo‘lgan. Mutavalliboshi hokim qarorgohi bo‘lgan har bir shaharda joriy etilib, tumanlardagi mutavalliylar faoliyatini nazorat qilish uning zimmasiga yuklatilgan. Har bir mutavalliyga tasarrufidagi vaqf mulklaridan tushgan daromadning 10/1 qismi maosh sifatida ajratilgan.
Madrasa boshlig‘i sifatida barcha fanlar o‘qitilishini nazorat qiluvchi mudarris tayinlangan. Mudarris yuqori bosqich talabalariga va uning boshchiligida yordamchi-muqarrirlar quyi bosqich talabalariga dars berganlar. Mudarris faqat madrasadagi o‘quv jarayoniga mas’ul bo‘lib, vaqf mulklarining boshqaruviga aralashish vakolatiga ega bo‘lmay, faqat madrasa ehtiyojlari haqida mutavalliyga axborot berishi mumkin edi.
O‘quv dasturlar asosini islom huquqshunosligi, arab tili grammatikasi tashkil qilgan. Fanlarning ko‘p qismi diniy bilimlardan iborat bo‘lib, falsafa, geometriya, matematika, geografiya, tibbiyot, kimyo kabi fanlar ham o‘qitilgan. Ye.N.Pavlovskiy ma’lumotiga ko‘ra madrasalarda tarix, fizika, tabiat fanlaridan qisqa va umumiy ma’lumotlar berilgan.
An’anaviy ta’limda siklik uslub qo‘llanilib, bir kitob o‘zlashtirilgandan so‘ng ikkinchisiga o‘tilgan. Bunda har bir kitobning o‘zlashtirilish muddati o‘quvchi qobiliyatiga bog‘liq edi. Bu bilimlar xo‘jalik, sud va ma’muriy ishlarni yuritishda asqotgan. Lekin taraqqiyot bir joyda to‘xtab qolmadi. XIX asr o‘rtalari – XX asr boshida Turkistonda imperiya boshqaruv tizimining joriy etilishi, yangicha iqtisodiy munosabatlar kirib kelishi natijasida an’anaviy ta’lim muassasalarida berilgan bilimlar yangi iqtisodiy, sud-huquq munosabatlari sharoitida yaroqsizligi, yangi talablarga moslashishga intilayotgan o‘lka jamoatchiligining ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bunga sabab maktab va madrasalardagi ta’lim-tarbiya berish usul, dastur va vositalari asosan rivojlangan o‘rta asrlarda tuzilganligi bo‘lib, ularni isloh etish, yangicha tashkil etish zamon talabiga aylangan edi.
Turkistonda imperiya hokimiyati o‘rnatilishi bilan an’anaviy ta’lim muassasalarining mahalliy aholi hayotidagi ahamiyatini pasaytirish, musulmon ta’lim tizimini 1875, 1893 yillardagi qonunlar, 1879, 1906, 1907 va 1911 yillardagi qo‘llanmalar asosida kuchsizlantirishga qaratilgan siyosat olib borilsa-da, imperiya ma’muriyati mavjud mahalliy ta’lim muassasalarini butunlay yo‘q qilish va ular o‘rniga yangi turdagi ta’lim maskanlarini tashkil etishni rejalashtirmagan edi. Chunki mustamlaka ma’muriyatida o‘lkadagi maktab va madrasalarning keng tarmog‘ini yo‘q qilib, ularning o‘rniga yangi ta’lim muassasalari tizimini joriy etish salohiyati mavjud emasdi. Binobarin, bu tub yerli xalqlarning o‘ziga xos madaniyati va turmush-tarzi sharoitida mumkin bo‘lmagan tadbir edi. 1886 yilgi Nizomga ko‘ra musulmon jamoalariga erkin maktablar tashkil etish huquqi berilganligi fikrimizning isboti bo‘la oladi. Yana ta’kidlash muhimki, mahalliy aholining nisbatan savodsizligi imperiya manfaatlariga mos edi.
Turkistondagi imperiya ma’muriyati o‘lkada rus ta’lim muassasalari tizimini joriy etishi, mahalliy ta’lim muassasalari ahamiyatini pasaytirish orqali tub yerli xalqlarni g‘oyaviy jihatdan bo‘ysundirish siyosatini amalga oshirishga harakat qilsa-da, o‘lkada aholi talablariga mos ravishda an’anaviy ta’lim maskanlari tashkil etilaverdi. “Yangi usul” maktablarini joriy etilishi rus ta’lim muassasalariga mahalliy aholi e’tiborini susaytirdi.
Bu maktablarning asosiy nazifasi kapitalistik savdo-sanoat munosabatlariga tortilayotgan o‘lka uchun savodli kishilarni tayyorlab berishdan iborat edi. Shuning uchun ham yangi usul maktablarining homiylari shakllanib kelayotgan mahalliy burjua yoki taraqqiyparvar tashkilot vakillari–jadidlar edilar.
XIX asr 80-yillariga kelib Turkiston o‘lkasidagi xalqlar ta’limi bir tomondan mahalliy xalqlar orasida rus tili va madaniyatini tarqatishga intilgan imperiya hukumati, ikkinchi tomondan milliy ma’naviyat va o‘zlikni yuksaltirishga intilgan ma’rifatparvarlar o‘rtasida g‘oyaviy ko‘rash kurash maydoniga aylandi. Ana shunday murakkab siyosiyijtimoiy vaziyatda o‘lkada ta’lim tizimi yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila boshladi.
Jadidlarning yangi usul maktabi dastlab 1893 yili Xusaynov mablag‘i hisobiga Samarqandda, 1898 yili Qo‘qonda Salohiddin domla tomonidan, o‘sha yili To‘qmoqda, 1899 yili Eski Toshkentda Mannon Qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan tashkil etildi. 1900 yili Buxoroda Jo‘raboy qori tomonidan yangi usul maktab ochildi. 1903 yili Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z mablag‘i hisobidan Jomboyda maktab ochdi. Jadid Hoji Muin va Abdul Qodir Shakuriylar bu maktabda saboq berdilar. 1908 yili bunday maktablarni Mirza Abdulvohid ham tashkil qildi. Muftiy domla Ikrom bu yangi usuldagi maktablarni diniy jamoat tomonidan qabul qilinishiga erishdi.1911 yili jadid maktablari Turkistonda 63 ta bo‘lib, ularda 4106 nafar bola tahsil olgan. Toshkentning o‘zida 24 ta bunday maktablarda 1740 bola ta’lim olgan. 1917 yil boshlarida o‘lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim olgan.
Milliy ruhdan uzilmagan, biroq zamon talablarigi javob bera oladigan darsliklar yaratildi. Birinchilardan bo‘lib millatni uyg‘otishga undaydigan Saidrasul Said Aziziyning «Ustozi avval», Munavvar qori Abdurashidxonovning «Adibi avval», Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», A. Ibodiyning «Tahsil ul-Alifbo», M. Faxriddinovning «Rahbori avval», Sadriddii Ayniyning «Tahzib ussibyon» kabi alifbo va darsliklari yaratildi.
Nafaqat alifbo darsliklari, balki milliy ongni, milliy g‘ururni uyg‘otib, mustamlakachilik mohiyatini ochishga xizmat qiladigan qo‘llanmalar yaratishda ham jadid ziyolilari tashabbuskor bo‘ldilar. Natijada milliy tarix, geografiya, milliy til, milliy adabiyot, milliy axloq va tarbiya, imlo qoidalari, islom ma’naviyati va tarixiga doir muhim qo‘llanmalar tayyorlandi. Unda Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Ashurali Zohidiy, A.Avloniy kabi ma’rifatparvarlarning xizmati katta bo‘ldi.
Millatni «uyqudan» uyg‘otishga da’vat etadigan kitoblarni chop etish ishlari ham o‘sha millatparvarlar nomlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Ular shunday yo‘nalishdagi kitoblarni chop etib, ommalashtirish maqsadida nashriyot shirkatlari, kutubxona va qiroatxonalar tashkil eta boshladilar. Toshkentda «Umid», «Maktab» kutubxonalari, Samarqandda «Behbudiy», «Zarafshon», Qo‘qonda «Fayrat», «Madora» kabi kitob nashri muassasalari paydo bo‘ldi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish