1. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XIX asr boshida Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon 1801-1810 yy


XX asr boshlarida Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar



Download 0,63 Mb.
bet16/47
Sana22.02.2023
Hajmi0,63 Mb.
#913932
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
3 kurs savollar O\'zbekiston tarixi(javoblari bn)

20. XX asr boshlarida Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
XX asr boshlaridan Xiva xonligi siyosiy hayotida Said Islomxo‘ja va Asfandiyor to‘ra katta rol o‘ynay boshladilar. Chunki, 1891 yilda valiahd sifatida tanlangan Asfandiyor to‘ra bir necha bor, jumladan, 1900 yilda otasi nomidan Petrburgga borib kelishi natijasida valiahdlik rutbaasi tasdiqlangach, saroy amaldorlari orasida guruhbozlik vujudga kela boshladi. XX asr boshlarida xon va Asfandiyor to‘ra tarafdorlari o‘rtasida zimdan kurash avj ola bordi. Bu holatdan hatto Amudaryo bo‘limi boshlig‘i va podsho hukumati tashvishga tushib qoldi. Shuning uchun ham Xiva xonligini tutatish va uni Rossiya tarkibiga to‘la qo‘shib olish borasida bahs – munozaralar avj ola boshladi. Bu masala avval (1876—1877 yy.) ham ko‘tarilgan edi. 1908—1909 yillarga kelib xon saroyida yuzaga kelgan muhit natijasida yana muhokama qilinib, chor Rossiyasi tashqi ishlar vazirligida 1910 yilda Xiva xonligini Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shishga tayyorlash uchun avval xonlikda qator islohotlar o‘tkazishga kelishib olindi. Shu sababli ham 1908 yil 1 iyulda Xiva xoni pul zarb qilishga ruxsat so‘rab, yozgan xatiga 1909 yil 30 iyuldagi Rossiya hukumatining javob xatida ruxsat berilmagan edi. Bu Xiva xonligi iqtisodiyotini Rossiyaga to‘la qaram qilish va unda o‘tkaziladigan islohotlar xarajatidan qutilish ko‘zda tutilganligini ko‘rsatadi.
Aynan shu davrda Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning sog‘lig‘i yomonlashuvi, tez – tez kasal bo‘lib turishi, podsho hukumatining Xivaga nisbatan munosabatini oydinlashtirishni talab qiladigan holatlardan biri edi. Shuning uchun ham 1910 yil 3 iyunda Turkiston o‘lkasi general - gubernatori Samsonov tashqi ishlar vaziridan Xiva xoni vafot etgan taqdirda qanday yo‘l tutish, Asfandiyorxonni valiahd sifatida xon deb tan olib, tartibsizliklarni bostirish kerakmi yoki shu bahonada xonlikni imperiya tarkibiga qo‘shib olish kerakmi, deb maslahat so‘raydi. Javob xatida xonlikdagi boshqaruv tartibi saqlangan holda Asfandiyorxonga islohotlar o‘tkazish loyihasini taklif etish va uning bajarilishini talab qilish vazifasi Turkiston general – gubernatoriga yuklatiladi. Shu sababli ham Turkiston general – gubernatori Amudaryo bo‘limi boshlig‘iga agar Muhammad Rahimxon vafot etsa, podsho hukumati nomidan Asfandiyorxonni Xiva xoni deb tanish va tartibsizliklar vujudga kelsa, harbiy kuch bilan bostirish hamda yangi xondan mamlakatda islohotlar o‘tkazishni qattiq talab qilish topshiriladi.
Amudaryo bo‘limi boshlig‘i Glushanovskiy xonning ahvoli og‘irlashganini eshitib, 1910 yil 12 avgustda Xivaga yetib keladi va Islomxo‘janing iltimosi bilan Xivaga To‘rtko‘ldan qo‘shimcha kuch oldiradi. Muhammad Rahimxon II 1910 yil 16 avgustda vafot etgach,
Glushanovskiy Ko‘hna Arkda barcha amaldorlarni to‘plab, Asfandyorning Xiva xonligiga saylanganligini e’lon qiladi va uni podsho Nikolay II hamda Turkiston o‘lkasi general – gubernatori Samsonovlar nomidan tabriklaydi. Muhammad Rahimxonni dafn qilish marosimlari o‘tkazilgach, 1910 yil 17 avgust kuni Asfandiyorxon Polvon ota maqbarasida to‘plangan ulamolar oldida shariat bo‘yicha davlatni boshqarishga qasamyod qiladi. Xorazmdagi qadimiy an’analarga ko‘ra turli muhim masalalarni hal qilishda xon oldida 32 ta amaldor bo‘lmog‘i kerak edi. Asfadiyorxon 33 – mansab "Vaziri akbar" (bosh vazir) lavozimini joriy qildi va unga Islomxo‘ja Ibrohimxo‘ja o‘g‘lini tayinladi. Islomxo‘ja vazirlik lavozimida 1899 yildan beri ishlab kelayotgan edi.
Bu davrdagi Xiva xonligi siyosiy hayotida saroydagi guruhbozlik va fitnalar alohida o‘rin tutadi. Arxiv hujjatlarini o‘rganish bu jarayonda Asfandiyorxonning asosiy rol o‘ynaganligini ko‘rsatadi. Bunda u o‘z dushmanlarini yo‘q qilish, obro‘sizlantirish va ularning mol mulkini musodara qilish orqali o‘z boyligini oshirishni ko‘zda tutadi. 1911 yilda tog‘asi Davlatgaldi Do‘g‘ma qotillarini topish bahonasida ukasi Ibodulla to‘rani obro‘sizlantirish va Davlatmurot mahramni qatl etishga erishadi. Natijada Davlatgaldi Do‘g‘ma va Davlatmurod mahramlarning boyligini musodara qiladi. Aslida bu jarayon xonlikda boshlangan islohotlar sababli yuzaga kelgan edi. Chunki islohot natijasida azaldan mavjud soliq tizimini tubdan o‘zgartirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bundan mahalliy yer egalari, boylar va turkman urug‘ boshliqlari, shuningdek aholi katta jabr ko‘rishi mukin edi. Ya’ni turkmanlar "otliq" yerdan (30 tanob) 12 tilla soliq to‘lagan bo‘lsalar, endi har tanob yerdan 7 tanga, jami 23 tilla soliq to‘lashlari kerak edi. Yoki 10 tanobdan ko‘p yeri bo‘lgan katta yer egalari 6 tilla soliq to‘lagan bo‘lsalar, endi ular xazinaga katta miqdorda xiroj to‘lashlariga to‘g‘ri kelar edi. Albatta bu ularning norozilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
1912—1913 yillar davomida turkmanlarning bir necha marta xonga qarshi chiqqanliklari haqida arxiv hujjatlarida ko‘plab ma’lumotlar keltiriladi. Dastlab Islomxo‘ja bilan o‘zaro kelishib ish tutgan
Asfandiyorxon sekin – asta unga qarshi bora boshladi. Chunki Islomxo‘ja oqil vazir sifatida Asfandiyorxonning hoyi-havasiga, ortiqcha xarajat qilishiga yo‘l qo‘ymadi. Mavjud hujjatlar shundan dalolat beradiki, aynan shu masalada ular o‘zaro kelishmay qolishadi. Natijada, 1913 yil 9 avgustda Asfandiyorxon yollagan qotil Qurbonboy bo‘zchi tomonidan Islomxo‘ja o‘ldirildi. Shu bilan Asfandiyorxonning xohishiga qarshi turadigan odam qolmadi. Islomxo‘ja o‘ldirilgandan so‘ng Asfandiyorxon dastlab vaziri akbar mansabiga hech kimni tayinlamay, mamlakatni o‘zi idora qilishga harakat qildi. Biroq keyinchalik katta yer egasi Matvafo (Muhammad Vafo) Baqqolov va Ashur Mahramlar xonlikning siyosiy hayotida katta rol o‘ynay boshladilar. Mamlakatda poraxo‘rlik, talon — taroj avj oldi. Turkman sardorlari xonga shu bilan uning tayanchi bo‘lgan rus hukumatiga norozilik bildirib, yo‘llarda savdo karvonlarini talay boshladilar. 1913—1915 yillardagi turkmanlar isyonida Junaidxon (Qurbon Mamed sardor) ko‘zga tashlana boshladi. U turkman urug‘larini birlashtirib, xonning Ollaberganboy boshliq navkarlarini mag‘lubiyatga uchratdi va Xiva shahriga dahl qila boshladi. Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Geppener va Amudaryo bo‘limi boshlig‘i Kolosovskiylar 1915 yil yozida Xivaga keldilar. Ular turkman katxudo(oqsoqol)larini xon bilan yarashtiradilar va Geppener Kolosovskiyga Xiva shahrida bo‘lib turishni topshirib ketadi. Bu paytda Matvafo Baqqolov mehtar lavozimida xonlikni boshqarib turgan. "Asfandiyorxon farog‘at bo‘lib, har qal’alarga aroba bilan xotunlar yubordi. Har kimning xushro‘y qizi yo xotuni bo‘lsa olib kelib, haram saroyida saqladi". Aynan shu holat 1916 yilgi Xiva qo‘zg‘olonining boshlanishiga bir bahona bo‘ldi.
Xonning bosh vaziri Matvafo Baqqolovga qamoqdagi o‘zbeklarning ozod qilinishini so‘rab (1916 yil 20 yanvar) Qurbanmuhammad sardor (Junaid), Shomurod Baxshi, Jonjonbeklar kabi yovmut katxudolari muhrlari bosilib yozilgan iltimosnomaga Matvafo Baqqolov emas, uning nomidan Kolosovskiy aytib yozdirilgan javobi qaytarildi. Turkmanlar, zo‘ravonlik mazmunida yozilgan javobni olganlaridan keyin 3000 tacha otliq bo‘lib Junaid boshchiligida Xiva shahri yaqiniga kelib, u yerdan qamoqdagi o‘zbeklarni ozod qilishlarini so‘rab bosh vazirga yana xat bilan murojaat qilganlarida ular xuddi ilgaridek xonning bosh vaziridan emas, Kolosovskiyning mustamlakachilik ruhida, do‘q-po‘pisalar bilan bayon qilingan, taxdidlardan iborat javobini oladilar. Xiva shahrida vaziyat yanada keskinlashdi. 22 yanvar ertalab ikki yovmut katxudosi Kolosovskiy huzuriga kelib Jonjonbek, Shomurod Baxshi, Qurbon Muhammad sardor, Muhammad Berdibeklarning muhrlari bosilgan xatni keltirib, yana qamoqdagi o‘zbeklarning ozod qilinishini so‘radilar. Kolosovskiy turkmanlarga tezlik bilan tarqalishlarini aytib do‘q-po‘pisa qiladi. Lekin o‘zi ham baribir vahimaga tushib, 22 yanvarda Turkiston general – gubernatoriga shoshilinch yo‘llagan telegrammasida turkmanlar tomonidan Urganch va Xonqa shaharlariga ham xavf tug‘ilayotganligini, u shaharlarda Rossiya zavodlariga, yirik firmalariga xizmat ko‘rsatayotgan katta savdo korxonalarining joylashganligi munosabati bilan Petro-Aleksandrovskiydan bu shaharlarning har qaysisiga bittadan rota drujinalarini keltirishga ruxsat berishini so‘raydi. Bu to‘g‘rida o‘sha kuniyoq general-gubernator tomonidan Kolosovskiyga telefon orqali ruxsat beriladi. Turkman isyonchilari 22 yanvardan 23 yanvarga o‘tar kechasi o‘z elatlariga qaytib ketdilar.
Junaid borgan shaharlarida va u bormagan ba’zi hokimliklarda ham ko‘plab aholilar Junaidni yoqlab, u tomon o‘ta boshladilar. Turkiston general-gubernatori Martsonning Petrogradga - harbiy ministr nomiga yuborgan telegrammasida, 8 fevral kuni Xonqa shahrining eshonlari Junaidxon fuqaroligini qabul qilganliklari, bu to‘g‘rida ular butun xokimlik aholisi nomidan Junaidga yozma hujjat topshirganlari bayon qilinadi. Kolosovskiyning 9 fevralda Xivadan general-gubernatorga yuborgan telegrammasida esa, xonlikning ko‘pchilik markaziy shaharlari Junaid fuqaroligiga o‘tib unga tavon to‘layotganliklari va eshonlar orasida tayinlangan bosh ruhoniy tomonidan fatvo (hukm) ishlab chiqilganligi, unda Junaidxon fuqaroligiga o‘tmagan har kimsani (barchani) ruslarni quvvatlovchi g‘ayri din hisoblab, ularning mol-mulkini talaganlarning esa, jazodan ozod qilinishi xabar qilinadi.
Junaid o‘z odamlari bilan Yangi Urganchdan Xiva tomon yo‘l oladi. 10 fevral ertalab ular Xiva atrofini o‘rab oladilar. Otishmalar boshlanib ketdi. Xivada va uning atrofida xon hukumatining, uni himoya qilayotgan Rossiya otryadining ahvoli nihoyatda og‘irlashdi. 12 fevralga kelib xon har qanday hokimiyatini yo‘qotgan va Xiva hududida amalda faqat ikkita hokimiyat - qurollangan olomonga tayangan Junaidxon xokimiyati va bir necha yuz rus askari tomonidan quvvatlanayotgan Kolosovskiy xokimiyati bor edi, xolos. 12 fevralda Junaid otliqlari tomonidan shaharga hujumi va otishmalari kuni bo‘yi davom qiladi. Ular fevralning 12 dan 13 ga o‘tar kechasi Xivaning bitta darvozasini buzib shaharga bostirib kiradilar. Xonning saroyiga bostirib kirib borgan Junaid uni chaqirtirib keltirib: “Men sening hokimiyatiningni e’tirof qilaman, xonligingni qilavergin”, -deydi va turkmanlarning saroydan talon-toroj qilib olganlarini qaytarib berishi badaliga undan 18 ming so‘m talab qilib oladi. Shundan keyin Junaidning talabi bilan Matvafo Baqqolov va Abdullajonlar keltirilib o‘sha zahotiyoq qatl qilinadilar. Ular bilan birga Shixnazarboyning qarindoshi ham qatl qilinadi, Yovmutlar Xivani o‘rab turgan rus qo‘shini bilan jang qilib, qamoqdagi o‘zbeklarni ozod qiladilar. Junaid zambarakchilari Kolosovskiyning uyini vayron qilib tashladilar. Matvafo Baqqolov va Abdullajonlarning qatl qilinishlari sababi shunda ediki, ularning saroyda amaldorlik qilgan davrida xon saroyida ahloqsizlik, fitna, fuqarolardan yig‘iladigan turlicha yig‘inlar ayniqsa poraxo‘rlik rivoj topganligidan, tutqunlikdagi o‘zbeklarning qamalishini ular ham talab qilganligidan Junaid xabardor edi. Junaid otliqlari Matvafo Baqqolovning uyi va do‘konini talon-toroj qiladilar.
Shunday qilib, Junaid-poytaxtni egallash bilan maqsadiga qisman erishgan edi. Qamoqdagi o‘zbeklar ozod qilindi, fuqarolar la’natiga sazovor bo‘lganlar qatl qilindilar. Mamlakatning adolat va shariat bilan boshqarilishiga, xonlikda mustamlakachilikning tugatilishiga erishishga hali Junaid ojizlik qilardi. Buni faqat turkman otliqlari kuchiga tayanib amalga oshirib bo‘lmasdi.
General Galkin armiyasi Kolosovskiyga qo‘shilganidan keyin Rossiya qo‘shini Junaidni qo‘lga olish va turkmanlarni jazolash maqsadida jiddiy harakat qilsa-da, biroq uni qo‘lga tushira olmadilar Galkin ayg‘oqchilarining 18 fevralda bergan xabariga ko‘ra, Junaid ancha pul va anjomlar bilan 150 nafar saralangan otliqlari himoyasida Eron tomon yo‘l olgan. Bu xabardan keyin Turkiston general-gubernatori buyrug‘i bilan Eron chegarasida nazoratni kuchaytirish tadbirlari ko‘rila boshlandi. Junaidning Eronga chegaradan o‘tishi taxmin qilingan yo‘lni kuzatishga polkovnik Kadrzay boshchiligidagi ikki kazak yuzligi soqchilari va zahiradagi turkman eskadroni safarbar qilinadi.
Xivada general Galkin boshchiligidagi jazo otryadi, turkman qo‘zg‘olonchilari va xonga o‘z dardini aytishga Xivaga kelib, rus otryadi tomonidan haqoratlangan o‘zbek isyonchilari ustiga yurish qilib, ularning ta’zirini berishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu maqsadda Xivada katta kuch to‘plandi. 5 ta rota, 16 ta to‘p va 5 ta kazak yuzligidan tarkib topgan Galkin boshchiligidagi bu jazo otryadi 15 mart ertalab Xivadan G‘oziobod tomon yo‘l oldi.
G‘oziobodda ular turkmanlarning qattiq qarshiligiga uchradilar. G‘oziobod atrofi bir necha ming qurollangan turkmanlar bilan qurshab olingan edi. 16 mart kuni uni rus qo‘shini jang bilan ishg‘ol qiladi. Jazo otryadiga qarshi jangda ko‘pgina turkman qo‘zg‘olonchilari shahid bo‘ldilar.Galkin boshchiligidagi jazo otryadi o‘z harakatining birinchi kunidanoq mahalliy xalqqa nisbatan shafqatsiz jazo choralari qo‘lladi, dala sudlari ishlay boshladi. G‘oziobod shahriga o‘t qo‘yildi. Bu otryad 19 mart kuni ertalab chekinayotgan turkmanlar ketidan Taxta qal’asi tomon yurish qilib, o‘sha kuni kechqurun Junaidning, Xon eshonning va ularning safdoshlari hovlilariga bostirib kirib, uylarni vayron qilib tashlaydi. 20 martda Galkin jazo otryadi bilan Taxtaga bostirib kirib, unda bir necha kun turib keyingi harakati yo‘nalishlarini, jazo otryadining fuqarolarga nisbatan jazo choralarini belgilab oladi. Galkin Taxta qal’asida turgan paytida xonlikdagi barcha turkmanlarga qarata yozilgan murojaatini turkman urug‘lari katxudolariga tarqatadi. Bu murojaatida u g‘alayonchilarning boshliqlarini tutib keltirishlarini, g‘alayon paytida talon toroj qilinib olingan molu mulk va pullarini, turkmanlar qo‘lidagi butun qurol- aslaha, o‘q-dorilarini keltirib topshirishlarini, bundan tashqari murojaatda jazo otryadining Xivaga kelishi, uning harakati paytidagi Rossiya xazinasidan sarf qilingan barcha chiqimxarajatlarini to‘lashlari ham talab qilinadi. Jazo otryadi 14 aprelga qadar Taxta qal’asida turadi, bu yerga har kuni turkmanlar Galkin talabida ko‘rsatilgan narsalarni keltirib topshirar edilar. Bularni qabul qilish yuzasidan polkovnik Pavlov boshchiligida alohida komissiya shug‘ullanib, uning tarkibida xon amaldorlaridan podpolkovnik
Husaynbek (Matmurod devonbegining o‘g‘li), mehtar va Xonqa hokimi Hojiboylar ishtirok qiladilar. Keltirib topshirilgan pul, molmulk va qurollar yuzasidan ro‘yxat yuritilib, barchasi Xivadagi rus otryadi garnizoniga jo‘natilar va u yerdan Toshkentga yuborishga tayyorlanar edi.
Shunday qilib, Galkinning jazo otryadi 49 kunda xonlikning Qo‘ng‘irotdan tashqari (mamlakat g‘arbidagi) hamma shaharlarida bo‘ladi. Jazo otryadi bormagan, katta yo‘ldan chetroqdagi aholi yashaydigan joylarga qo‘zg‘olonda ishtirok qilganlarni axtarib topish, ularni jazolash, mol-mulkini musodara qilish uchun bosh otryaddan ajratib alohida otryadlar yuboriladi. 4 mayga qadar jazo otryadi tomonidan turkmanlardan 6 mingta o‘t ochar qurollar, shundan 3,5 mingtasi berdanka, boshqalari har xil sistemadagi miltiqlar, ko‘plab o‘q-dorilar, sovuq qurollari, mol-mulklar, bir million so‘mdan ortiqroq pul va har xil qimmatbaho buyumlar musodara qilinib olinadi. Musodara qilingan pullardan praporщik Maslovskiy Xiva otryadi garnizon shtabiga 20 mayda 123.600 so‘m, 21 mayda 223.469 so‘m, 22 mayda 434.904 so‘m, 23 mayda 257.938 so‘m pul topshiradi. To‘rt kunda jami 1 million 252 ming 304 so‘m miqdorida pul topshiriladi. Turkmanlardan musodara qilingan pullar tarkibida 18 ming dona tilla tanga (monet) va 25 fund tilla yombisi ham bo‘lgan. Bu tillalar pochta orqali ikkita qutida Davlat bankining Toshkent bo‘limiga yuborilgan. Faqat 25 martning o‘zida Xivaga 800 ta turkman gilami yuborilganligi ma’lum. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, 25 martga qadar ham, undan keyin ham turkmanlarning qanchadanqancha gilamlari musodara qilinib, Xivaga rus otryadi garnizon shtabiga jo‘natilgan.
Qo‘zg‘olon ko‘targan turkmanlarga general Galkin tomonidan 3 million 500 ming so‘m miqdorida tovon belgilangan edi. Shundan turkmanlar 10 mayga qadar 1 million 300 ming so‘mni pul bilan to‘laganlar va ulardan musodara qilib olingan mol-mulklarini 300 ming so‘m hisob qilib, hammasi bo‘lib turkmanlar 1 million 600 ming so‘m miqdorida tovon to‘laganlar. Turkmanlardan 2- 3 oy mobaynida yana 2 million so‘m miqdorida tovon to‘lashlari talab qilinadi.
Chor Rossiyasining Turkistondagi hukmdorlari Junaidni qo‘lga tushirishga juda katta e’tibor berdi va ko‘p kuch safarbar qildi. Jumladan, Galkin Junaid va Xon eshonni ta’qib qilishga Ushoq katxudolaridan Seyd-Mamedbek boshliq 300 otliq yuboradi va Junaidni tutib keltirgan taqdirda ularga qo‘zg‘olonda ishtirok qilgan gunohini yengillashtirish va mukofot va’da qiladi. Lekin, Seyd-Mamedbek otliqlariga birlashgan turkmanlarni hech qanday mukofot qiziqtirmagan. Ular faqat Galkin jazo otryadi qo‘liga tushib qolmaslik va nazardan chetda bo‘lish uchun unga qo‘shilganlar. Seyd-Mamedbekda ham Junaidni qo‘lga tushirish istagi bo‘lmagan. Shuning uchun ham, Junaidni ta’qib qilishga ketayotgan turkman otliqlarining ko‘pchiligi yo‘lda qolib ketganlar. Ular Junaidning Zakaspiy viloyati tomon ketayotganligidan xabardor bo‘lsalarda, Qo‘xna Urganch usti bilan yo‘lga chiqib vaqtni o‘tkazdilar.
Turkiston hukmdorlari Junaidning Eron tomon ketayotganligidan xabar topgach, uning yo‘lini to‘sishga harakat qilib, chegaraga otryadlar qo‘ydilar. Bu ish bilan Zakaspiy viloyati boshlig‘i general Kolmokov va general Narbut shug‘ullandilar. Temir yo‘l liniyasi bo‘ylab Yagman stansiyasidan Go‘ktepaga qadar (375 verst) kuzatuvchi otryadlar yuborish to‘g‘risida buyruq berildi. Junaidni qo‘lga olgani uchun 1000 so‘m, turgan joyi to‘g‘risida aniq xabar bergani uchun 500 so‘m miqdorida mukofot e’lon qilindi. Bu mukofotlar birorta turkmanni qiziqtirmadi, ular Junaidning ketayotgan yo‘lidan xabardor bo‘lsalarda, uni mustamlakachilarga tutib berishni istamadilar. 1916 yil aprelning 18 idan 19 iga o‘tar kechasi Ortiq va Bobodurmaz stansiyalari oralig‘idagi Sundukli darasi orqali Junaid chegaradan Eronga o‘tib ketgan. Junaid mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham uni mustamlakachilar yo‘k qila olmadilar. Chor Rossiyasi hukmdorlarining Junaidni yo‘q qilishga jiddiy kirishishi va unga ko‘p kuch sarf qilishlarining sababi shunda ediki, Junaidning Xivadagi g‘alabasi Zakaspiy turkmanlarining mustamlakachilarga qarshi kurashga otlanishiga, bu esa, Chor Rossiyasiga qarshi butun Turkistonda yetishib kelayotgan milliy-ozodlik harakatining boshlanib ketishiga olib kelgan bo‘lardi. Xiva qo‘zg‘olonidan 4 oydan keyin 1916 yil iyulida Xo‘jandda, Samarqandda, Jizzaxda, Qo‘qonda, Andijonda, Namanganda, Toshkentda turkistonliklar Chorizm zulmiga qarshi kurashga otlandilar. Deyarli butun Turkistonni qamrab olgan 1916 yilgi bu ozodlik harakati Xiva qo‘zg‘oloni bilan boshlandi deyish mumkin.
1916 yilgi Xiva qo‘zg‘oloni to‘g‘risidagi hujjatlarni tahlil qilish asnosida shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, bu qo‘zg‘olonda Bobooxun Salimovning g‘oyaviy rahbarligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. U qo‘zg‘olonchilar boshliqlarini xon saroyida himoya qilish bilan birga, o‘zbek, turkman, qoraqalpoq millati vakillarining ittifoqini ta’minlashga katta hissa qo‘shadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligining ijtimoiy — siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim voqealarga boy davr bo‘ldi. Xiva xonligining Rossiya manufakturasi mahsulotini sotish uchun ochiq bozorga va xom — ashyo manbaiga aylantirilishi mamlakatdagi ijtimoiy hayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Mulkchilik munosabatidagi o‘zgarishlar aholining tabaqalanishuv jarayonini kuchaytirdi, bu o‘z navbatida boshqaruv tizimida ba’zi islohotlar o‘tkazishni talab qildi. Albatta, bularning barchasi podsho Rossiyasi hukumati manfaatlari doirasida amalga oshirildi. Mamlakatda jadidchilik g‘oyalarining paydo bo‘lishi, Asfandiyorxonning hokimiyat tepasiga kelishi, uning hukmronligining dastlabki paytlarida taxt atrofidagi guruhlar kurashi, Islomxo‘ja islohotlari, ayniqsa, turkmanlarning qurolli kurashlari, hatto ba’zan turli xalqlar vakillarining xon va uning amaldorlariga qarshi birgalikdagi kurashi XX asr boshlarida Xiva xonligidagi asosiy ijtimoiy — siyosiy voqealar sirasiga kiradi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish