8. Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.
Kaufman o`zining birinchi harbiy kampaniyasidan so`ng besh yil davomida Xivaga yurish uchun tayyorgarlik ko`rdi. Pyotr I farmoni bilan yurish qilgan Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining katta qismi halokatga uchraganiva Perovskiy qo`shinlarining yomon tayyorgarlikko`rilganligi sababli Xiva xonligi chegaralarigachayetib bormay, qaytib ketishga majbur bo`lgani uning yodida edi. Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik davom etardi, chunki Xiva ustidan nazorat o`rnatishbutun Amudaryo ustidan hukmronlikni, bu yerdamuntazam kema qatnovini yo`lga qo`yishni va uningquyi oqimidagi g`oyat boy tekislikdan foydalanishimkoniyatini berar edi. O`rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosibolinishining uchinchi bosqichi (1873—1879) o`rtaOsiyodagi barcha harbiy harakatlari orasidagi eng kengko`lamlisi edi. Undan ko`zlangan maqsad Xiva xonligini bosib olish edi. Hujum to`rt harbiy okrugdan: g`arb-da — Mang`ishloq, shimolda — Orenburg, sharqda —Turkiston va Krasnovodsk harbiy okruglaridan olib borildi. Ularda 12 ming nafardan ziyod .askar bor edi. Transport 4600 otdan va 20 ming tuyadan iborat edi. Kaufman ushbu barcha kuchlarning bosh qo`mondoni etib tayinlandi.
U ushbu ulkan armiya bilan 1873-yil fevralda o`zining Toshkent, Kazalinsk, Orenburg, Mang`ishloq va Krasnovodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir vaqtda yo`lga chiqdi. Biroq hujum rejasi yomon rejalashtirilganligi sababli, qo`shin avvaliga sovuq 25 daraja va keyinroq issiq soyada 42 darajaga yetadigan, qum 60 darajagacha qiziydigan, quduqlarda deyarli suv bo`lmagan dasht-u biyobondan o`tishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Toliqqan odamlar holdan toyib, dastlab bitta-bitta, keyinchalik esa guruh-guruh bo`lib ortda qola boshlashdi.
Qo`shin hali yo`lning yarmini ham bosib o`tmasidan 120 kishilik rotalarda jangga shay askarlar ko`pi bilan 25 nafar qolgandi.
Yo`lga chiqqan 13 ming kishidan 7,5 ming nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. Ko`pchilik issiqdan yoki kasalliklar tufayli vafot etdi yoxud yarador holda o`z bazalariga qaytib ketdi. Krasnovodsk va Mang`ishloq qo`shinlari jazirama issiqdan va suv yetishmasligidan holdan toyganligi sababli yo`lning yarmiga bormay orqaga qaytib ketdilar.
Turkiston, Orenburg qo`shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yaqin kelishdi. Yo`lda podsho qo`shinlariga xivaliklarning ko`plab mayda guruhlari hujum qilib, jiddiy talafot yetkazishardi. Xiva vohasi va Amudaryo sohillariga yaqinlashgan sayin xivaliklarning qarshiligi kuchayib borardi. 1873-yil may oyida Hazorasp qaPasi va Qo`ng`irot yaqinida ayniqsa shiddatli janglar bo`lib o`tdi. May oyi davomida Xo`jayli, Mang`it shaharlari yaqinida va Xivaning o`zidan 10 krn masofada ham shu kabi shiddatli janglar bo`ldi. Biroq Xiva qo`shinlari uncha katta bo`lmagan guruhlar bilan hujum qilishgani bois podsho qo`shinlari ularni parokanda qilib, shaharlarni bosib olishga muvaffaq bo`lardi.
1873-yil may o`rtalarida podsho qo`shinlarining ilg`or otryadi Xivaga yetib bordi va hujutn boshladi. Birinchi hujum qaytarildi va podsho otryadi katta talafot ko`rdi. Hujumga qo`mondonlik qilgan general Veryovkin hatn yarador bo`ldi. Talafot juda katta bo`lgani sababli otryad chekinishga hamda general Kaufman boshchiligidagi asosiy kuchlar yetib kelishini kutishga majbur bo`ldi.
Kaufman yetib kelishi bilan qo`shin yana shaharni qo`lga kiritishga urinib ko`rdi, biroq bu urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Kaufman muzokaralar olib borishga qaror qildi, shundan keyingina unga Hazorasp darvozasi ochildi. 29-may kuni general shaharga tantana bilan kirib keldi.
Xivani bosib olgach, Kaufman xon xazinasini kontributsiya hisobidan musodara qilishni va uni Sankt-Peterburgga jo`natishni buyurdi. Qadimiy qo`lyozmalar, tanga tayyorlanadigan chekanlar (tanga-chaqa zarb qiladigan tamg`a va zarb tasviri), qo`ng`irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari ham qo`shib jo`natildi. Shundan so`ng Kaufman Gandimiyon qishlog`idagi qarorgohiga yo’1 oldi va Xiva xoni bilan muzokaralar shu yerda o`tkazildi.
Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Kaufmai) tomonidan taklif etilgan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. 1873-yil 12-avgustda imzolangan, diplomatiya tarixiga Gandimiyon shartnomasi nomi bilan kirgan shartnomasida: "Xiva xoni hazratlari Rossiya bilan sulh va do`stlik shartnomasini tuzadi va imperator hazrati oliylarining yuksak himoyatidan foydalanadi", — deb ta’kidlangan.
Diplomatiya tilida bu Xiva xoni Rossiya imperatori tobeligiga o`tganini bildiradi. I moddada: "Sayid Rahim Bahodurxon o`zini butunrossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo`shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do`stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning o`rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi", — deb to`g`ridan-to`g`ri yozib qo`yilgan. Xiva xoni tashqi olamdan, shu jumladan, eng yaqin qo`shnilardan ham to`liq ajralish, ular bilan amalga oshiradigan munosabatlarni Rossiya imperiyasi hokimiyati ruxsati bilangina yuritish majburiyatini oldi.
Shu paytgacha Xiva xonligining mulki hisoblangan Amudaryo o`ng sohilining va unga yondosh yerlarning hammasi o`sha yerda istiqomat qiluvchi va ko`chmanchi xalqi bilan xonning qo`lidan to`liq chiqib ketdi. Rossiya kemalariga Amudaryo bo`ylab harakatlanishda mutlaq huquq berildi. Rossiya savdogarlari butun xonlik bo`ylab erkin yurish va boj to`lovlarisiz savdo-sotiq qilish huquqiga ega bo`lishdi. Xiva xoni va mahalliy hokimiyat rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari xavfsizligi uchun javobgar edi.
Rossiya va Xiva xonligi o`rtasida imzolangan shartnomada yana shunday yozilgan edi: "Chap qirg`oqdagi mslar uchun zarur va qulay bo`lgan yerga ular o`zlarining pristanlarini qurish huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Pristanlar uchun joyning tanlanishi o`rta Osiyodagi rus oliy hokimiyatining tasdiqlashiga bog`liq.
Xiva xonligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochiq. Rus savdogarlari va karvonlari xonlikda erkin harakatlanadilar va mahalliy hokimiyatning alohida g`amxo`rligidan foydalanadilar. Karvonlar va omborlarning xavfsizligi uchun xon hukumati javob beradi. Xonlikda savdo qiluvchi rus savdogarlari har qanday soliqlardan ozod qilinadi, xuddi shunday Xiva savdogarlari ham Kazalinsk yo`lida va Kaspiy dengizining Orenburg pristanida savdo qilganlari uchun soliq to`lamaydilar. Rus savdogarlariga xonlik yerlaridan qo`shni davlatlarga yuklarini bojsiz olib o`tish huquqi beriladi".
Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kofitributsiya) to`lash yuklandi. Xon xazinasida pul bo`lmagani uchun bu mablag` xalqdan yig`ib olinishi lozim edi. Uni 20 yil davomida to`lash rejalashtirildi.
Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini amalda podsho hukumatiga to`liq bo`ysunadigan mayda viloyat bekligi darajasida yerga urgan og`ir sharmandali shartnoma edi. U Xiva xalqi zimmasiga yangi soliqlarni va yangi majburiyatlarni yuklar edi. Xonlik hududi uch baravar kichraydi. Xiva xonligi o`z nomini va arzimagan hududini saqlab qoldi-yu, ammo mustaqillikdan to`liq mahrum bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |