1§. XIX ASR O’RTALARIDA O’RTA OSIYO DAVLATLARINING HUDUDI VA AHOLISI
1. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan?
A) Buxoro amirligi B)
Xiva xonligi
C) Qo’qon xonligi D) Afg’oniston davlati
2. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan?
A) Amudaryoning chap qirg’ogi B) Sirdaryo
C) Pomir tog’lari D)
Xiva xonligi
3. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan?
A) Amudaryoning chap qirg’ogi B) Sirdaryo
C) Pomir tog’lari D) Xiva xonligi
4. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan?
A) Amudaryoning chap qirg’ogi B) Sirdaryo
C) Pomir tog’lari D) Xiva xonligi
5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan?
A) Amudaryoning chap qirg’ogi B) Sirdaryo
C) Pomir tog’lari D) Xiva xonligi
6. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang?
A) Eron, Afg’oniston
B) Qo’qon va Xiva xonliklari
C) qozoq juz yerlari
D) Sharqiy Turkiston va Xitoy
7. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang.
A) Zarafshon vodiysi B) Sirdaryo vodiysi
C) Jizzax vohasi D) Qarshi vohasi
8. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar joylashgan?
A) Buxoro, Samarqand B)
Shaxrisabz, Qarshi
C) Kitob, G’uzor D) Termiz, Sherobod
9. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Buxoro, Samarqand B) Shaxrisabz, Qarshi
C) Kitob, G’uzor D) Chorjo’y, Marv
10. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Termiz, Sherobod B) Hisor, Ko’lob
C) Termiz, Ko’lob D) Oqmachit, Turkiston
11. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping.
A) Vaxsh vodiysi B) Kofirnihon vodiysi
C) Panj vodiysi D) Murg’ob vohasi
12. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping.
A) Vaxsh vodiysi B) Kofirnihon vodiysi
C) Panj vodiysi D) Murg’ob vohasi
13. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan?
A) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan.
B) Amirlik beklik va noiblikka bo’linib, ularni amir tomonidan tayinlangan noib boshqargan.
C) Amirlik viloyatlarga bo’linib, viloyatlarni qushbegi boshqargan.
D) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni devonbegi boshqargan.
14. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan?
A) 40 ta B) 18ta C) 23 ta D) 27 ta
15. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Eron B) Buxoro amirligi
C) Kaspiy dengizi D)
qozoq juzlari
16. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Eron B) Buxoro amirligi
C) Kaspiy dengizi D) qozoq juzlari
17. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Eron B) Buxoro amirligi
C) Kaspiy dengizi D) qozoq juzlari
18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Eron B) Buxoro amirligi
C) Kaspiy dengizi D) qozoq juzlari
19. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang.
A) Xiva B) Qo’ng’irot
C) Urganch D) Vazir
20. Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Xiva, Kat B) Yangi Urganch, Hazorasp C) Qo’ng’irot, Xo’jayli D) Vazir, Mang’it
21. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan tayinlangan…… boshqargan.
A) beklar B) noiblar
C) beklar va to’ralar D) biy va beklar
22. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan?
A) 40 ta B) 18 ta C) 23 ta D) 27 ta
23. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro
amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-Qo’qon xonligi tashkil topdi?
A) Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
B) Farg’ona vodiysi va Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
C) Farg’ona vodiysi va Irtish radyosining quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
D) Farg’ona vodiysi va Norin daryosigacha bo’lgan hududlar
24. Qo’qon xonligi sharqda qayerlar bilan chegaradosh edi?
A) Sharqiy Turkiston B) Buxoro amirligi
C) Xiva xonligi D) B va C
25. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi?
A) Sharqiy Turkiston B) Buxoro amirligi
C) Xiva xonligi D) B va C
26. Qo’qon xonligi janubda qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan?
A)
Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
B) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa
C) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar
D) Erjar, Oqmachit, Turkiston,
Toshkent
27. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y bergan?
A) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
B) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa
C) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar
D) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent
28. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato berilgan javobni aniqlang?
A) Qo’qon, Toshkent,
Andijon
B) Marg’ilon, Namangan, O’zgan
C) O’sh, Pishpak, Turkiston
D) Chimkent, Qorategin, Darvoz
29. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo’lgan?
A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi
C) Qo’qon xonligi D) Afg’oniston
30. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari va yaqinlaridan tayinlangan kishilar boshqargan?
A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi
C) Qo’qon xonligi D) Afg’oniston
31. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi?
A) 800 ming B) 2 mln. atrofida
C) 3 mln.ga yaqin D) 3 mln.dan ortiq
32. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi?
1. o’zbek 2. tojik 3. qoraqalpoq 4. turkman
5. qozoq 6. qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1,3,4,5
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
33. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi?
A) 800 ming B) 2 mln. atrofida
C) 3 mln.ga yaqin D) 3 mln.dan ortiq
34. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan?
A) o’zbeklar B) turkmanlar
C) qozoqlar D) tojiklar
35. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi?
1. o’zbek 2. tojik 3. qoraqalpoq 4. turkman
5. qozoq 6. qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1,3,4,5
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
36. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi?
A) 800 ming B) 2 mln. atrofida
C) 3 mln.ga yaqin D) 3 mln.dan ortiq
37. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi?
1. o’zbek 2. tojik 3. qoraqalpoq 4. turkman
5. qozoq 6. qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1,3,4,5
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
38. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping.
A) uyg’urlar B)
yahudiylar
C) hindlar D) xitoyliklar
39. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping.
A) dehqonchilik B) hunarmandchilik
C) savdo-sotiq D) chorvachilik
39. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato berilgan javobni toping?
A) qozoq, qoraqalpoq B) turkman, qirg’iz
C) qozoq, qirg’iz D) o’zbek, tojik
40. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z ichiga olgan?
1. Qozog’iston 2. Qirg’iziston 3. Tojikiston
4. Turkmaniston 5. Eron 6. Xitoy
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 5
C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5
41. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Buxoro, Samarqand B) Shaxrisabz, Qarshi
C) Dushanbe, Sherobod D) Qunduz, Shibirg’on
42. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Oqmachit, Turkiston, Andijon
B) Pishpak, Avliyoota, Xo’jand
C) Namangan, O’zgan, Marg’ilon
D) Qashg’ar, Yorkent, Badaxshon
43. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch
B) Urganch, Xiva
C) Hazorasp, Marv
D) Astrobod, Qunduz
44. Qo’qon xonligida qancha beklik bo’lgan?
A) 40 ta B) 15 ta C) 23 ta D) 27 ta