22. Mulkdоrlarning bоshqalar mеhnati mahsulini o`zlashtirib оlishi bu …
A) manifеst B) fraksiya
C) ekspluatatsiya D) dеklaratsiya
23. Quyidagi Rossiya tarixi bilan bog’liq ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
1. Korxonalarda ish vaqti o‘rta hisobda 10-14 soat davom etar edi.
2. Fabrikaga yollangan ishchi xo‘jayin do‘konidan mahsulotni nasiyaga va qimmat narxlarda olishga majbur edi. Do‘kon korxona egalari uchun ishchilarni qo‘shimcha ekspluatatsiya qilish vositasi vazifasini bajargan.
3. Bolsheviklar Rossiyada xususiy mulk bo‘lmaydigan, jamiyat a’zolari ezuvchi va eziluvchilarga bo‘linmaydigan, davlat hokimiyati, asosan, ishchilar sinfi qo‘lida bo‘ladigan, barcha mulk davlatniki hisoblanadigan jamiyatni qurmoqchi edilar. Bunday jamiyatni qurish uchun mavjud tuzumni ishchilarning qurolli qo‘zg‘oloni (aslida davlat to‘ntarishi) orqali ag‘darib tashlash
g‘oyasini targ‘ib etganlar.
4. Rossiya tarixida birinchi inqilob mehnatkashlarining og‘ir turmushi rus-yapon urushi natijasida yanada yomonlashib ketishi oqibatida yuz
berdi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
24. Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlanganda imperatorning ,,odilligi“ga ishongan Peterburg ishchilaridan qancha kishi 9-yanvar, yakshanba kuni o‘z iltimoslarini podshoga bildirish uchun tinch namoyishga chiqdilar.
A) 200 ming B) 250 ming
C) 300 ming D) 350 ming
25. Nikolay II 9-yanvardagi tinch namoyishni o‘qqa tutishni buyurdi. Bu voqea Rossiya tarixiga „Qonli yakshanba“ nomi bilan kirgan. Peterburgdagi ,,qonli“ voqealarga javoban qaysi shaharlarning ishchilari ish tashladilar?
1. Moskva 2. Riga 3. Varshava 4. Gdansk
5. Boku 6. Kiyev
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,5,6
26. Quyidagi javoblardan xato variantni toping?
A) Rossiyada 1-Duma faoliyatidagi asosiy masala agrar masala edi. Deputatlarning 1/4 qismiga yaqini dehqonlar vakillaridan iborat edi
B) Agrar masala xususida Duma hukumat loyihasini tasdiqlamadi. Hukumat, tez orada, Dumadagi sotsial-demokratlarga davlat to‘ntarishi tayyorlamoqda, deb ayb qo‘ydi va ularni Duma tarkibidan chiqarishni
talab etdi. Bu talabga javob berishning cho‘zilib ketganligi bahonasida Nikolay II 3-iyunda 2-Dumani tarqatib yubordi.
C) Rossiyada hukumat imperator oldida javobgar edi. Unga ,,veto“ huquqi berildi
D) Manifest – yunonchadan, Ekspluatatsiya esa fransuzchadan olingan atamadir
27. 1907-yil 3-iyunda saylov to‘g‘risidagi yangi
qonun o‘zida hukmron tabaqa manfaatini to’la darajada aks ettirdi. Chunonchi, bir pomeshchikning ovozi .. ta yirik burjuaziya vakilining(a), ... nafar dehqonning (b) va ... nafar ishchining (c) ovoziga teng edi?
A) a-4, b-260, c-743 B) a-6, b-268, c-543
C) a-5, b-280, c-543 D) a-4, b-260, c-543
Do'stlaringiz bilan baham: |