Kalom ilmi. Islomiy ilmlar haqida gapirilganda, kalom ilmini aytmaslik
mumkin emas. Kalom ilmi o’zi nima? Umumiy qilib aytganda, kalom ilmi
deb, diniy aqidalar va ularning usullarini aqliy va naqliy dalillar asosida
talqin qilib, ular ichidagi har qanday shubhali, bir tomonlama qarashlarga
barham beradigan ilmga aytiladi. Kalom il mi bilan shug’ullanuvchi olimlar
mutakallimlar deyiladi. Kalom arabcha - nutq, jumla, gap-so’z degan ma’nolarni
anglatadi. Boshqacha aytganda, bu ilm islom falsafasi, aqidaviy masalalarni
o’rganadi. Islom dinimizda aqida masalasi juda ahamiyatli hisoblangan. Aytish
mumkinki, bugun aqidaviy kelishmovchiliklar, ixtiloflar kuchaygan bir paytda
kalom ilmi eng muqobil ma’rifiy, ta’sirchan kuch vazifasini o’tashi shubhasiz.
Munozaralar, ortiqcha ehtiroslarga berilish, ba’zan janjallarga aylanib ketadigan
ko’p omillar aqidaviy masalaga kelib taqaladi. Aqidaviylikdan mutaassiblik
paydo bo’lishi hech gap emas. Mutaassiblar ko’pincha noto’g’ri ta’limotlarga
yopishib olishadida, bir tomonlama fikr yuritib, boshqalarning fikr-
mulohazalarini tan olmay inkor qilishadi. Shuning uchun kalom ilmi islom
falsafasi ham deyilgan. E’tiborga molik tomoni shundaki, yurtimizdan buyuk
mutakallimlar yetishib chiqqan bo’lib, o’rta asrlarda faoliyat ko’r satgan mashhur
olim imom Abu Mansur al-Moturidiy (870-944) kalom ilmida yuksak darajaga
erishganlardan biridir. Imom al-Moturidiy, eng avvalo, kalom ilmi sohasida
tom ma’noda tarixiy ishlar qilgan, o’ziga xos maktab yaratgan va bu maktab
o’shandan buyon uning tabarruk nomi bilan Moturidiya maktabi (yo’nalishi)
deb yuritiladi. U, shuningdek, fiqh ilmi rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan
allomalardan biri.
O’rta asrlarda yashab o’tgan ko’p allomalardan farqli o’laroq, imom al-
Moturidiy xorijiy yurtlarga safar qilmagan. Ehtimol, shu bois uning ta’limoti,
xususan, kalom ilmi sohasidagi ta’limoti ham olim yashagan davrda boshqa
o’lkalarga keng ko’lamda tarqalmadi. Muqoyasa uchun aytadigan bo’lsak,
kalom ilmining benazir allomalardan yana biri – Ash’ariya maktabining
asoschisi imom Abulhasan al-Ash’ariy Bag’dodda yashab faoliyat
ko’rsatganligi tufayli uning nomi ham, ta’limoti ham olim yashagan davrdan
e’tiboran musulmon Sharqida ancha ma’lum bo’lgan.
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning kalom va fiqh ilmlari sohasidagi
qarashlari uning «Kitob at-tavhid» va «Kitob ta’vilot ahl as-sunna» asarlarida
bayon etilgan. Bu boradagi ko’p qimmatli ma’lumotlar allomaning vafotidan
keyin Motrudiya ta’limotiga bag’ishlab yaratilgan qator asarlarda ham o’z
ifodasini topgan. Bilish (ma’rifat) nazariyasi kalom ilmi bilan shug’ullangan
olimlarning doim diqqat-e’tiborida bo’lgan. Bu masala bilan ilmiy asosda jid diy
shug’ullangan olimlardan biri ham - Abu Mansur al-Moturidiy. Uning qalamiga
mansub ikkala yirik asar - «Kitob at-tavhid» va «Ta’vilot ahl as-sunna»
dastlabki qismlaridanoq bilish nazariyasiga bag’ishlangan. Ayniqsa, «Kitob at -
tavhid» asari kalom ilmidagi bilish nazariyasiga oid eng dastlabki manba
bo’lib, unda ushbu masala g’oyatda nafis uslubda ifoda etiladi. Imom al -
Moturidiy ta’limotiga ko’ra, bilishning uch asosiy manbai bor: hissiy (sezgi
a’zolari vositasida) bilish, naql (rivoyatlar vositasida, ya’ni Qur’on oyatlari va
hadislar asosida bilish) va aql (idrok) vositasida. Mavridi kelganda shuni
ta’kidlash kerakki, imom al-Moturidiyning bilish nazariyasida aql-idrokning
alohida o’rni bor va unga ayricha ahamiyat beriladi.
Imom al-Moturidiyning boshqa yirik asari «Ta’vilot ahl as -sunna» yoki
«Ta’vilot ul-Qur’on» deb ataladi. Mazkur asarning ilmiy va amaliy ahamiyati
juda katta. U ahli sunna ulamolari tomo nidan Qur’oni karimni sharhlash
(ta’vil qilish) bo’yicha qilingan dastlabki jiddiy urinish bo’lib, bu sharh aql
va naql nuqtai nazaridan amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Boshqacha
aytganda, Qur’oni karim imom al-Moturidiyning kalom ilmiga oid ta’limoti
nuqtai nazaridan turib tafsir qilingan.
Imom al-Moturidiyning fikricha, insonlarning yomon xulqlari – gunohlari
Allohning irodasi bilan (chunki Alloh bu ishlarni taqdir qilgan), lekin uning
roziligisiz amalga oshiriladi. Alloh taolo insonlarni erkini o’ziga bergan holda
yaratgan, ya’ni shu harakatlarni azalda taqdir etib qo’ygan bo’lsa -da,
insonning ba’zi ishlariga sohib ixtiyorligi ham bor. Buni imom al -Moturidiy
«af’oli ixtiyoriy» deb atab, «insonda iroda erkinligi mavjud» deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, imom al -Moturidiyning «Kitob at-tavhid»
va «Ta’vilot ahl as-sunna» asarlari buyuk alloma merosini o’rganishda alohida
ahamiyatga ega. Ularda islom dini falsafasini tashkil etadigan kalom ilmining
turli masalalarida talay haqqoniy fikrlar ilgari surilgan, aqidaviy haqiqatdan
adashgan firqalar ilmiy nuqtai nazardan tanqid qilingan.
O’tgan yili 2700 yillik tarixini nishonlagan Qarshi (Nasaf)dan yetishib chiqqan
yirik olim Abul Mu’yin an-Nasafiy (1027-1124) o’zining ma’naviy ustozi imom al-
Moturidiy ta’limotini yangi g’oyalar bilan boyitib moturidiya ta’limotining butun
Sharq mamlakatlariga tarqalishida ulkan hissasini qo’shdi. Uning qalamiga mansub
«Tabsirat al-adilla», «Bahr al-kalom» va «Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid»
nomli kalomiy asarlari aqidaviy masalalarni chuqur, ayni vaqtda sodda va ixcham
tarzda sharhlaydigan muhim manbalardan hisoblanadi. O’rni kelganda ayti sh
kerakki, Toshkent islom universitetining yosh tadqiqotchilari Abul Mu’yin an -
Nasafiyning asarlari ustida talay ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirgan bo’lib, bu
xayrli ishlar kelajakda yanada davom ettiriladi. Nasaflik yana bir taniqli olim
Makhul an-Nasafiy (vafoti 930 yil) ham o’zining «Kitob ar-rad ala ahl al-bidat val
ahva» (Bidat ahli va aynigan havoiylarga raddiya kitobi)nomli asarida o’sha davrda
paydo bo’lib, xilma xil ixtiloflarni keltirib chiqargan ko’plab diniy oqimlar va
firqalar haqida to’liq ma’lumotlarni olish mumkin. Muallif ushbu qimmatli asarida
o’rta asrlarda islom olamida paydo bo’lgan ko’p sonli oqimlarni olti guruhga
ajratib keltirgan: qadariya, jahmiya, rofiziya, haruriya, jabariya, murji’a. O’z
navbatida, har bir guruh 12 toifaga ajratilgan bo’lib, asarda jami 72 guruh va
firqalar, ularning tasniflari haqida bayon qiladi. Makhul an-Nasafiy bu guruhlardan
har biri ilgari surgan botil g’oyalar va asossiz da’volarning bid’at va xurofot
ekanligiga Qur’oni Karim oyatlari va Payg’ambarimiz Muhammad a.s.ning
hadislaridan dalillar keltirgan holda o’z raddiyalarini bildiradi. Mazkur oqimlarga
nisbatan hanafiya mazhabi nuqtai nazaridan turib yozilgan ushbu asar ayni vaqtda
islom dinidagi turli-tuman oqimlar tarixi to’g’risidagi dastlabki asarlardan sanalib,
ular haqida mukammal ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir. Shu bilan birga
asarda zikr etilgan oqimlarning o’ziga xos xususiyatlari qiyosiy tadqiq etish uchun
yetarli darajada bayon etilganligi asar ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bundan qariyb 10 asr muqaddam yashab o’tgan xorazmlik buyuk alloma
Mahmud az-Zamaxshariyning hayoti va merosiga bir nazap solaylik. Jismoniy
nogironligiga (og’ir kasalga chalingani tufayli yoshligida bir oyog’i kesilgan)
qaramasdan bu zot ilmu irfon talabida o’z umrining aksar qismini uzoq
mamlakatlarda safarda, musofirchilikda o’tkazadi. Makkai mukarramada olti yilga
yaqin yashadi. Shu bois hech bir olimga nasib etmagan Jorulloh (Allohning
qo’shnisi) degan yuksak maqomga sazovor bo’ldi. U butun umrini ilmga bag’ishladi
va ilmfanning turli sohalariga oid oltmishga yaqin asarlar yaratdi. Bundan bir
necha yil muqaddam muhtaram Prezidentimiz Xorazm viloyat kengashining
navbatdan tashqari sessiyasida so’zlagan nutqida bu benazir allomaning jahon
tamadduniga qo’shgan ulkan hissasi haqida to’xtalib, bir arab mutafakkirining
Do'stlaringiz bilan baham: |