4-Modul: Ilk o’rta asrlarda o’zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayot.
1. Xioniylar, kidariylar va eftaliylar.
2. Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy
rivoji.
3.Movarounnahr arablar tomonidan istilo etilishi va arablarga qarshi harakatlar.
Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’oni- Karim-muqaddas kitob.
4. Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini
rivojlantirishda O’rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma’naviy kamolotga erishuv
yo’lida muhaddislar merosining ahamiyati
1. Xioniylar va kidariylar va eftaliylar.
Uzoq o’tmishda xioniylar va ular tarkibidagi barcha qabilalar Shimoliy Xitoyda,
Sibirda, milodiy 1-2 asrlarda esa Qozog’iston cho’llarida yashaganlar. Ularning ayrim
guruhlari shu asrlarda Movarounnahr va Xorazm hududlariga ham kelib joylashganlar.
Xioniy qabilalari kirib kelgan paytda Movarounnahr va Xorazm hududida xorazmliklar
so’g’diylar, kushonlar, qang’arlar va bir qancha boshqa xalqlar yashagan.
V asrning 20 yillarida O’rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va orol bo’ylari orqali yana
bir ko’chmanchi aholi kidariylar (yuejchji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi. Kidar
ismli hukmdor ularga yo’lboshchilik qilgani uchun kidariylar nomi bilan tilga olinadi.
Kidariylar So’g’diyonani Amudaryo bo’ylaridagi yerlarni egallab o’z hukmronligini
o’rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantiradilar Biroq
kidariylar hukmronligi uzoq davom etmaydi. Kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida
ziddiyatlar kuchayib, ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’ladi. 456 yilda
bo’lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar. Ayni
paytda shimoldan janubga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston
tomon chekinishga majbur bo’ldilar. Kidariylar u yerda 75 yilcha hukmronlik qildilar. Bu
hududlarni turk hoqonligi egallaganda xorazmliklar va so’g’diylar qatorida kidariylar,
xioniylar, eftaliylar va boshqa xalqlar ham bo’lgan. Xion (xioniy), Kidariylar etnoslarining
kelib chiqishi haqida xaligacha aniq ma’lumotlar yo’q va tadqiqotchilar orasida ham turli
baxsli fikrlar mavjud. Masalan, xioniylarni eftaliylarga yoki kidariylarga tenglashtirgan,
ba’zan esa buning teskarisi eftaliylarni xioniylar deyilgan.
Xioniylar tarixiy manbalarda milodiy 4 asr o’rtalarida tilga olingan. Beyshida (6 asr)
bir vaqtlar xunlar Sude (So’g’d) xokimini o’ldirib Sudeni egallagan edilar. Shu
ma’lumotlarga ko’ra 350-356 yillarda xioniylar So’g’diyonani va uning markaziy shahri
Samarqandni egallaganlar. 356 yilda xioniylar sarkardasi o’g’li bilan Sosoniylar podshosi
Shopur 2ni Amida (Suriya) shahrini qamal qilishda ittifoqdosh sifatida unga yordam
bergan. Shu yilda xioniylar Zarafshon vohasini egallagandan so’ng Amudaryo vohasiga
chiqib Eron sosoniylari bilan chegaradolsh bo’lib qolgan. Dastlab xioniylar Sosoniylar
bilan ittifoqchilikda yashagan bo’lsada, 4 asr oxiri 5 asr boshlarida ular bilan raqiblashib
kelganlar. 460 yili xioniylarning katta qismi Hindistonning shimoliy-g’arbiy hududlariga
ko’chadilar ularning ayrim guruhlari Movarounnahrda qolib, eftalitlar bilan aralashadilar
va keyinchalik o’troqlashib, tub yerli aholiga qo’shilib ketadilar.
Xitoy manbalaridan eftalitlarni “ida, yeda, idan, idyan” deb, suriya va lotin
manbalaridan esa “eptalit, eftalit, adbal”, arman yozuvlarida “idal, tetal, xeptal”, arab va
fors mualliflari “haytal, yaftal, hetal”, hind manbalarida “xuna” va hokazo deb eslatib
o’tiladi.
Xitoylik mualliflar eftalitlarni turklar (tukyue) bilan bog’liq ravishda ta’riflaydilar.
Vizantiyalik tarixchilar, masalan Prokoliy (6 asr) eftalitlarni xunlardan deb ko’rsatar ekan,
“ular (ya’ni eftalitlar) xunlardandir, tanalari esa oq” deb eslatadi.
Eftalitlar bilan sosoniylar o’rtasida birinchi to’qnashuvlar 5 asr 30 yillardayoq sodir
bo’lgan edi. Arman tarixchisi Vardapetning ma’lumotiga ko’ra 5 asrning 50-yillariga kelib
eftalitlar ittifoqi nihoyatda ko’chayib ketadi. 456 yildayoq eftalitlar o’z elchilarini Xitoyga
jo’natadilar. Eftalitlar tobora janubiga qarab siljiy boshlaydilar va o’z navbatiga janubdagi
qo’shni Eron bilan munosabatlar keskinlasha boradi. Sosoniylar bilan hal qiluvchi
qarashlar davri shoh Peruz (Feruz) davriga (459-484 yy.) to’g’ri keladi. Taxminan 457 yili
vaxshunvor (axshunvor) Eftalon boshchiligidagi eftalitlar Chag’oniyon (Surxondaryo
viloyati Termiz shahrining shimolidagi yerlar), Tohariston, Badahshonda o’z
hokimiyatlarini o’rnatadilar. 459 yili Eron taxtiga nomi tilga olingan Peruz chiqadi.
Manbalarda Peruzning hokimiyatga kelishi eftalitlar bilan bog’liq ravishda bayon
qilinadi. Nafaqat Peruz, balki uning akasi Xo’rmo’zd (457-459) ham eftalitlar yordamida
taxtni qo’lga kiritgani ma’lum. Bunday holat bekorga yuzaga kelmagan. Chunki Xo’rmo’zd
va Peruz o’z vaqtida taxt vorisi sifatida sosoniylar davlatining sharqiy viloyatlarini
(Seyistondan Marg’iyonagacha bo’lgan hudu) boshqarganlar. (Xo’rmo’zd 420-457 yillari,
Peruz 457-459 yillari). Shu munosabat bilan qo’shni o’lka siyosiy, savdo doiralari bilan
yaqindan muomalada bo’lganlar.
Peruz eftalitlarning ko’chayib borishini vaqtinchalik deb bilib, ular kuchidan Eron
taxtiga kelish uchun foydalangan bo’lishi kerak. Ammo eftalitlar qudrati oshib tez orada
ular sosoniylarga ham qarshi turishlarini anglagan Peruz eftalitlarga qarshi jangga kiradi.
Bu to’g’risidagi ma’lumotlar “Baxmal-Yashta” da ham, arab tarixchisi at-Tabariyning
asarlarida ham uchraydi. Peruz (459-484) 3 marotaba eftalitlarga qarshi yurish qiladi.
Birinchi kurashdayoq Peruz mag’lubiyatga uchraydi va asirga tushadi. Vizantiya
imperatori Zenon o’rtaga tushib, uni ozod qilib oladi. Peruz chegaradagi Talqon (Talikon)
shaharlarini eftalitlarga topshiradi va Varxron Bahromgo’r belgigan chegaradan o’tmaslik
majburiyatini oladi. Bu mag’lubiyatdan xulosa chiqarib olmay, u yana ikkinchi bor eftalitlar
ustiga yurish boshlaydi. 3-chi urushda Prisk Paniyskiyning ma’lumoticha, Peruzning
eftalitlarni aldashi xizmat qilgan. Peruz o’lpon to’lab bo’lgach, eftalitlar bilan munosabatni
yangilashga harakat qiladi. U eftalitlarga sulh tuzishni va o’zining eftalitlarga tinch
maqsadida hukmdorga o’z taklifining kafolati sifatida singlisini turmushga berishligini
taklif etadi. 484 yili eftalitlar va sosoniylar o’rtasida ohirigi kurash boshlanib ketadi. Bu
kurash Marv yaqinida sosoniylarning tugal mag’lubiyati bilan yakunlanadi.
Arab tarixchilar Denovariy va Tabariylarning yozishicha Peruz o’z qo’shinining bir
qismi bilan pistirmadagi chuqur handaqqa tushib ketgan va eftalitlar tomonidan toshlar
bilan urib o’ldirilgan ekan. Uning butun lageri, xonadoni, mol-mulki eftalitlar qo’liga tushib
musodara qilingan. Bu kurashdan so’ng Eron ustiga og’ir o’lpon solingan.
Sosoniylar qudratiga eftalitlar tomonidan shunday qilib chek qo’yildi. Eronning
o’zida shu vaqtga kelib ichki siyosiy ahvol keskinlashib ketdi. Og’ir iqtisodiyahvol,
qulchilikning yemirilishi, soliqlarning o’sishi, quyi tabaqalarning qashshoqlanishi,
urushdan keyingi vayronliklar natijasida norozilik harakatlari boshlanib ketdi. Xalq
g’alayonlari diniy tus olib, bu harakatlarga Mazdak boshchilik qildi.
Mazdak Hamdadon (470-529) zardushtiylikning asl g’oyalarini hayotga tadbiq
qilmoqchi bo’lib, o’z harakat mafkurasini yaratdi. Uning ta’limotchi kishilar bu dunyoning
ne’matlaridan teng foydalanishlari lozim, shuningdek, u ijtimoiy hayotga jamoa
huquqlarini tiklash, yer-suv, mol-mulkka barobar egalik qilish, hammaning o’zaro
tengligiga erishishi lozim, degan g’oyani ilgari suradi. Mazdak tarafdorlarining soni Eronda
juda ko’plab odamlarni tashkil etdi. Beruniyning xabariga ko’ra, uning ortidan minglab
kishilar ergashdilar. Mazdakiylar yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-feodalizmning
talablarini olg’a sura boshladi. Mazdakiylik harakati nihoyatda ko’chayib ketdi.
Qubodshohning (489-531) o’zi u bilan hisoblashishga majbur bo’ldi. Kubot Mazdak
tarafiga o’tib uni Eronning bosh koxini yetib tayinlaydi. Mazdak hokimiyatini o’z qo’liga
kiritib olgach, uning tarafdorlari ohir-oqibatda Kubotni 496 yil taxtdan ag’darib tashlab
zindonga tashlaydilar. Uning o’rniga ukasi taxtga chiqadi Kubot zindondan qochib
Eftalitlar dargohidan panoh topadi. U o’z vaqtida eftalitlar hukmdorining singlisiga
uylangan edi. Suriyalik muarrix Iyshu Stilit eftalitlar huzuridagi Kubotning ahvolini shunday
ta’riflaydi: “u ko’zida yoshi bilan har kuni (eftalitlar hukmdoridan) lashkar bilan qo’llab-
quvvatlashni iltimos qilardiki, to yana davlat boshqaruvini qo’lga olsam” deb. Kubot
eftalitlardan yetarlicha harbiy yordam olib 499 yil Eronga yurish qildi. Chegaraga yetgan
paytdayoq ukasi buni eshitib taxtni tashlab qochib ketadi. Qubot shoh I yana taxtga
o’tiradi. Avval mahfiy, keyinchalik oshkora Mazdakni qatl ettirib, uning tarafdorlariga
qarshi ayovsiz kurash olib boradi.
Qubotning o’g’li Xusrav I Anushervon (531-579) davrida keng miqyosli islohotlar
o’tkazilishi bilan birga mazdakiylar harakatiga butkul chek qo’yiladi. Eftalitlar esa o’z
qo’llari ostida Tohariston, Badaxshon, So’g’d, SHarqiy Turkiston va Markaziy Osiyoning
boshqa ba’zi yerlarini birlashtirdilar.
Qubodshoh eftalitlar bilan deyarli tinch-totuv yashadi. U 502-506 yillarda eftalitlar
bilan ittifoqchilikda Vizantiyaga qarshi yurishlarda ham Eftalitlar Markaziy Osiyo, Sharqiy
Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan o’lkan davlatga asos soladilar.
Kushon podsholigi hududlarini ham yana o’z qo’llari ostida birlashtirdilar. Eftalitlar
sosoniylarning O’rta Sharqdagi hukmronligiga chek qo’yadi.
Eftalitlar davlati Markaziy Osiyo halqlari tarixida muhim o’rin tutib, keyinchalik o’z
o’rnini 563-567 yillardagi kurashdan so’ng tarix maydonidagi yangi siyosiy kuch-Turk
hoqonligiga bo’shatib berdi.
Ilk o’rta asrlardagi Xitoy manbalarida eftalitlarning ko’chmanchi qabilalar ekanligi,
ularning yurtida shaharlar yo’qligi, o’zlari o’tloqlarda yashaganliklari ta’riflanadi. Keyingi
davr tarixchilar xususan g’arb manbalarida boshqacha ma’lumotlar keltirildi.
Vizantiyalik muarrix Prokopiy Kesarkiy (VI asr) shunday deb yozadi: “eftalitlar
(saltanati) bir hukmdor orqali idora etilib, o’z qonuniy (adolatli) davlatchiliklariga
egadirlar. O’zaro va qo’shnilar bilan (munosabatlarda) adolat me’yorini saqlashda
vizantiyaliklar va forslardan hech qolishmaydilar”. Demak, eftalitlar davrida ham
kushonlar davridagi kabi saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan.
Hali kushonlar davridayoq yer va qo’rg’onlarga ega bo’lgan aslzodalar ajralib chiqa
boshlagan, dehqonlar mahaliy zodagonlarga ko’proq tobe bo’la boshlagan. Eftalitlar
o’lkan hududda boshqaruvni qo’lga kiritgach obod dehqonchilik vohalariga, rivojlangan
shaharlarga, savdo yo’llariga ega bo’ldilar. Vaqt o’ttishi bilan esa mahalliy aholi bilan
aralashib keta boshladilar. Natijada ularning bevosita vorisigaaylanadi. Shu boisdan 568-
569 yillarda Vizantiya imperatori Yustin huzurida bo’lgan turk elchisi imperatorining
“Eftalitlar shaharlarda yashaydilardimi yoki qishloqlar-dami?” degan savolga “ular
shaharlik sulolalar, oliy hazratlari deb javob bergan”
Eftalitlarning bir qismi ko’chmanchi chorvador bo’lsa, asosiy kattaroq qismi shahar
va qishloqlarda yashaydigan o’troq aholi bo’lgan. Toxariston va Sug’dda dehqonchilik va
bog’dorchilik rivoj topgan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi
ham yetishtirilgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha 6% asrlarida hususan Sharqiy
Turkiston va Turkiston yerlarida ko’plab g’o’za yekilar edi. Markaziy Osiyoning paxta tolasi
Xitoyda ham mashxur bo’lgan. Tog’ va tog’ oldi yerlaridagi aholi yilqichilik bilan
shug’ullangan. Farg’ona vodiysida zotdor arg’umoqlar ko’paytirilar edi. Feodal
munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan sug’oriladigan yer maydonlarini ma’lum bir
qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari-“dehqonlar” qo’lida to’plana boshlangan edi.
Buning natijasida qishloq jamoasining erkin dehqonlari ma’lum darajada zodagon
dehqonlar asoratiga tushib, ularga qaram “kadivar” larga aylandi. Sug’orma yerlarning bir
qismi ibodatxonalarni mulki hisoblangan. Bunday yerlar “Vag’nze” deb yuritilgan.
Yaylovlarning asosiy qismi oqsoqol zodagonlar qo’lida bo’lgan. Eftalitlar orasida mol-
mulk tabaqalanishi ham kuchli bo’lgan. Ular orasida feodal munosabatlar shakllanishi
bilan bir qatorda ibtidoiy jamoa tuzumi sarqitlari ham saqlanib qolgan edi.
Eng boy zodagonlar doimiy hamroh sifatida 20 va undan ortiq do’stlarga ega
bo’lishgan. Zodagon vafot etganda, qoida bo’yicha do’stlari ham tirikligicha qabrga
qo’yilgan. Beshi solnomasida yozilishicha, zodagonlar qazo qilgan vaqtda maxsus
tayyorlangan tosh dahmalarga, oddiy eftalit murdasi esa tuproqqa qo’yilgan. Bu ikki xil
ko’mish jamiyatining sinfiy tabaqalanishidan dalolat beradi.
Zodagonlar qimmaatbaho kiyimlarda yurishgan. Bu haqda Son Yun o’z esdaliklaridan
qayd qilib o’tadi. Jinoyatchilik qilgan shaxs kim bo’lishidan qat’iy nazar boshi kesilgan,
o’g’irlangan mol-mulk miqdoridan qat’iy nazar o’n barobar qilib undirib olingan.
Eftalitlar kuchli qo’shinga ega bo’lishgan. Lashkarning asosiy qismini suvoriylar
tashkil etgan. Suvoriylar asosan gurzi va qilin bilan qurollanganlar. Xitoyliklar ularni mohir
kamonboz deb ham ta’riflashgan. Otliq qo’shin asosiy ahamiyat kasb etgan.
V-VI asrlarga dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o’troqlashuvi ko’chayadi, buning
oqibatida sug’orma kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari
o’zlashtiriladi. Sug’orish uslubi takomillashadi, shohariqlar chuqurlashib, sersuv sug’orish
tarmoqlariga aylangan. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo’lgan Zahariq, Bo’zsuv, Darg’om
kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug’orish tarmoqlaridan bo’lgan. Shuningdek tog’
oldilariga suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan yerlarda zodagon
dehqonloarning qalin xom g’ishtdan urib chiqilgan va baland poydevori ustiga qurilgan
o’lkan qo’rg’onlari, istehkomlar yuzaga kela boshlagan.
Istehkomlarning to’rt burchagi bilan burjlar bilan mustahkamlanib, devoru-mo’rilari
bir necha qator kamondan o’q uzgich nishon tuynuklari bilan ta’minlangan. Qalin
mudofaali feodal qo’rg’onlari ilk o’rta asrning o’ziga xos me’morchilik namunalaridan
bo’lib, Naxshab vohasidagi Zahoki-Moron qal’asi, Buxorodagi SHahri Vayron, Xorazmdagi
Fir qal’asi shular qatoridandir.
Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirimlab qalin
devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvoza ega bo’lgan Devori qiyomat,
Buxoro vohasidagi uzunligi 336 km. Li Kampirak, Toshkent vohasidagi Kampirdevor
istehkom devorlari shular jumlasidandir.
Shu davr me’morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo’lgan. Qasrlar
odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbasimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonadan
iborat bo’lgan. V asrdan boshlab saroy, qasrlar qurilishda paxsa va xom g’isht bilan bir
qatorda kirpech (pishiq g’ishtlar) ham ishlatilina boshlagan. Saroy va ibodatxonalar
devorlari odatda rangdor tasvirlar bilan bezatilgan.
Bunday tasviriy san’at namunalaridan biri Bolaliktepa (Surxandaryo) qasri
devorlarida qayd etilgan. Bu nodir tasviriy san’at asarlarida bashang kiyingan ayol va
erkaklarning ziyofati tasviri berilgan. Rasmlar katta did mahorat bilan ishlanegan.
Shu davr moddiy madaniyat yodgorligi sifatida Xorazmda Tuproqqal’a xarobasini
ham ko’rsatish mumkin. Bu qal’a qalin istehkom devoriga ega bo’lib, qal’a ichidagi to’g’ri
yo’naltirilgan ko’chalar shaharni 10 ta mavzega bo’lib turgan. Shaharning shimoli-g’arbiy
qismida ko’tarma supa ustiga xom g’ishtdan saroy qurilgan. Uning yonida ark binosi
bo’lgan. Shuningdek, 100ga yaqin turar, qadimgi Xorazm yozuvlarida bitilgan 80 tadan
ortiq hujjatlar topilgan.
Eftalitlar me’morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi Varaxsha
saroyi bo’lgan. Bu qo’rg’on o’lkan to’rtburchak shakildagi tepa ustiga qurilgan. Devorlari
ganch qilinib, suratlar bilan bezatilgan. Xonalar keng-keng bo’lib, qalin devorlar bilan bir-
biridan ajralib turgan. Bu qasr buxorxudotlarning VI - VII asrlarda qarorgohi bo’lgan.
Shuningdek, Toshkent vohasidagi Oqtepadan, Jo’n arig’i yaqinidan, Poykentdan va boshqa
bir qator joylardan eftalitlar davri yodgorliklari topib tadqiq qilingan.
Eftalitlar davrilda hunarmandchilik ham rivoj topgan. Ayniqsa kulolchilik,
shishasozlik, chilangarlik, bo’zchilik, zargarlik, qurolsizlik kasb-hunarlari ravnaq topgan.
CHochda yasalgan o’q va yoy “kamoni chochiy” nomi bilan mashhur bo’lgan. Katta-kichik
o’aharlar soni ko’paygan. Birgina Zarafshon vohasida Rivdad, Kushoniya, Xariman, Arqud,
Romiton, Varaxsha, Poykand kabi savdo-hunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Ayrim
ma’lumotlarga ko’ra Poykand shahri eftalitlarning poytaxti bo’lgan.
Eftalitlar xalqaro savdo sohasida Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq
munosabatlarini olib borishgan. Eftalitlar “Ipak yo’li” ni nazoratga tutishga harakat
qilganlar “Ipak yo’li” savdosidagi va umuman savdogarlar ichida Sug’dlar yetakchi o’rinni
egallagan edi. Bu paytda Markaziy Osiyoda oltin, kumush, badaxshon la’lisi, rangli shisha
va shisha buyumlar turli hil mevalar, ip gazlama, qora ko’l, zottor tulporlar bilan savdo
qilinardi.
Avval boshida Eftalitlar Sosoniylardan bo’lgan Varahran V va Perozning kumush
tangalaridan o’zaro savdo-sotiqda foydalanar edilar. Keyinchalik Eftalitlar Eron shohi
Varaxran V Baxromgo’r tangalariga taqlid qilgan holda kumush tangalar zarb qildilar.
Bundan tashqari Buxoro, Poykant, Samarqand, Xorazmdagi mahalliy xokimlar tomonidan
chiqarilgan tangalar ichki savdoda keng muomilada bo’lgan.
V-VI asrlardla diniy e’tiqod va tasavurlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan tasviriy san’at
sopol haykalchalarni yasash va ularga topinish keng yoyiladi. Sopol haykalchalar joy
turlariga ko’ra turlicha bo’lib kiyim-kechaklar, yuz siymolari taqinchoqlari jihatidan ham
bir-biridan farq qilgan. O’lka hududdagi Eftalitlar juda ko’p xalqlarni o’zida birlashtirganligi
sababi diniy e’tiqodlari turlicha bo’lgan. So’g’dda zardushtiylik keng tarqalgan bo’lsa,
Toxariston va Sharqiy Turkistonda buddiylikka e’tiqod qiluvchilar ko’pchilikni tashkil
etgan. Shaharlarda Nasroniylar va Yahudiy jamoalari ham mavjud edi. Moniyik va Mazdak
ta’limoti tarafdorlari ham paydo bo’layotgan edi. Navruz kuni Buxoro otashparastlari
Siyovush qabri ustida xo’roz so’yib qurbonlik qilar edilar.
Janubda Buddiylik ta’siri ko’proq edi. Chorvador aholi Turkiycha so’zlashganligi
sababli Turkiy til tobora ko’proq yoyila boshlagan. O’troq aholining katta qismi sug’diy
tilda so’zlashar edilar. So’g’d tili va yozuvi Yetti suv, Farg’onadan o’tib Sharqiy Turkistonga
qadar yetib boradi. Uning “Samarqand usuli” keng yoyilgan edi. Bundan tashqari Xorazm,
Buxoro yozuvlari ham mavjud bo’lgan. Bunday yozuv yodgorliklari Zangtepa, Qoratepa,
Afrosiyob xarobalaridan bo’lgan Kofirqal’adan topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |