4. Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini
rivojlantirishda O’rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma’naviy kamolotga erishuv
yo’lida muhaddislar merosining ahamiyati
Islom dini diyorimizda qaror topgandan keyingi davrdagi ilmfan va
madaniyat taraqqiyoti alohida bir bosqichni tashkil qilib, u bevosita islomiy ilmlar
rivoji bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’rinda yana shuni ta’kidlash kerakki,
yuksak madaniy mentalitet va ilmiy salohiyatga ega xalqimiz yangi kirib kelgan
islom diniga ham yuksak madaniyat sohiblari sifatida ijodiy yondashdi. Binobarin,
diyorimiz ahli bu dinning tom ma’noda insonparvar farahbaxsh, bunyodkorlik
g’oyalari faqat yaxshilikka, ezgulikka, taraqqiyotga, insonning ma’naviy
kamolotiga karatilganligini tez idrok etib, uning hayotiy asl mazmunmohiyatini
teran angladilar. Shu boisdan ham bu muborak dinga nafaqat ibodat qilish, bir
qator islomiy urf-odatlar, marosimlarni bekamiko’st ado etish bilan birga unga
ilmuirfon, mukammal nazariya, hayotiy falsafa va ta’limot sifatida yondashdilar.
Boshqacha qilib aytganda bizning zaminimizda islom diniga munosabat ilk
davrlaridan e’tiboran chuqur, fundamental ilmiy asosga tayanib, amalga oshirildi.
Bu munosabat o’z navbatida islom dinining asosiy manbalari Qur’oni karim va
janob Paygambarimiz Muhammad alayhissalomning hadisi shariflarida keltirilgan
ulug’ g’oyalar bilan to’la ham ohangdir. Shu boisdan ham bu jarayon har bir
mo’min-musulmonning ilmli, ziyoli, ma’rifatli bo’lishi, ilmning xosiyatlari va
fazilatlari haqidagi Qur’oni karimdagi ko’pdanko’p oyatlar va ayniqsa, ilmu
ziyoning inson uchun o’ta zarurligi xaqidagi Rasulullohning ko’rsatmalari,
xususan, Sarvari olamning «eng yaxshi ibodat ilm olmoqlikdir», degan muborak
hadislari bilan uyg’unlashgan holda amalga oshirildi. Ilmli, ma’rifatli bo’lishlik
zudlik bilan muayyan qoidalar va dasturlarni ishlab chiqish, oxiroqibatda o’z
davrining dorilfununlari hisoblangan madrasalarni ochilishi bilan bu jarayon
faoliyati o’z samarasini bera boshladi. E’tiborli tomoni shundaki, musulmon
olamidagi dastlabki madrasalar VIII asrning oxirlarida o’sha davrdagi yirik
shaxarlar - ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro, Samarqand, Nasaf,
Termiz, Xiva, Shosh (Toshkent), Farg’ona, Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarda
faoliyat ko’rsata boshladi. Bu fikrimizga dalil sifatida taniqli tarixchi Mirza
Muhammad Boqir al-Xavansoriy al-Isfahoniy o’zining «Ravzot al-jannat fi ahvol al-
ulamo vas-sodat» («Olimlar ea sayyidlarning ahvollari haqida jannat bo’stonlari»)
nomli asarida «musulmon olamida dastlabki madrasalar Buxoroda ochilgan edi»,
deb ta’kidlaganini ko’rsatish mumkin. Diniy ilmlar majmuasi, islomiy madaniyat va
ma’rifat mukammal tarzda o’rgatilgan ushbu o’quv dargohlarida dunyoviy ilmlar
ham chuqur o’rganilardi. Bu ilm maskanlarida nafaqat mahalliy yoshlar balki,
sharqning turli mamlakatlaridan kelgan ko’pdanko’p talabalar ham diniy va
dunyoviy ilmlardan tahsil olardilar. Islom olamidagi madrasalar tarixi bo’yicha
salmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borgan iroqlik yirik olim Nojiy Ma’rufning
yozishicha, «VIII asrning oxirlaridayoq Buxorodagi imom Abu Hafs alKabiyr
alBuxoriy (767832) madrasasida (bu o’quv dargohlari «Madrasat hafsiyya» nomi
bilan atalgan) musulmon olamining ko’plab mamlakatlaridan kelgan tolibi ilmlar
saboq olganlar». Ushbu madrasa qoshida boy kutubxona, maxsus qiroatxona
mavjud bo’lib, talabalar oylik maosh (stipendiya), ko’p hollarda esa oziqovqat
bilan ham ta’minlanganlar. Keyinchalik esa egallagan ilmini yanada
takomillashtirish, uni kamoliga yetkazish maqsadida boshqa o’lkalarga, xususan,
sharq mamlakatlaridagi dovrug’i dunyoga tarqalgan ilmiy markazlarga safarlar
qilish odat tusiga kira boshlagan. Bu amalga oshirilgan katta ilmiyma’rifiy ishlar,
albatta, o’z samarasini ko’rsatmay qolmadi. Tez orada diyorimizdan turli ilmlar
bo’yicha olamshumul yutuqlarga erishgan buyuk allomalar yetishib chiqdilar.
Ulardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy,
Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabilarning aniq va tabiiy fanlar bo’yicha
yaratgan bebaho ixtirolari va kashfiyotlari yurtimizning dovrug’ini butun dunyo
bo’ylab taratdi.
Ma’lumki, islomiy ilmlar (tafsir, hadis, fiqh, kalom va hokazo) bo’yicha
Movarounnahr va Xurosondan chiqqan olimlarning yaratgan asarlari va
ta’limotlari islom dini taraqqiyotida alohida ahamiyatga egadir. Bu o’rinda
zaminimizdan chiqqan ko’plab buyuk mufassirlar va Qur’on hofizlari bilan har
qancha faxrlansak arziydi. Islomiy ilmlar Allohning kalomi - Qur’oni karimga
asoslangan va u bilan bevosita bog’liq ilmlardir. SHulardan eng muhimi tafsir ilmi
hisoblanadi. Yaxshi ma’lumki, Qur’oni karimni o’qib, uni mazmunmohiyatini to’la
darajada tushunish har qanday kishiga bir muncha og’irlik va murakkablik
tug’diradi. Buning sababi shuki, muqaddas Kitob suralari va oyatlari zamiridagi
ilohiy mazmunni anglash katta bilim talab qilish bilan bir qatorda, bu Kitob uslub
va til nuqtai nazaridan ham g’oyatda murakkab manba hisoblanadi. Shuning uchun
ham odamlar Kalomullohni chuqur idrok etish uchun va mazmun mohiyatiga
imkon qadar to’liqroq yetishish uchun unga tafsirlar yozilgan. Qur’onni tafsir
etuvchilarni mufassirlar deyiladi. Bu iborani arabchadan o’zbek tiliga tarjima
qilsak, tafsir etuvchi, sharhlovchi, izohlovchi degan ma’nolarni anglatadi. Shu
nuqtai nazardan mufassirlar Qur’onni ilmiy asosda sharhlab, kishilarga tushunarli
tarzda yetkazib berganlar. Agar mufassirlar tarixiga nazar solsak, bizning
yurtimizdan ham tafsir ilmi bilan shug’ullangan bir qator mufassirlarni ko’rish
mumkin. X asrda faoliyat ko’rsatgan samarqandlik taniqli olim Abul Lays
asSamarqandiy (913985) fiqh, usul, aqida, tasavvuf bo’yicha ko’plab asarlar
yaratgan. Lekin bu olimning eng mashhur asari Qur’oni karimga yozilgan tafsiri
«Bahr ul-ulum» («Ilmlar dengizi») nomli asari bo’lib, u «Tafsir Abul Lays» nomi
bilan ham mashhur. Tafsir ilmida muhim hisoblangan bu asarning qo’lyozma
nusxalari Qohirada va Toshkentda saqlanib, uning Misr olimlari tomonidan 3
jilddagi nashri tayyorlanib, u 1993 yili Bayrutda chop etilgan.
Xorazmlik buyuk alloma Mahmud azZamaxshariy (10751144) hadis, fiqh,
arab tili (nahvsarf), odobaxloq, geografiya, aruz kabi ilmlarga oid oltmishga yaqin
asarlar yozgan bo’lib, ularning orasida allomaning Qur’oni karimga bag’ishlangan
«alKashshof» nomli tafsiri alohida o’rin egallaydi. U bu tafsirida arab tilining
balog’ati va fasohati hamda lug’aviy imkoniyatlaridan g’oyatda katta mahorat
bilan foydalangani barcha olimu ulamolar tomonidan yuqori baholanib keladi.
Yurtimizdan chiqqan taniqli mufassirlardan yana biri Abul Barakot anNasafiy
(12321310) bo’lib, uning qalamiga mansub «Madorik atTanziyl an haqoiq
atta’vil» nomli qimmatli tafsirni aytish mumkin. Bu tafsirning qo’lyozma nusxalari
arab mamlakatlarida, shuningdek, Londondagi «Britaniya kutubxonasida» ushbu
tafsirning o’n ikkita qo’lyozma nusxasi saqlanishi ham uning ilmiyamaliy qimmati
yuqori ekanligini ko’rsatadi.
«AshShayx arrais» degan o’ta yuksak ilmiy maqomga sazovor bo’lgan,
tabobat, falsafa va mantiq ilmlarining allomasi hisoblangan Abu Ali ibn Sino
(9801037) hazratlari o’z samarali ilmiy ijodiy faoliyati davrida Qur’oni Karimning
bir qancha suralariga tafsir yozganlari ham ilm ahllariga yaxshi ma’lum.
Toshkentda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Qur’onning
uchta ohirgi («alIxlos», «alFalaq», «anNos») suralariga Abu Ali ibn Sino
tomonidan yozilgan tafsirning qo’lyozma nusxalari saqlanadi. Londondagi
«Britaniya kutubxonasi»da esa buyuk vatandoshimizning o’n bitta muborak
suralarga yozgan tafsirlarining qo’lyozmalari mavjud ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |