2.Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy
rivoji.
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o’rin egallaydi.
Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo’lsada, lekin ularning ko’pchiligida bir-biriga
qarama-qarshiligi ma’lumotlar bor. Birinchi navbatda VII- VIII asrlarda to’plangan
manbalar ancha qimmatlidir. Bu epikgrafik yodgorliklar O’rxun-Enesey runiy yozuvlari,
Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” VII-IX asr tarixiy manbasi VI asr ohirida yashagan
Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna
Efessiylarning tarixiy asarlaridir.
Shuningdek, bu to’g’ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X
asr) o’lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida
ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e’tibor ko’chaydi. Arxeolog olimlar,
tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib
bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o’tkazilgan III jahon
Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.
“Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Manas”, “Dada qo’rqut” kabi umumturkiy xalq dostonlari,
O’rtaasrlardagi Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar
asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to’g’risida turli ma’lumotlar keltiriladi.
XI asrda yashagan alloma Mahmud Qoshg’ariyning zamondoshi Yusuf Xos Hojib
o’zining “Qutadg’u bilig” (Saodatga yo’llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp
Er To’nga to’g’risida shunday deb yozadi: “u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu
fazilatlari uning shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi
olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb
atashgan”.
Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko’plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir.
Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) “Qissai-al anbiyo” asarida turklarning kelib
chiqishi Nuh payg’ambarga borib taqaladi.
Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramizning 92 yilida Oltoyning
etaklariga kelib o’rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib
chiqarishni boshlaganlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug’ Ashin urug’i nomi bilan avval
boshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu
so’zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlagan. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan
ma’noni anglatadi.
Avval bu urug’ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha
qabila-urug’larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan.
Ashin urug’idan bo’lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga
asos soladilar. Tuuning o’g’li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o’ziga Tele
qabilasini buysundiradi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o’zlari
qaram bo’lib turgan jujanlardan xalos bo’lish yo’lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy
Osiyodagi eng kuchli bo’lgan jujanlar xonini mag’lub etadi.
O’sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili daryosi
bo’yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukumdori
o’zini hoqon (turkcha-qag’an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O’tukan shahri yangi Turk
hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o’z ukasi Istemiga (Istemi-turkcha, Sedimi-
xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi
amaldori darajasiga to’g’ri keluvchi “Yabg’u” (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda
o’z davlatini kengaytirish payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi,
turkash, uzli qabilalarini o’ziga buysundiradi.
Muqanxon hukmronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil
Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o’lkalarini o’ziga buysundiradi va Tinch
okeani qirg’oqlariga chiqadi. U O’rxun, Tug’la, Selenga daryolari bo’ylaridagi qabilalarni,
Yenisey daryosi bo’ylaridagi qirg’izlarni, Baykal atroflaridagi uyg’urlarni o’ziga
bo’ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav
I Anusheronga elchi jo’natadi.
588 yil turklar Ural va Volga bo’ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko’chmanchi
ovarlar bilan to’qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va
Eron bilan do’stonaaloqani mustaxkamlashga harakat qila boshlaydilar. Vizantiyadan
foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, Chag’aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib
oladi.
563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar.
Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon,
Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridan yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga
tayyorgarlik ko’rdilar. 8 kunlik shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar.
Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko’proq o’z
qo’llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo’lgan yerlar,
Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo’lgan yerlar turklar qo’liga o’tadi.
Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq
to’lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerlari sosoniylar tomonidan bir oz
vaqtdan keyin butkul bo’ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag’lubiyatidan so’ng
bevosita ittifoqchilar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’la boshlaydi.
Hoqonlikning bevosita g’arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh hoqon
Muqanxon ham savdo yo’li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan
hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg’u Sug’d ixshidiga bu masalani hal etish
vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug’d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida
elchilar guruhi jo’natilgan. Xusravshoh o’z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib,
sug’diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so’ng uni elchilar ko’z o’ngida yig’ib yoqib
tashlaydi.
Istami bu voqeadan so’ng qattiq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-marotaba o’z
elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo’lib, uning
natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo’lishi kerak edi. Bu safar turk elchilari
zaharlab o’ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O’z
ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko’tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami
Husrav I Anushervon qo’shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi.
Eftalitlar o’z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o’z qo’llariga qaytarib oladi.
Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to’lash majburiyatini oladi. Undan
so’ng Eron bilan Vizantiya o’rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda
nochor ahvolga tushib qoldi.
576 yili Muqan hoqon va Istami yabg’ularning vafotidan so’ng Turk hoqonligining
ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur-Bag’a hoqon
qo’mondonligidagi 30000 kishilik turk qo’shinini tor-mor qiladi. Chur Bag’a jangda halok
bo’ladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib Hoqon hazinasini
esa Eron shohi Xurmuzdga yuboradi.
Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so’ng taxtga uning ukasi Arslon To’ba o’tirdi. Arslon
To’la buddiylikka berilgan bo’lsa-da, mamlakatni mustahkamlash uchun TSi saltanati bilan
shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish
choralarini ham ko’rdi. Ammo, 581 yilda Arslon To’ba vafot etgach Turk hoqonlari
o’rtasida o’zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida hoqonlik ikki qismga:
sharqiy va G’arbiy qismga bo’linib ketdi. Sharqiy hoqonlik Xitoy va Mo’g’ulistoni bir
qismini o’z ichiga olib uni Arslon To’baning kichik o’g’li Ishbara boshqara boshlaydi.
Ikkinchi hoqon g’arbiy yerlarini-Ettisuv, Markaziy Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy
Turkiston, hozirgi Qozog’iston tasarrufini olgan Istami yabg’uning o’g’li Qora Cho’rin
boshqarar edi. Qora Cho’rin Istamining vafotidan (576 yil) so’ng bu lavozimiga o’tirgan
bo’lib, boshqa hoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkor edi. Keyingi xonlar-
To’mon va Amroq edi. Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo’lgan. Bu hokimlar o’rtasida
zimdan adovat kezar, ularning ko’pi bir-biriga dushman bo’lib, qulay vaziyat kelishini kutib
turar edilar. O’zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy
tanazzul boshlanib ketdi.
Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro’y boshchiligidagi xalq
harakati (585-586 yillar) bo’lib o’tdi. Obro’y harakati to’g’risida uzuq-yuluq ma’lumotlar
saqlanib qolgan. Xususan Abdurhmon Muhammad Nishopuriyning (XI asr) “Hazinat-al-
ulum” asaridagi bu masalaga bag’ishlangan parcha Narshahiyning “Tarixi Buxoro” asariga
kiritilgan. Uning yozishicha Obro’yning qarorgohi Poykandda bo’lib, u boy zodagonlar va
savdogarlar ustidan qattiq nazort o’rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston
tomoniga yo’l olishgan. Obro’y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig’ila borgan.
O’zaro muttasil urushlar hamda taxt talashishlar mamlakatni parchalanib ketishi va
ma’naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Cho’rin qarib qolgan vaqtida taxminan
600 yillarga kelib o’zini xoqon deb e’lon qiladi. Qora Cho’rin Bug’u xoqon (qahramon
xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og’ir vaziyatdan foydalangan Xitoy
imperatori ichki nazolar keltirib chiqarishga harakat qiladi. 582-603 yillardagi o’zaro
urushlardan so’ng 603 yil xoqonlik to’la mustaqil 2 qismga: Sharqiy va G’arbiy
qismlargaaylandi. G’arbiy xoqonlik ta’siri ostida Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Irtish, Ishim
daryolari bo’yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning
tarkibida bo’ldi.
Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G’arb hoqonligining ijtimoiy tarkibi ham,
siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmdorlik jarayonida
turklarning bir qismi o’troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi.
O’troq hayotning an’anaviy –ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin
o’zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy
hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha
boshladilar. Hoqon Sheguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To’n yabg’u (To’n
bahodir) davrida G’arbiy hoqonlik yana kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |