1. Xayol haqida tushuncha. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari


Bolalarda xayolni rivojlantirilishi



Download 89 Kb.
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi89 Kb.
#238050
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XAYOL VA UNING TURLARI

4. Bolalarda xayolni rivojlantirilishi.
Xayol insonning barcha faoliyat turlarida (o`yin, o`qish, mehnat) muhim ahamiyatga ega.

Xayolning o`ziga xos faoliyati xotira tasavvurlarini tahlil va sintezda namoyon bo`ladi. Xayolning jarayonlariga agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish kiradi.



Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish) dir (Suv pari - boshi, tanasi, ayol, dumi baliq, sochi suv o`tlari).

Xayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi. Xayol jarayonida xotira tasavvurlari kattalashtirish yoki kichiklashtirishda, predmet qismlarini ko`paytirishda ifodalanishi mumkin.



Aksentirlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish.

Sxemalashtirish - biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish.

Tipiklashtirish - bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo`lish.

Xayolning xususiyatlari shaxsning ma’naviy qiyofasi to`g`risida hukm chiqarish uchun ham ma’lum darajada imkon beradi. Faktlar hodisalar va boshqalarni ko`rsatishga buyurtirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko`pincha xayol ustidan nazoratning yo`qligi tufayli ro`y beradi. Bu sifat ayrim bolalarda mavjud bo`lib ular yolg`on gapirganlarida ba’zan haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradilar. Lekin to`g`ri qo`yilgan tarbiya tufayli bu kamchilik yo`qoladi.

Badiiy adabiyotni o`qish – xayolni rivojlantirishni eng yaxshi maktabidir, u xayolni tarbiyalashning kuchli vositasi ham. Xayol buyuk qadriyatdir. Ushbu xususiyatni yosh avlodda rivojlantirish – pedagogik amaliyotning muhim vazifasidir. Xayol haqida tushuncha. Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kiradi va faqat odamlarga xos bo‘lgan faoliyatlarda yuzaga chikadi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo‘lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish – inson mehnatning hayvonlar instinktiv harakatlaridan tubdan farq qiladi. Xayol inson faoliyatining barcha jabhalarida yuzaga chiqadi. Masalan, oddiy stol yasash uchun ham uning shakli qanday bo‘ladi, nima uchun kerak, rangi, balandligi va h.k.larni oldindan tasavvur qilish lozim. Bir so‘z bilan aytganda, ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor holda ko‘ra bilish talab qilinadi.

Xayol inson ijodiy faoliyatning zarur elementi bo‘lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo‘lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga xayol biror aniq faoliyatning o‘rnini bosuvchi obrazlar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chiqadi. Xayol tafakkur singari, mammoli vaziyatda, ya’ni masalni yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi.

Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va obrazlarga suyanamiz. Ko‘pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo‘llaniladi. Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog‘liq. Agar masalaning dastlabki ma’lumotlari, chunonchi, ilmiy muammoning dastlabki ma’lumotlari aniq bo‘lsa, masalani yechish yo‘lining moxiyati ko‘proq tafakkur qonunlariga tobe bo‘ladi. Agar muammoli vaziyat jihatdan o‘zining noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma’lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bo‘lsa xayol mexanizmlari ishga tushadi.


Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish