1. Xayol haqida tushuncha. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari


Xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha



Download 89 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi89 Kb.
#238050
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XAYOL VA UNING TURLARI

Xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha. Xayolning asosiy shakli xayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan e’tiboran borliqning qiyofasini o‘zgartirishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo‘lgan omillarga nisbatan yangi nuqtayi nazar qaror topishiga imkon beradi hamda badiiy asarlarni, ilmiy bilish jarayonlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Odatda, bolaning asosiy faoliyati o‘yinga aylana borgan sari bog‘cha va kichik maktab yoshi davrida u jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, ta’kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning o‘yin faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: bola o‘zini kosmonavt sifatida his qiladi; konstruktor rolini bajaradi; o‘zini personaj xulq-atvori bilan taqqoslaydi; rolli, sujetli o‘yinlarda muayyan rollarga kirishadi va hokazo.

Xayolning o‘zi faoliyatning har xil turlarida tarkib topadi va faoliyatni amalga oshirish va uyushtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bolaning xayoli tashqi tayanchlarga (o‘yinchoqlarga) asoslanuvchi faoliyatdan so‘zlar bilan sodda hamda badiiy ijodiyotni amalga oshirishga sharoit tug‘diradigan ichki faoliyatga o‘sib o‘tadi. Bola nutqni egallash munosabati bilan shaxslararo muomalaga kirishgandan so‘ng uning xayoli ham taraqqiy etadi. Nutq faoliyatining rivojlanishi tufayli bolada ko‘rmagan, eshitmagan narsa va hodisalarni tasavvur qilish imkoni yaratiladi. Xuddi shu bois bola cho‘plardan

ot, stuldan harakatlanuvchi texnikani yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda fantaziya ijtimoiy tajribaning biri sifatida gavdalanadi. Badiiy fantaziya obrazlari (Bilmasvoy, Buratino, No‘xatpolvon, Qorqiz, Qorbobo, Jodugar kampir va hokazolar) ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va bilish vositasi ekanligi tadqiqotchi psixologlar tomonidan dalillab berilgan. Katta yoshli odamlar esa atrofmuhitni va shaxslararo munosabatlarni faol ijodiy izlanishlari tufayli o‘zgartiradilar.

Orzu xayol shakllaridan biridir. U shaxsning o‘zi uchun eng yoqimli istiqbol obrazlarini xayolida (tasavvurida) yaratishda gavdalanadi. Orzu insonning ehti yojlari, xohish-istaklari, intilishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uni kelajakda faoliyatni amalga oshirishga undaydi. Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yo‘q, chunki hamisha ham uning

amaliy xatti-harakatlarida xayol jarayonlari ro‘yobga chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jarayonlari shaxs amalga oshirishni istaydigan obrazlar shaklida mujassamlashadi hamda ichki faoliyat turiga aylanadi. Shaxsni kelajakka undovchi, uning xohish-tilaklarini aks ettiruvchi obrazlar majmuasi orzudeyiladi. Orzu shaxsning atrof-muhitni, ijtimoiy voqelikni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ijodiy kuchlari va intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan biridir. Shu bilan birga, orzu shaxsiy va ijtimoiy hayotni ilmiy faraz qilish elementlaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko‘ra bilish, oldiga biror aniq maqsad qo‘ysa va shu maqsad sari intilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun orzu batamom tugallanishi ma’lum bir sabablarga ko‘ra kechiktirilgan faoliyatga undovchi motiv (sabab) tariqasida yuzaga kelishi mumkin. O‘zlari uchun zarur ehtiyoj his qilgan ajdodlarimizning orzulari: uchar gilamlar; oynayi jahon; elektr chirog‘i; o‘zi yurar arava va hokazolar ko‘rinishida gavdalanganligini shohidi bo‘lamiz. Nutq faoliyatining yo‘nalishi har xil bo‘lishi mumkin:

-yangi informatsiya berish;

-aqliy masalani yechish.

Til aloqa vositasi yoki quroli, nutq faoliyati esa aloqa jarayonining o‘zidir.

Psixologiya nutqni o‘rganar ekan, har turli sharoitlarda, har xil muammoli vaziyatlarda tildan foydalanish xususiyatlarini aniqlaydi, inson hatti-harakatini rivojalantirishda tilning rolini o‘rganadi, bolalarda aloqa (kommunikatsiya) jarayonining tarkib topish yo‘llarini va shu kabilarni tahlil qiladi.


Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish